1-joriy nazorat. Maksimal 10 ball. 1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 60 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi60 Kb.
#1028751
1   2   3
Bog'liq
Ulugʻbek.M Akademik yozuv IT olamidagi oʻrnim

Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi».1 Lekin bu tarzdagi bo‘linish ayrim chalkashliklarni yuzaga chiqaradi. Shunday dostonlar borki, hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan balki, ichki mazmun, xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham uncha-muncha romandan qolishmaydigan dostonlar bor. Masalan, «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» kabi go‘zal dostonlarimiz shakl va mazmun jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Yoki kichik hajmli she’rlarni ham o‘rta matn hisoblaymizmi? Umuman bu tarzdagi tasnif jiddiy asosga ega emas. Shuning uchun matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga ajratib tekshirish tamoyili asosida o‘rganishni ham mantiqan ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.

5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.


 Matn lingvistikasiga oid ishlarda ma’lum bir matn tarkibidagi murakkab sintaktik butunlikka nisbatan mikromatn, yaxlit matnga nisbatan esa makromatn atamasi qo’llanadi. Lekin mikromatn va makromatn tushunchalari matn tiplari bo’la olmaydi. Chunki ular butun-bo’lak munosabatini tashkil etadi. Masalan, A.Qahhorning «Bemor» hikoyasi butun holicha makromatn (garchi hajman kichik – minimal matn bo’lsa ham), undagi murakkab sintaktik butunliklar mikromatndir. 

  1. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering

Abzats bir mazmuniy butunlik bo‘lib «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo‘lgan qismi» hisoblanadi. Abzats qisqa xabar (abzatsda aytilmoqchi bo‘lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar (bog‘lovchi vositalar abzatsni o‘zidan oldingi abzatsga bog‘laydi, shuningdek, abzats ichidagi xabar jumlalarini bir-biriga bog‘laydi), xabarning to‘ldirilishi (dastlabki xabar to‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va xulosa (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni o‘z ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qo‘llanmasida abzatsni tashkil etgan gaplar o‘zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi. Shuningdek, abzatslarning strukturasiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlari mavjudligi sanab o‘tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bo‘lgan abzatslar; 2) Qo‘shma gapdan iborat bo‘ladigan abzatslar; 3) Periodik nutq formasidan iborat bo‘lgan abzatslar; 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo‘lgan abzatslar; 5) Ko‘chirma-o‘zga gapli abzatslar.[12] Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzatslarni ham kiritish mumkin.

7.Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.


Tema (yunoncha thema – asos bo‘lgan narsa) deb gapning aktual bo‘linishida so‘zlovchi va tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma’lum (tanish) bo‘lgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga o‘tish uchun asos xizmatini bajaruvchi qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin kelib so‘zlovchi tinglovchiga (o‘quvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi ma’lumot (axborot) qismi. Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida keladi.

8. Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?


Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqda istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar.
Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. (O.Yo.)
Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. (I. Karimov). Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. (H. O.) Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi.

9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.


Tasviriy matnda ham monologik nutq ko’rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng хarakterli хususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan ob’ektning dastlab, birlamchi хususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador хususiyatlar va qismlardan so’z yuritiladi.

10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?


 
Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling