Mavzu: «xalqaro tashkilotlar va bojxona organlarining ular bilan o‘zaro hamkorligi»
Download 21.41 Kb.
|
10-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro tashkilotlar
- Shanhay hamkorlik tashkiloti
MAVZU: «XALQARO TASHKILOTLAR VA BOJXONA ORGANLARINING ULAR BILAN O‘ZARO HAMKORLIGI» Avvalgi mavzularda bojxona ishi, bojxona organlarining tuzilmasi va vazifalari to‘g‘risida so‘z yuritilgan edi. Ammo zamonaviy va samarali bojxona ishini xalqaro aloqalarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shu tufayli ushbu mavzu bojxona organlarining xalqaro munosabatlariga bag‘ishlanadi. Xalqaro tashkilotlar Xalqaro munosabatlarda bojxona hamkorligi deganda birinchi navbatda xalqaro Tashkilotlar miqyosida bojxona masalalari bo‘yicha hamkorlik tushuniladi. Bugungi kunda dunyoda bojxona masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan birqator xalqaro tashkilotlar mavjud. Bular: Butunjahon bojxona tashkiloti (BBT), Butunjahon savdo tashkiloti (BST), Butunjahon turizm tashkiloti (BTT), Shanhay hamkorlik tashkiloti, YevroOsiyo Iqtisodiy Hamjamiyati va boshqalar. Ushbu xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatlari davomida tashkilot Ustaviga va xalqaro konvensiyalarga suyangan holda ish olib boradilar. O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda yuqorida qayd etilgan xalqaro tashkilotlarning aksariyatiga aʼzodir. Ularning ayrimlari mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga egadir. Shanhay hamkorlik tashkiloti Yana birmuhim xalqaro Tashkilot – Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT)dir. SHHTga 2001 yilda «Shanhay hamkorlik tashkilotini taʼsis etish to‘g‘рисидаги» Deklaratsiyaning imzolanishi bilan asos solingan. Ushbu Deklaratsiya Rossiya Fediratsiyasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan imzolangan. SHHTning Kotibiyati Pikin shahrida joylashgan. SHHT faoliyatining asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat: a) Mentaqada tinchlik va havfsizlikni barqarorlashtirish; b) Tashqi siyosat masalalarida barcha tomonlarni qiziqtirgan umumiy yondoshuv nuqtalarni izlash; v) Terarorizm, sepriratizm, ekstrimizm, narkotik moddalar va qurol – yarog‘larning noqonuniy aylanishiga hamkorlikda qarshi kurashish bo‘yicha chora – tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga; g) Qurolsizlanish masalalari bo‘yicha harakatlarni koordinatsiya qilish; d) Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik; i) Tovarlar, kapitallar va hizmatlarning erkin harakatlanishi uchun qo‘lay shart – sharoitlar yaratish. Faoliyat yo‘nalishlaridan shuni hulosa qilish mumkinki, SHHT doirasida asosan huquqni muhofaza qilish sohalarida, shu jumladan bojxona sohasida hamkorlik amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 2003 yilda Toshkent shahrida SHHTning Mintaqaviy terrorizmga qarshi kurash Markazi tashkil etildi. Download 21.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling