1-joriy nazorat. Maksimal 10 ball. 1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 30.34 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi30.34 Kb.
#1169131
Bog'liq
Akademik yozuv 1-dedline


1-joriy nazorat.
Maksimal - 10 ball.
1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Matn nima?
2. Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?
3. Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi?
4. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.
5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.
6. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
7. Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
8. Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?
9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.
10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?
1. Matn nima?
,,Matn” so’zi arabcha tilidan olingan bo’lib parcha, bo’lim degan ma’noni anglatadi. Matn tilshunoslikning eng katta
birligi hisoblanadi. So’z birikmalarining ma’no va grammatik tomondan o’zaro bog’lanishi matn deyiladi.
Matn tarkibida gaplarning tartib bilan o’zaro bog’lanib kelishida quyidagilarga e’tiborga olinmog’i zarur:
a)fikr butunligi
b)leksik butunlik
c)kommunikativ butunlik
d)zamon va nuqtai nazar butunliklari
Matnning yaxlit kommunikativ butunlligi ta’minlash uchun tugal fikr ifodasining bo’lishi, gaplarning o’zaro munosabatini semantik va sintaktik jihatlardan tashkil eta oladigan leksik vositalarning, fikr ifodasining zamon nuqtai nazarida bekamu ko’stligi ta’minlangan bo’lishi eng asosiy shartlaridan biridir.
Fransuz tilshunosi R.Bart matnni quyidagicha tushunadi:
“Ichki bog’lanishli bo’lgan, muloqot maqsadida mazmunan o’zaro birikkan gaplardan tashkil topgan nutqning har qanday parchasi matn deb ataladi”. Umuman R.Bartning tadqiqotida matnning bir necha kompanentli turi haqida ma’lumot beriladi. Boshqacha aytganda, bu o’rinda ham asosiy e’tibor matnga qaratilgani seziladi.
2. Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?
Yozilgan,ko’chirilgan yoki bosilgan ijodiy,ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi matn hisoblanadi. Faqat axborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn so’zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko’rishimiz mumkin. Matn alohida va mustaqil birlik bo’la olishi uchun uning boshlanish va tugallanish chegarasi bo’lishi shart, anashu ikki tomondan bo’ladigan chegaralar orasidagi qism yaxlit butun bo’la oladi. Anashu mulohazadan kelib chiqib, matnni gaplar ketma-ketligining bog’lanishlilik asosida og’zaki yoki yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi tarzidagi butunlik sifatida, til sintaktik sathining oliy darajadagi birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq.
3. Matn hajm va mazmun belgisiga ko‘ra qanday tiplarga bo‘linadi?
Inson hissiyotlarini, tuyg’ularini, hayajonlarini, azob va qayg’ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag’a ba’zan o’shatish-qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni, xususan, badiiy matnni quyidagi tiplarga bo’lib chiqish mumkin:
1.Hikoya mazmunli matn.
2.Tasviriy matn.
3.Izoh mazmunli matn.
4.Didaktik matn.
5.Xabar mazmunli matn.
6.Buyruq mazmunli matn.
7.Hissiy ifoda mazmunli matn.
Hajm belgisiga ko’ra turlari 2 ga bo’linadi.
1.Makro matn.
2.Mikro matn.
4. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.
Matn gapdan ko’ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko’rinishidir. Matnni hajm belgisiga ko’ra ikki qismga ajratamiz.
1.Minimal matn(mikromatn)
2.Maksimal matn(makromatn)
Shuni ham aytish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihattan uchga ajratilgan: kichik, o’rta va katta hajmli matnlar. “Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirishxati hamda vaqtli matbuotda chiqadigaan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O’rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmli matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi”.
5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.
Matnlar ikki qismga bo’linadi. Makro va mikro matnlardir. Makro matnlarga hikoya, raman, qissa va epopeya. Mikro matnlarga esa maqol, matal, fard, ruboiy va latifalar kiradi. Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bo’lib “matnning bir xati boshigacha bo’lgan qismi” hisoblanadi. Mikromatn deb biror mavzuni yoritishga bag’ishlangan qatralar, xalq donishmadnligini ifodalaydigan maqol, metal va afarizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog’lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
6.Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
Abzats (nemischa : ich tomon, orqa tomon surmoq) yozma nutq matndagi yangi yo’l(qator)dan biroz joy qoldirib boshlash. Abzats matnda tugal ma’noni ifodalagan bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo’lgan yaxlit mantiqiy nutq birligidir. Abzats bir soda gapdan yoki qo’shma gapdan tashkil topishi mumkin. Abzats biror nutqiy alohida shaklga ega bo’lgan maxsus birligi emas, balki yozma nutqning har xil sintaktik butunliklardan tashkil topgan qismidir. O’quvchilar tomonidan yozilgan matnlar esa asosan gap, abzats va qismdan iborat boladi.
7. Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
Gap unsurlarining tema-rematik munosabatlarini aniqlashning uch asosiy usuli mavjud bo’lib, ular prosodik,sintaktik va semantik tamoyillarini qamrab oladi.
Tema-remani aniqlashning prosodik usulida pauza va ohangning roli muhim ahamiyat kasb etadi.
Sintaktik usuli psixolingvistlik tilida gramatik ega va kesim bilan “psixologik ega va kesim” mos kelmasligi haqida fikr bildirishadi. Bunda ular tema va remani nazarda tutishadi.
Semantik usuli matn orqali anglashilayotgan xabar sitrukturasi gapni tahlil qilib, tema va remani aniqlash jarayoniga katta ta’sir etadi. Berilayotgan xabar, odatda, keying diskursda aytilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar bilan bog’liq bo’ladi.
8. Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko’ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag’a bazan o’xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni quyidagi tiplarga ajratishimiz mumkin.Ular
1.Hikoya matn
2.Tasviriy matn
3.Xabar matn
4.Didaktik matn
5.Buyruq istak matn lar hisoblanadi. Matnlar ishtiroklariga qarab 2ga bo’linadi.
Monologik Diologik
Bir kishi qatnashuvchi Ikki kishidan ko’p ishti-
matn. rokchilardan iborat matn

9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.


Toshkent, Samarqand va Buxoro savdogarlari orasida mashhurligi haqidagi axborot birlamchi xususiyat bo’lsa, hujra va jihozlar haqidagi axborot aloqador xususiyat hisoblanadi. Matnda ham obektning aloqador xususiyati u yerdagi insonlar tasviri fonida yanada aniq va tushunarli qilib tasvirlanyapti. Buni o’z navbatida ikkilamchi xususiyat u bilan bog’liq tasvirni esa ikkilamchi aloqador xususiyati deb atasak bo’ladi. Yakan haqidagi matnda qamish ikkilamchi xususiyat, u bilan bog’liq tasvir ikkilamchi aloqador xususiyat hisoblanadi. Mazkur matn o’sha xususiyatlar tasviriga asoslanib shakllantirilgan. Matnda bunday aloqadorlik bitta yoki bir necha bo’lishi mumkin.
10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?
Hissiy ifoda mazmunli matn – ekspressiv matnlardir. Insonlarning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o’ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy matnlar hisoblanadi.
“Erta bahor – cheksiz sog’inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomg’ir bo’lib to’kilmoqda. Yomg’irning darxtga, kurtakning tomchiga aytadigan “shiviri” yig’ilganey-yig’ilgan”.
Mana shu matnda sanab o’tilgan matn tiplarining hammasi yoki ayrimlari ishtirok etgan bo’lishi mumkin.
Yohud butun boshli asar yuqorida zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo’lishi ham mumkin.

“ Kelajakda IT olamidagi o’rnim “


Men universitrtni bitirgunimcha inshaalloh 8.5 IELTS olib, chet elga IT bo’yicha malaka oshirish maqsdida o’qishga topshiraman. Inshaalloh imtihondan grand asosida o’tib, magistraturaga qabul qilinaman. So’ng u yerda men o’z IT olamimni yarataman. Men Stiv Jobs va Ilon Masklarday emas, balki ulardan ham yuqori cho’qqilarga erishish uchun harakat qilaman. IT olamida men butunjahon tan oladigan inson bo’lishga harakat qilaman va hudo hohlasa shunday natijalarga erishaman. Ana undan keyin o’z yurtimga qaytib o’z IT bilimlarimni yurtdoshlarimga ham ilinishga harakat qilaman. Yurtimizni ham IT sohasida kuchli davlatlar qatoriga olib chiqaman. Shu qatorda o’z IT olamimdagi o’rnimni ham
1-o’rinlarga olib chiqaman.
Download 30.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling