Mavzu: Issiqlik izolyatsiya materiallari turlari


Download 2.31 Mb.
Sana04.11.2023
Hajmi2.31 Mb.
#1748384
Bog'liq
yog\'och 2

Mavzu: Issiqlik izolyatsiya materiallari turlari

  • Qamish plitalar haqida umumiy ma’lumotlar
  • Qamish plitalar tayyorlanishi
  • Qamish plitalar qurulishda qo’llanishi
  • Mahalliy qamishdan DSP mahsulotini ishlab chiqarish

Reja

a) poyalaming ko‘ndalang joylashuvi; b) poyalaming bo‘ylama joylashuvi

a) poyalaming ko‘ndalang joylashuvi; b) poyalaming bo‘ylama joylashuvi


Qamish plitalar (qamishit) deb, qamish poyalarini presslash va po‘lat sim bilan mahkamlash yo‘li bilan tayyorlangan issiqlik izolatsiya plitalariga aytiladi. Qamish plitalar poyalaming joyla- shuviga ko‘ra, ikki xil bo'ladi:
Plitalar o‘lchamlari (mm da): uzunligi 2400, 2600 va 2800, eni 550, 950, 1150 va 1500,
qalinligi 30, 50, 70 va 100.
Presslash darajasiga ko‘ra, qamish plitaning hajmiy og‘irligi 175 dan 250 kg/m3 gacha bo‘ladi
namligi 18% dan ko‘p emas,
hisobiy issiqlik o‘tkazuvchanlikkoeffitsiyenti 0,05—0,08 kkal/m • soat • grad.
egilishdagi mustahkamligi 5 kg/sm2 ga yaqin,
Qamish plitalar tayyorlanishi
Qamish plitalami turli suvsevar o‘simliklar poyasidan, ammo, ko‘pincha, oddiy qamish poyalaridan tayyorlash mumkin. Qamish uzun poyali va tepasi popukli bir yillik o‘simlik.
Qamish poyalari, odatda, 1,5—2 m balandlikka ega, lekin 6 m balandlikka va 40 mm gacha qalinlikka ham yetishi mumkin. Diametri 7—15 mm li, pressga yaxshi beriluvchi poyalardan sifatliroq qamish plitalar oli- nadi.
Qamishdan tashqari, qamish plitalar tayyorlash uchun ichki
bo‘у lama havo kanalga ega egiluvchan poyali ko‘l qamishi, sitnik, ragoz va boshqa o‘simliklardan foydalanish mumkin.
Poyasining egiluvchanligi va o'simlik to‘qimasining g‘ovakligi bu tur o'simlik xomashyosining, asosan, issiqlik izolatsiya mah- sulotlar tayyorlash uchun yaroqliligini belgilaydi.
Qamishning egiluvchan poyalari mat ko‘rinishidagi chidamli yarimqattiq plita­ lar olishga imkon beradi, o'simlik to‘qimasining g‘ovakligi esa mahsulotlarning past issiqlik o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi.
Qamishni kuzgi-qishki davrda mexanizatsiyalashgan usulda tayyorlash tavsiya etiladi: suv havzalarida qamishni motorli qayiq- larga mahkamlangan qamish o‘rgichlar yordamida o‘rib olinadi.
Qamish plitalari tayyorlash uchun pishgan qamishning bir yil- lik poyalarini ishlatish zarur.
Qurulishda qo’llanishi
Qamish plitalar — kam qavatli turar-uylar, qishloq xo‘jalik qurilmalari va III sinf kichik sanoat binolari qurilishida ishlatilishi mumkin. Qamish plitalari sinchh tashqi devorlar, ichki to‘siqlar uskunalarini to‘ldirish va to‘siqlami isitish uchun xizmat qiladi.
Uni 70% dan yuqori havo namligida, masalan, hammom xona- larida ishlatish tavsiya etilmaydi. Muzlatkich konstruksiyalarida qamish plitalar namlikdan yaxshi saqlangan bo‘lishi kerak.
Qamish plitali devorlar yuzasi havo o‘tkazuvchanlikni kamay- tirish uchun suvaladi. Ayrim hollarda ichki suvoq ostiga bug1 izolatsiya qatlami qoplanadi.
Issiqlik-texnik ko‘rsatkichlari bo‘- yicha, qalinligi 100 mm li, ikki tomondan suvalgan qamish plitalidevor ikki g'isht qalinligidagi g‘isht devomiki bilan mos tushadi.
Qamish plitalar suvoq bilan yaxshi birlashgani uchun, qamish pli- tali devorlar yengil suvaladi.
Plitalami chirishdan saqlash uchun 5% li temir kuporosi eritmasi bilan shimdirish maqsadga mu- vofiqdir.

Mahalliy qamishdan DSP mahsulotini ishlab chiqarish


Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar yer maydonida yovvoyi tarzda qamish oʻsadi. Termiz va Muzrabot tumani aholisi yaxshi bilishadi, bundan bir necha yil oldin, Kuz mavsumida qamishzorlarning yoqilishi oqibatida qamishning qora kuyindisi tevarak-atrofni ifloslantirib, kishini xunob qilar edi. Qamishzorlar yoqilishi tabiatga, hayvonot olamiga jiddiy zarar yetkazib, atmosferani ifloslar edi. 2017-yildan boshlab bunday salbiy holatlarga chek qoʻyildi.
Mahalliy qamishdan DSP mahsulotini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 2017-yilning sentyabr oyidan boshlab, “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi tarkibidagi “Surxon KSP-Grand” MCHJda yiliga 30 ming kub metr DSP ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi.
Ayni kunlarda DSP mahsulotlari qoʻshni Afgʻoniston va Tojikiston Respublikalariga ham eksport qilinmoqda. Tinimsiz izlanishlar natijasida kompaniya tomonidan 2018 yilda DSP mahsulotini silliqlash va laminatsiyalash loyihasini amalga oshirdi. Endilikda tayyor LDSPdan (laminatsiyalangan DSP) istalgan turdagi mebel mahsulotini ham ishlab chiqarish mumkin
Download 2.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling