1. Kabel. Elektr simlari va kabellarining tasnifi va tuzilishi


Shtt, qtt kabellarning turlari


Download 21.04 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2023
Hajmi21.04 Kb.
#1247485
1   2   3
Bog'liq
Sherzod .Tele uzatish tizimi .Elektr simlari

Shtt, qtt kabellarning turlari


SHTT, QTT kabellari montaji quduq ichida ularni konsolga mahkamlash (laboratoriya sharoitida esa kabel bo‘laklarini stoldagi qisqichlarga mahkamlash), muftaning uzunligi bo‘yicha kabel qobig‘ining yechish joyini belgilash, suv yoki benzin bilan namlangan lattada belgilangan joyning iflos erlarini artish kerak. Kabel uchlarini bo‘laklarga ajratish Ulanadigan kabelni har ikki uchlarida kiydiriladigan muftani payvandlash o‘rni va qobiqning kesiladigan joyi belgilanadi Kabel uchlaridagi polietilen qobiqlarni olib tashlash Kam hajmli (sigimli) kabellarni uchidagi polietilen qobiqlardan ajratishda, belgi qo‘yilgan joyda aylana kesim hosil qilinib, o‘sha joy asta —sekin har tomonlama egiladi. Bunda kabel qobig‘i kesilib, o‘zagidan chiqariladi. Ko‘rsatilgan kabel qobiqlarini ajratishda, aylana kesimidan tashqari kabel uchigacha bo‘yi bo‘ylab bitga yoki ikkita kesim hosil qilinadi. Bir martatsh bo‘yn bo‘yicha qilingan kesimda kabel uchlaridagi qobig‘ni pichoq yoki otvyortka yordamida ko‘tariladi va tashqi tomonga egilib, aylana kesimidan (ekranga shikast yetkazmasdan) sindiriladi.



Kabeldagi juftlar soni Kabel o‘tkazgichlarining diametriga nisbatan Kabel o‘tkazgichlarining diametriga nisbatan q o‘lchovi, mm L o‘lchovi, MM 0,4 0,5 0,4 0,5 10 140 140 250 250 20 160 160 270 270 30 160 180 270 300 50 180 235 300 350 100 235 310 350 430
Kabellar qobiqlarining kesimlari orasidagi masofa muftaning umumiy uzunligidan 5 —6 sm kichik bo‘lishi kerak.
TP kabellari qobig‘ini ajratishda, kabelning uchlarini 50 —60°S gacha va kabel pichog‘ining tig‘larini qizdirish bilan kesishni osonlanggirish mumkin. Kabel hajmiga (sig‘imiga) qarab uchlariga polietilenli muftaning yarmi kiygiziladi.

Shundan so‘ng, o‘zakdagi polietilen va ekranlar o‘raladi. Ekran simi vaqtincha qotiriladi. Qobiq kesilgan joyda o‘zak ustidan ikki —uch qatlam polietilen tasma o‘raladi.
Kabel o‘zagining montaji O‘zagi burama o‘ramli (qatlamli) bo‘lgan kabellarda kabelni bo‘laklarga bo‘lishda o‘rama (qatlam)ning yarmi ajratiladi. Buning uchun har bir o‘ram (qatlam)ning ustki qismidan boshlab, ikkita yaqin va uzoq bog‘lamga ajratiladi. YAqin bog‘lam bo‘lakka taxminan 60% guruh (juft va to‘rtlik), uzoq bog‘lam bo‘laklarga esa 40% ajratiladi. Kabelni o‘ram (qatlam) bo‘laklariga bo‘lishda ikki tomonning juft guruhlari bir nomli bog‘lamga tushipsh kerak. Hosil bo‘lgan yarim bog‘lamli simlar ip bilan kabel qobig‘iga, ularning montajiga teskari kegma —ketlik tartib bilan bog‘lanadi. Tashqi yarim o‘ramning uzoq bog‘lami bog‘lanmagan holda qoldiriladi. O‘zagi bog‘lamli o‘ramlar esa asosiy bog‘lamga ajratiladi. Montaj qilish jarayonida guruhlar elementar bog‘lamlarga bo‘linadi. Ko‘p juftli kabellarda o‘zaklarning montajini, oldin yarim o‘ramini qalaylovchidan bir qancha uzoqlikda yoki asosiy bog‘lamlarning ulashi bajariladi. YArim o‘ramning olis joylashgan simlarini ulashda markazga yaqinlashgan sari kamayish imkoni bilan bajarilib, ulanishlarda simmetriya o‘qini ta’minlab, jipslik yaratiladi. Kabel o‘zagining montajini bajarishda kuyidagi asosiy talablar bajarilishi shart: 1. Bir juftning yoki to‘rtlik simlarining «a» simini «a» simga, bir juftning yoki to‘rtliklar simlarining «b» simini «b» simga ulashda aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kabellarning uchlaridagi bog‘lamlarni ulaganda, har bir guruh o‘ramlaridagi (simlar, juftlar, to‘rtliklar) bog‘lamlari bir xil ulanishi zarur. Kabelning butun uzunligi davomida har bir o‘ramida (juft, to‘rtlik) ketma — ketlik nazorati va guruhlarni hisobga olish saqlanadi. Imkoni boricha, simlarni ulashda bir xil yoki o‘xshash rangdagi izolyasiyali simlar tanlanadi. Juftlardagi yorqin rangli izolyasiyali sim «a» deb olinadi. Kabelning zahirali guruhlari liniyaning butun uzunligi bo‘yicha ulanishi kerak. Ko‘p juftli SHTT, QTT kabel simlarini ulash usullari Hozirgi kunda kabellarning turi va hajmlari farqiga qarab ularni ulashda bir nechta usullar mavjud. Ammo hamma usullarda ham tok o‘tkazgich simlarini ulashda bir nechta ketma-ketlik jarayoni mavjud: kabelning muhofaza qoplamlarini ajratib tashlash va bog‘lami yoki o‘ramlaridagi ulanadigan har bir o‘gkazgichlarning mexanik va elektrik ketma —ketlik ulanishlari, kamar izolyasiyasi va muhofaza qoplamini tiklashdan iborat. Simlarni qo‘l usulida to‘g‘ri o‘rash Ulanadigan simlar izolyasiyasi bilan birgalikda ikki —uch marotaba o‘raladi, undan keyin maxsus o‘tkir jagli ombirlarda (kusachkalarda) simlar uchi 10—12 mm izolyasiyadan tozalanib, tozalangan joyi 8— 10 marotaba o‘raladi. Hosil bo‘lgan o‘ram to‘g‘ri? burchak ostida egiladi. Simlarning ortiqcha joyi kesiladi. SHundan keyin, oldindan kiygizilgan polietilen gilzalar (naychalar) o‘ralgan simlarning ustiga suriladi. Polietilen gilzalar simlar orasidagi izolyasiyani yuqori sifatli qilib beradi.

Montajga tayyorgarlik ishlari



Montaj qilish ishlarini tartibi
Montaj so'zi fransuzcha so'z bo'lib, qurish, yig'ish, bunyod etishni anglatadi. Kabellar ma'lum bir qurilish uzunliklarida ishlab chiqariladi va ular alohida uchastkalarda, oraliqlarda yotqiziladi va yagona aloqa liniyalarini tashkil etadi. Kabellarning ulangan joylari mufta deb ataladi. Kabellarni oxirgi qurilmalarga ulab montaj qilinadi, bu zaryadka deb ataladi. Kabel¬larni, kabel qurilmalarini montaj qilish qurilishdagi birdan-bir mas'uliyatli ish hisoblanadi. Montajning yuqori sifatli bajarilishi kabel liniyasining sifatli va ishonchli ishlashini ta'minlaydi. Kabellar zavodda tayyorlanganida ma'lum bir o'lchamda, hn'lak-bo'lak holda ishlab chiqariladi. Bir necha yuz metrdan ishlab chiqarilgan kabellar ulanib kabel liniyasida bir necha yuz kilometrga aylantiriladi. Shu sababli kabellarni birini ikkinchisiga ulanadi. Bir xil kabellar bir-biriga ulanadi. Ba'zan boshqa turdagi kabellarni ham montaj qilinadi. Kabellarni montaj qilish ishlari quyidagicha amalga oshiriladi:
Kirish instruktaji, texnika xavfsizligi qonun-qoidalari esga olinadi.
Operatsiyaga tayyorgarlik (ish joyini hozirlash, kabellar¬ning oxirlarini berilgan o'lchamda ochib montajga tayyorlash, kerakli asboblarni, materiallar va moslamalarni tanlash).
To'g'ri muftani montaj qilish.
Kabellarni bir xili tanlab olinadi. Kabel tozalanadi, 200—250 mm o'lchamda pichoq yordamida aylana kesim, so'ng bo'ylama kesim hosil qilinadi, simlari sanab o'ramlari bo'yicha ochilib kosoplyotga olinadi Moslamaga o'rnatishdan awal ikkita yarim mufta kiydiriladi, so'ng kabel moslamaga o'rnatiladi, bunda u o'zagidan boshlab ulana boshlaydi. Shunda har juft simga gilza kiydiriladi, bir xil rangli simlar 10 mm masofada o'zaro ulanadi , so'ng sim izolatsiyasidan tozalanadi, izolatsiyasiz sim yana 3—4 o'ram o'raladi, bir tomonga egiladiikkinchi bir xil sim ulanib, ikkinchi tomonga egiladi, gilzalar ochiq simlar ustiga siljitib qo'yiladi, bunda gilzalarni shaxmat tartibida joylashtirish kerak bo'ladi .
Shu tarzda hamma simlar ulanib bo'linganidan so'ng belbog' izolatsiyasi, ekran, ekran simlari qayta tiklanadi, yarim muftalar siljitilib joy-joyiga qo'yiladi, ikki oraliq quduqlardan ularning to'g'ri ulanganligi tekshiriladi va mufta germetiklanadi, bu kavshar lampasi yordamida amalga oshiriladi, hujjatlashtiriladi.

Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling