Jizzax politеxnika instituti ’’Arxitektura va qurilish” fakulteti


Download 390.76 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi390.76 Kb.
#1414223
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O


O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


JIZZAX POLITЕXNIKA INSTITUTI
’’Arxitektura va qurilish” fakulteti

Bino va inshootlar qurilishi “ yunalishi




201 20 guruh talabasi Zokirov Omonjon

Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanidan


Binolarni montaj usullari“ mavzusida


TAQDIMOTI


Binolarni montaj usullari


Reja:

  1. Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj mexanizmlari.




  1. Ko’p qavatli sanoat binolarining mantaji.




  1. Binolarning montaj qilish usullari.




  1. Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish usullari va montaj mexanizmlari.

Amalda bir qavatli sanoat binolarining konstruksiyalarini montaj qilishning bir necha xil usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, ishlarni talab qilingan ketma-ketlikda olib borish, barpo etilayotgan binoning konstruktiv sxemasi, montaj va texnologik uskunalarni turi, binoni ekspluatatsiya–foydalanishga topshirish muddati, va yig‘ma konstruksiyalarni yetkazib berish ketma-ketligiga qarab u yoki bu usul qo‘llaniladi.

Yengil turdagi bir qavatli sanoat binolari ko‘pincha alohida usulda, og‘ir tipdagilar kompleks (majmuali) usulda montaj qilinadi, ammo shu kabi binolarni montaj qilishning asosiy usuli aralash usuldir.


Yengil turdagi binolar gusenitsali va pnevmog‘ildirakli o‘ziyurar strelali kranlar yordamida; o‘rtacha turdagilar – o‘ziyurar strelali, chorpoyali va minorali kranlar yordamida; og‘ir turdagilar – yuk ko‘tarish qobiliyati katta bo‘lgan minorali kranlar, gusenitsali kranlar va yordamchi kran sifatidagi strelali – machtalar yordamida montaj qilinadi.


Kransiz binolarni montaj qilishda, agar tomyopma plitasining uzunligi 12 m bo‘lsa va fermalarni massasi og‘ir bo‘lsa, plitalarni montaj qilishda katta strela qulochi talab qilinganda quyidagi kranlar qo‘llaniladi:


• Yuk ko‘tarish qobiliyati 40 t va undan ortiq, minorali-strela uskunali gusenitsali kranlar;
• Oraliq o‘lchamlari 24 m dan va soni 3 ta dan oshmaganda o‘rtadagi oraliqda bitta temir yo‘l rels bo‘ylab xarakatlanadigan minorali kranlar;
• Binoning eni 36 m gacha bo‘lganda oddiy turdagi chorpoyali kranlar;
• Binoning eni 66 m gacha bo‘lsa oldindan zo‘riqtirilgan rigelli chorpoyali kranlar ishlatiladi, bu kranlar birdaniga ikkita – uchta yonma-yon oraliqlarda montaj ishlarini olib borish imkoniyatini beradi.
O‘rta va yengil turdagi binolarni montaj qilishda ko‘pincha elementlarni oldindan montaj zonasiga taxlab terib chiqish usuli qo‘llaniladi. Og‘ir tipdagi binolarda montaj qilinadigan konstruksiya montaj zonasiga yetkazib beriladi va transportdan to‘g‘ridan – to‘g‘ri montaj qilinadi (transportdan montaj). Konstruksiyalarni taxlab – terib chiqish loyihaviy joyiga o‘rnatishdan 1...2 smena oldin bajariladi. Bu oraliqni konstruksiyalar bilan to‘ldirib yubormaslik va montaj kranini erkin harakatini ta’minlash uchun qilinadi



Bir qavatli sanoat binosining tomyopma elementlarini taxlash va montaj qilish sxemasi: 1 – kran osti to‘sinini alohida oqimda montaji; 2 – tomyopma plitasini tushirish; 3 – tomyopma plitasini montaji; 4 – montaj krani; 5 –elementlarni tushirish va montaj zonasiga joylashtirish uchun qo‘shimcha montaj krani; 6 – ilgakni bo‘shatish troslari; 7 – arqonlar (tortqilar); 8 – tomyopma fermasi; 9 – kranosti to‘sini.





Download 390.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling