Jizzax politеxnika instituti ’’Arxitektura va qurilish” fakulteti


Binolarni statik ishlash variantlari


Download 390.76 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi390.76 Kb.
#1414223
1   2   3   4   5
Bog'liq
O

Binolarni statik ishlash variantlari. Ko‘p qavatli binolar qurilishi amaliyotida binoni har-xil statik ishlash sharoitiga javob beradigan ramali, rama-bog‘lamali va bog‘lamali karkasning konstruktiv sxemalari qo‘llaniladi.
Ramali sxema –ustun, rigel va orayopma plitalarning o‘zaro bir-biri bilan birikishidan tashkil topgan bikir va turg‘un, mustahkam fazoviy sistemadan iborat. Barcha vertikal va gorizontal yuklamalarni ustun va rigellarning bikir qilib ishlangan tugunlari qabul qiladi. Bunday sistema juda sermehnatli va metall sarfi ehtiyoji yuqoridir. Bu sxema texnologik talablar bo‘yicha ustunlar oralig‘ida ko‘ndalang va bo‘ylama parda devorlar yoki bog‘lamalar o‘rnatilishi mumkin bo‘lmasa qo‘llaniladi.
Bog‘lovchili sxema oldingidan shu bilan farqlanadiki, bunda ustunlar faqat vertikal yuklamalarga ishlaydi, gorizontal yuklamalarni esa vertikal “disk” sistemasi va bikirlik yadrosi qabul qiladi.
Rama-bog‘lamali sxema oraliq sxema bo‘lib va ko‘p qavatli karkasli binolarda, binoning bo‘ylama o‘qiga ko‘ndalang yo‘nalishda joylashgan tekis ramani va bikirlik diafragmasini o‘z ichiga oladi. Binoning bo‘ylama turg‘unligi, metall panjaralar yoki temirbeton tekisliklar ko‘rinishidagi vertikal bikirlik disklari tufayli ta’minlanadi.
Fazoviy bikirlik, monolit yoki yig‘ma temirbetondan tayyorlangan bikirlik yadrosi orqali ta’minlanadigan yig‘ma-monolit temirbeton konstruksiya istiqbolli hisoblanadi.



  1. Binolarning montaj qilish usullari.

Ko‘p qavatli sanoat binolarini barpo etishda, uni ishga tushirilishi sharoitiga va konstruksiyaning materialiga qarab montaj qilishni ikki usuli qo‘lllaniladi: gorizontal qavatlar bo‘yicha yoki yarus bo‘yicha va vertikal binoning bir qismi (seksiyasi bo‘yicha) butun balandlik bo‘yicha.


Gorizontal yarus bo‘yicha (qavatlar bo‘yicha) usuli eng ko‘proq tarqalgan bo‘lib, unda montajni hamma bosqichlarida karkas bikirligi va mustahkamligi( turg‘unligi) xamda poydevorlarni bir tekisda cho‘kishi ta’minlanadi. Bu usul yig‘ma temirbeton elementlarning montajida konstruksiyalar o‘rnatilgandan so‘ng birdaniga choklarga ishlov berilganda qo‘llaniladi. Bunda qavatni (yarusni ya’ni ustunlarni ikki yoki uch qavatli bo‘lishida) yig‘ish tugagandan tutashuv joylaridagi beton 70% mustahkamlikka ega bo‘lgandan so‘ng keyingi qavatni (yarusni) montaj qilishga o‘tiladi.

Download 390.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling