3-Ma’ruza. Montaj va sozlash ishlari uchun me’yoriy va texnik hujjatlar. Reja
Download 199.24 Kb. Pdf ko'rish
|
3-maruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatlashtirishning texnik loyihasiga quydagi hujjatlar kiradi
- Ishchi chizmalarga quyidagi xujjatlar kiradi
3-Ma’ruza. Montaj va sozlash ishlari uchun me’yoriy va texnik hujjatlar. Reja:
1. Avtomatlashtirishning texnik loyihasiga kiruvchi hujjatlar. 2. Ishchi chizmalarga kiradigan hujjatlar.
Avtomatika vositalarining montaj ishlarida barcha qurilish- montaj tashkilotlari qurilish me’yorlari va qoidalari (SNiP), shuningdek,tarmoq qurilish me’yorlari (VSN), ko‘rsatma materiallari (RM) asosida ish bajarishlari lozim. Nazorat vositalari va avtomatika loyihalari odatda ikki bosqichda, ya’ni birinchi bosqichda texnik loyiha, ikkinchisida- ishchi chizmalar tayyorlanadi. Avtomatlashtirishning texnik loyihasiga quydagi hujjatlar kiradi: 1. Nazorat va boshkdrishning tarkib chizmasi (murakkab boshqarish tizimiuchun); 2. Texnik vositalar kompleksining tarkib chizmasi; 3. Texnologik jarayonlarning funksional chizmasi; 4. SHchit, pult, hisoblash texnikasi vositalarining joylashtirishrejasi; 5. Asbob va
avtomatlashtirish vositalari, hisoblash texnikasi, elektroapparatlar, shchit va pultlar, asosiy montaj materiallari va buyumlari uchun ariza xujjatlari; 6. Nostandart jihozlar uchun texnik talablar; 7.Avtomatlashtirishning texnik vositalarini xarid etish >-chun SNiP asosida tuzilgan moliya xujjatlari; 8. Tushintirish xati; 9. Bosh loyihalovchi uchun topshiriq.
1. Nazorat, avtomatik rostlash, boshqarish, signallash va manbaiing prinsipial elektr, gidravlik, pnevmatik sxemalar; 2. SHchit va pultlarning umumiy ko‘rinishi; 3. SHchit, pultlarning montaj chizmalari hamda elektr
va trubao‘tkazishlarining montaj jadvallari; 4. Tashki trubali va elektr o‘tkazishlarning chizmalari; 5. Ulash jadvallari; ba’zi xolatlarda ulash jadvallari o‘rniga ulashningmontaj chizmalari bo‘lishi mumkin; 6. Avtomatlashtirish vositalari, elektr va trubali o‘tkazishlarning joylashish rejalari; 7. Avtomatlashtirish vositalarining notipli o‘rnatish chizmalari; 8. Tushuntirish xati; 9. Rostlash organlarining xisoblari; ba’zi holatlarda rostlagachlarnitanlash va sozlash parametrlarining tahminiy hisoblari qam kirishimumkin; 10. Asbob va avtomatlashtirish vositalari. hisoblash texnikasi, elektr apparatlar, shchit va pultlar, montaj materiali va buyumlari, kabel va simlar uchun ariza hujjatlari; 11. Avtomatika vositalarini o‘rpatish uchun tipli chizmalarning ro‘yxati; 12. Kurilishni tashkil etish loyihasi; 13. Avtomatlashtirish tizimlari va bino, inshoatlarining injenerlik jihozlari uchun ishchi hujjatlar; 14. Asbob va avtomatlashtirish vositalari uchun zavod- tayyorlovchi tomonidan beriladigan texnik hujjatlar. Avtomatlashtirish vositalarining montaji uchun kurilishni tashkil etish loyihasida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim: 1. Qurilishning grafigida avtomatika vositalarining montaji ham nazarda tutilishi va bunda bajarish muddati texnologik ob’ektinig tayyorlanishi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak; 2. Dispetcherlik, operatorlik va alparatlar xonalari, shuningdek,datchiklar joyi. tonnel va kanallar kurilish muddati ilgariroq qurilishi kerak.
Nazorat savollari 1. Avtomatlashtirishning texnik loyihasiga kiruvchi hujjatlar sanab bering. 2. Ishchi chizmalarga kiradigan hujjatlar ayting. Download 199.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling