1. "Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizom" ilovaga muvofiq tasdiqlansin


Download 49.65 Kb.
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi49.65 Kb.
#1340020
  1   2   3
Bog'liq
1506 06.08.2005




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.87.00 Davlat grantlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning ta’lim olishi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AhOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
KADRLARNI DAVLAT GRANTLARI ASOSIDA MAQSADLI TAYYORLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-avgustda 1506-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarorining 6-bandini bajarish maqsadida qaror qilamiz:
1. “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
58-son
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. QOSIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
154-1-son
Xalq ta’limi vaziri T. JO‘RAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
19-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. AKBAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
02/2658-son
Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-son “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlangan kadrlarni kamida uch yil ishlab berish sharti bilan, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash qoidalari va tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bakalavr va magistrlari (keyingi o‘rinlarda matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi) ishga taqsimlanadi.
2. Oliy ta’lim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
3. Agar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida davlat grantlari asosida o‘qigan taqdirda, uning ishlab berish majburiyati kamida uch yil deb hisoblanadi.
4. Oliy ta’lim muassasalarini to‘lov-kontrakt asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilingan taqdirda kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan so‘ng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
5. Bitiruvchilarni egallagan ta’lim yo‘nalishi va kasbiy tayyorgarligiga ko‘ra taqsimlashni muvofiqlashtirish uchun tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik, idoralar qoshida maxsus komissiyalar tuziladi.
II. Bitiruvchilarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va buyurtmalarni shakllantirish
6. Ish beruvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, mavjud bo‘sh ish joylari haqidagi ma’lumotlarni har yili 1-aprelga qadar aniqlaydilar hamda maxsus komissiyaga ish joyi ko‘rsatilgan holda, kafolatlangan talabnoma (buyurtma)ni taqdim etadilar.
7. O‘z tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda ularga bo‘lgan buyurtmalarni yo‘nalishlar bo‘yicha umumlashtirib, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari taqsimoti ko‘rsatkichlarini shakllantiradi.
8. Maxsus komissiya tomonidan buyurtmalar asosida shakllantirilgan taqsimot ko‘rsatkichlari tegishli oliy ta’lim muacsasalariga yuboriladi.
III. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash tartibi
9. Oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni ishga taqsimlash ular oliy ta’lim muassasasini bitirishidan kamida 1 oy oldin o‘tkaziladi.
10. Bitiruvchilarning taqsimoti oliy ta’lim muassasasi rektori tasdiqlagan oliy ta’lim muassasasining taqsimot komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda taqsimot komissiya deb yuritiladi) tomonidan o‘tkaziladi. Taqsimot komissiya tarkibiga: oliy ta’lim muassasasi rektori - komissiya raisi, fakultet dekani, kafedra mudirlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ish beruvchilar vakillari a’zo qilib kiritiladi.
11. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonidan oldin bitiruvchilardan qayerda ishlashni xohlashi to‘g‘risida so‘rov-anketalari to‘ldirib olinadi.
12. Oliy ta’lim muassasasi taqsimot komissiyasi:
a) bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasida egallagan ta’lim yo‘nalishlari va malakasiga, kadrlarga bo‘lgan buyurtmaga asosan hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlaydi;
b) har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi, ish haqi miqdori to‘g‘risidagi va boshqa zarur ma’lumotlar bilan tanishtiradi;
v) majlis bayonnomasi va bitiruvchilar shaxsiy taqsimoti qaydnomasini yuritadi (1-ilova).
13. Yuqori reyting to‘plagan bitiruvchilar birinchilar qatorida mavjud bo‘lgan ish joylariga o‘zlarining ixtiyori bilan joylashish huquqiga ega bo‘ladilar.
14. Oliy ta’lim muassasalarida o‘z hisobidan to‘lov-kontrakt bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilar o‘z ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin.
15. Agar taqsimot komissiyasi bitiruvchini ish bilan ta’minlay olmasa, unga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (2-ilova) taqdim etadi.
16. Taqsimot komissiyasi ishini tugatgandan so‘ng bitiruvchilarni ularning salomatligi, oilaviy sharoiti o‘zgarishi asosida qayta taqsimlash masalasi oliy ta’lim muassasalarining taqsimot komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
17. Oliy ta’lim muassasasi taqsimot komissiyasi ishi tugagandan so‘ng bir haftadan, biroq bitiruvchi o‘qishni tugatgan kundan so‘ng uch kundan kechiktirmay, ishga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga quyidagi hujjatlarni beradi:
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomdan ko‘chirma;
ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanma (3-ilova);
taqsimot komissiyasi qaroridan va taqsimot ro‘yxatidan ko‘chirma.
Mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilgan bitiruvchilarga mazkur bandda nazarda tutilgan muddatlarda mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning asl nusxasi beriladi.
Oliy ta’lim muassasasi rektori mazkur bandda ko‘rsatilgan hujjatlarni bitiruvchiga o‘z vaqtida berilishiga shaxsan javobgardir. Bitiruvchiga belgilangan nusxadagi yo‘llanma o‘rniga boshqa hujjatlar berilishiga ruxsat etilmaydi.
18. Bitiruvchi mazkur Nizom talablari asosida taqsimot bo‘yicha uch yil ishlab bergandan keyin unga oliy ta’lim muassasasi tomonidan bir hafta muddatda mehnat daftarchasiga muvofiq diplomning asl nusxasi beriladi.
IV. Taqsimot asosida yuborilgan bitiruvchilarni ishga qabul qilish va ularning mehnati
19. Bitiruvchilar o‘qishni tamomlagandan so‘ng ko‘pi bilan uch oygacha bo‘lgan muddatda ish joyiga yetib kelishlari va ish boshlashlari lozim.
20. Ish beruvchi ish joyiga yetib kelgan bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan yo‘llanmani tasdiqlaydi va o‘n kun muddat ichida yo‘llanmani tegishli oliy ta’lim muassasasiga yuboradi.
21. Ish beruvchi oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan o‘rnatilgan tartibda ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanmaga muvofiq mehnat shartnomasi tuzadi.
Tanlov asosida ishga qabul qilinadigan lavozimlarga bitiruvchilar yo‘llanma asosida tanlovsiz qabul qilinadi.
22. Bitiruvchi tomonidan majburiy ishlab berilishi lozim bo‘lgan uch yillik muddatga quyidagi muddatlar ham kiradi:
ta’lim muassasasi, korxona yoki tashkilotda turli lavozimlarda ishlagan muddat;
ta’lim muassasasi, korxonasi yoki tashkilot mansub bo‘lgan tizimdagi (vazirlik, idora yoki boshqa xo‘jalik boshqaruvi organi) boshqa ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda ish beruvchining roziligiga ko‘ra ishlagan muddat;
mehnat ta’tilida, shu jumladan ijtimoiy ta’tillarda bo‘lgan muddat;
muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat o‘talgan muddat.
23. Bitiruvchi uch yil majburiy ishlagandan so‘ng shu ish beruvchida ishni davom ettirish masalasi ish beruvchi va xodimning o‘zaro kelishuviga muvofiq mehnat qonunchiligi asosida hal etiladi.
V. Bitiruvchilarga beriladigan imtiyozlar
24. Ishga taqsimlangan bitiruvchi ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga joylashgach, ish beruvchi unga mehnat qilishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi, uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.
25. Ish beruvchi yosh mutaxassislarning mehnatini rag‘batlantirish va ularning lavozimlarini oshirish choralarini ko‘radi, ularga ilmiy ish bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratadi.
26. Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va ishga yuborilgan bitiruvchi taqsimot komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan tegishli vazirlik yoki idoraga yoxud sudga murojaat etish huquqiga ega.
VI. Yakuniy qoidalar
27. 2005/2006 o‘quv yilidan boshlab, har o‘quv yilining boshida, ya’ni sentyabr oyida, oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tamomlagandan so‘ng ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda kamida uch yil ishlab berish to‘g‘risida shartnoma tuzilishi lozim.
Bitiruvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra taqsimlangan joyda ishlashni xohlamasa, unga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida choralar ko‘riladi.
28. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. AZIZXO‘JAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Badiiy akademiya raisi T. QO‘ZIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK raisi O. RAMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

200___ y. ___________________ ni

(oliy ta’lim muassasasi nomi)


Download 49.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling