1. Kasb va profissionalizm haqida tushuncha Kasbiy kompitentlik va mutaxassislikka kirish


Psixolog kasbining shakllanishi va bugungi kundagi imkoniyatlari


Download 34.24 Kb.
bet4/6
Sana29.03.2023
Hajmi34.24 Kb.
#1306004
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU ksblar va professionalizm

Psixolog kasbining shakllanishi va bugungi kundagi imkoniyatlari
Hozirgi vaqtda psixolog mutaxassis bilan qiziquvchi psixologlar farqlanadi. 1.Mutaxassis psixolog, nazriy bilimlari tizimining mavjudligi , psixologiya va psixika tushunchalarining umumlashtirilganligi bilan qiziquvchi psixologlardan farqlanadi.
2.Mutaxassis psixolog doim ilmiy bilish usullaridan xabardorligi hisoblnadi.
Qiziquvchi psixolog ilmiy dunyoviy ilmlardam xabardorligini cheklaydi.
3.Mutaxassis psixolog har doim ilmiy asoslangan metodikalardan foydalana oladi.Nazariya bilan amaliyotni birga olib boradi.
3Mutaxassis psixolog har qanday soha egalari, oddiy fuqqoro, ijtimoiy jamiyatdagi barcha insonlarga yordam berish ya’ni psixologik [izmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lsa, qiziquvchi psixolog, faqat yaqinlariga yordam ko‘rsata oladi tor doitada ishlashi mumkin.
Amamliy psixologiya haqida umumiy tasavvur
Amamliy psixologiya haqidagi qarashlar E.Fromm, J.Saliven, G.Sheparde, V.Bayon kabi olimlar tomonidan guruhlar haqidagi psixologik nazariayalarning yaratilganligi bilan bog‘liq. G‘arbda yaratilgan kognitivizm doirasidagi nazariyalar psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega.T.Nyuxomning hamkorlik kommunikativ nazariyasi( o‘zgalarga va umumiy faoliayt obektiga ijobiy munosabatlarni tarkib toptirishga asoslangan),
Amerikalik taniqli psixolog Abraham Masouning “Insonga bir butun yondashuv konsepsiyasi” psixologik xizmat jarayonida insonni tushunish va ijtimoiy motivatsion rivojlantirish muammosi ustida tadqiqotlar olib borilishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Masouning fikricha, insonning barcha rug‘ma potensial imkoniytlari faqatgina ijtimoiy shrt-sharoitning yaratilishi bilan ro‘yobga chiqishi va kamol topishi mumkin. Maslouning bu fikri haqiqat ekanligi bugungi kunda har bir insonning o‘ziga xos va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiluvchi imkoniyatlar ko‘lamini o‘rganish va tarbiyalashni asosiy vazifa qilib olgan psixologik xizmatning tashkil etilishini muntazam kuzatuvchanligimiz natijalari tasdiqlab turadi. Psixologik xizmatda insonning ijtimoiy ehtiyojlari muammosi ilmiy jihatdan to‘g‘ri talqin qilinishi va to‘g‘ri yo‘naltilishi lozim. Bu borada bir qator taniqli sotsiologlar,psixologlar va faylasuflar tomonidan etirof etilgan ilmiy mulohazalarga tayanish mumkin. Masalan: D.N.Uznadzening “ ehtiyoj tushunchasi tirik organism uchun zarur bo‘lgan va ayni paytda qo‘lga kiritilmagan barcha narsalar ta’luqlidir”
Chet el ilg‘or psixologiyasida psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim o‘rin tutuvchi quyidagi yo‘nalishlarga asos solindi . L.Tarston va Dj. Giliford tomonidan yaratilgan”Multifaktor” nazariyasiga binoan birlamchi aqliy qobiliyatlar (idrok tezligi, xotira assosatsiyalari va ularning har bir individdagi tarkib topganlik ko‘lami tadqiq qilindi va shu asosda har bir shaxs faoliyatiga alohida yondashuvni taqazo etuvchi psixologik xizmatning metodologik prinsiplari ishlab chiqildi. Umumiy psixologiyada individual farqlanishning 56 xil yo‘nalishidagi tipi aniqlangan. Masalan, obektiv, subektiv (A.Bine) fiklovchi faol tip, ekstrovert, introvert G.,Ayzenk, K.Yunk) nazariy, estetik, dinniy, ijtimoiy siyosiy(E.Spanger) kabi tiplar.B.M.Teplov,V.S.Merlin,V.D. Nebelitsin va ularning shogirdlari tomonidanolib borilgan emperik tadqiqotlar mazmuni ijtimoiy psixologik xizmat uchun muhim bo‘lgan har bir shaxsning tabiiy va tug‘ma sifatlarini, oliy nerv faoliytining o‘ziga xos qobiliyat elementlarini va unga ta’sir etuvchi ta’lim-tarbiya, tashqi muhit va faoliyatning nechig‘liq tashkil etilish jarayonini mukammal o‘rganishga va uni ijtimoiy maqsadlar asosida rivojlantirish yo‘llarini belgilash uchun katta imkoniyat yaratdi..
Shaxs faoliyatiga individual yondashuv yo‘nalishi bilan bog‘liq psixologik xizmatning ma’lum metodologik tamoyillarini ilmiy –tadbiqiy jihatdan asoslab beruvchi olim N.S. Leytes ma’lumotlariga qaraganda, asab tizimi nisbatan kuchsiz bo‘lgan kishilarda ko‘pincha bir xildagi ishning bajarilishida ma’lum afzalliklar borligi aniqlangan: ularning yuqori sezgirligi ta’sirchanlik muvaffaqiyatini ta’minlaydi, lekin u yoki bu faoliyat jarayonidagi favqulodda va kuchli qo‘zg‘aluvchilar asosida namoyon bo‘luvchi vaziyatlarda kuchsiz tipdagi kishilar aynan o‘zlarining fiziologik xususiyatlariga ko‘ra ishini uddalay olmay qolishlari mumkin.Asab tizimi tipi kuchli ancha kuchli bo‘lgan kishilar bir xil, ancha sust tipdagi kishilar esa boshqa xil vazifalarni birmuncha oson hal qiladilar. Asab tizimining kuchi bo‘yicha farqlanadigan kishilar bir xildagi vazifani hal etishga ko‘pincha har xil yo‘llar bilan borishlari kerakligini N.S.Leytes o‘z asarlarida har tomonlama asoslab berdiki, bu- psixologik xizmatda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan muhim jarayondir.

Download 34.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling