1. Kasb va profissionalizm haqida tushuncha Kasbiy kompitentlik va mutaxassislikka kirish


Amaliy psixologiyaning asosiy bo‘limlari va tuzilishi (psixologik yordam, psixologik himoya, pixologik yo‘naltirish)


Download 34.24 Kb.
bet5/6
Sana29.03.2023
Hajmi34.24 Kb.
#1306004
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU ksblar va professionalizm

Amaliy psixologiyaning asosiy bo‘limlari va tuzilishi (psixologik yordam, psixologik himoya, pixologik yo‘naltirish)
Amaliy psixologiyaning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan fikr-mulohazalar psixologiya fanining qiyidagi amaliy-tadbiqiy yo‘nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi.
1.Amaliyotchi psixolog har bir shaxsning faoliyatdan ijtimoiy va hissiy qoniqish jarayonini tadqiq qilishga qaratilgan usullar va uslublar majmuasiga asoslanishi lozim.
2.Amaliyotchi psixolog shaxsning faoliyat jarayonidagi o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga va faoliyatga bo‘lgan munosabatlaridagi iyerrarxik tizim dinamikasini tadqiq qilishi va shu tizim asosida ijtomoiy psixologik muhitning yaratilishiga zamin hozirlay olishi bilan bog‘liq izlanishlar ko‘lamini o‘z ichiga oladi.
3. Amaliyotchi psixolog shaxsning faoliyat jarayoni bilan bog‘liq ijtomoiy mihim ko‘rsatkichlarning tahlili har bir shaxs faoliyati uchun xarakterli bo‘lgan individual farqlanish, individual uslub va ijtimoiy ustanovkaning qaror toptirilishini o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Amaliyotchi psixolog ijtimoiy jarayonni ijtimoiy psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilish muammosi bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va bu muammoni bartaraf etishda ma’lum psixologik tamoyillarga tayanish talab qilinadi.
Amaliy psixolog mavqeiga ega bo‘lishni istagan insonga bir qator talablar qo‘yiladi, ulardan birinchisi oliy ma’lumotli bo‘lish.Amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya , huquq fanlaridan xabardor bo‘lishlari talab qilinadi.Psixologik maslahat sirlaridan xabardor bo‘lishi kerak. Amaliyotchi psixolog hamma sohalarda ishlaydi..Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo‘ladi vas hi bilan birga hammaga hamdard bo‘la olishlari talab qilinadi.Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta osixodiognostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab qilinadi. Psixolog uchun birinchi talab ularda muloqat qila olish qobiliyatining mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga bo‘lishi talab qilinadi.Bunda psixolog mijozning shaxsiyatiga tegmasligi kerak.
Amamliy psixologning ahloqiy hislatlari quyidagildan iborat bo‘lishi talab etiladi:
1.Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas’uliyatli bo‘lishi zarur
2. Amaliy psixolog o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim u atrofdailarning so‘zlariga qarab o‘zgarmasligi zarur.
3. psixologning vazifasi mustaqil va avtonom talqinga ega u hech kimga bo‘ysinmaydi. Uning psixologik nuqtayi nazardagi qarori yakuniy natijaga ega bo‘lishi zarur.
4.Psixologning qarorini inkor qilishga huquqiga faqat maxsus kommissiya ega , ular yuqori malakali mutaxassislar hisoblanadi., ularga bunday huquqlar berilgan
5. Psixolog haqqoniy va samimiy bo‘lishi zarur
6. Unda kasbiy ma’suliyat hissi bo‘lishi lozim
7. Psixolog homoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin u o‘z mijozlarining psixologik holatlarini himoya qiladi.
8. U psixodiognostik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida ehtiyojlar bo‘lishi zarur
9.Psixolog siyosiy g‘oyalardan, ijtimoiy g‘oyalardan,falsafiy fikrlardan holi bo‘lishi kerak
10.Amamliy psixolog psixodiognostik, psixokkoreksion, psixoterepevtik matijalarni mutaxassis bo‘lmaganlarga ko‘rsatish huquqiga ega emas
11.U insonlarga zarar keltiradigan holatlaardan uzoqroq bo‘lishi talab qilinadi
12. Psixolog o‘zi qula olmaydigan ishlari ishlari haqida mijozga vada bermasligi kerak
13.Psixolog ota-ona yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqida tavsilotlarni bermasligi kerak
14.U o‘rganilmagan metodikalarni mijozlariga qo‘llash huquqidan mahrumdir
15.Psixolog albatta sir saqlashni bilishi zarur, mijozining sirini hech kimga aytmasligi zarur
16.Psixolog maslahatda o‘z me’yorlariga amal qilishi talab qilinadi.
17. Agar psixolog shu me’yorlarni bizsa, albatta amamliy psixologlar jamoasida ko‘rib chiqiladi va tegishli jazo qo‘llaniladi.

Download 34.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling