1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!


Kasbiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari


Download 379.84 Kb.
bet2/127
Sana27.01.2023
Hajmi379.84 Kb.
#1132860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Билетга жавоблар

Kasbiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari:
-Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun xolatdagi
muammolarini hal qilish;
-Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari
darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
-Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga
olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish
imkonini yaratish;
-Pedagogika-tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg‘or tajribalar
asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar
belgilash;
-Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal
qilish;
-Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish.
Kasbiy pedagogika fanining vazifalari:
-SHarq va G‘arbda xalq yaratgan xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi,
mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka
doir ilg‘or g‘oyalarini o‘rganib, taxlil qilib komil insonni tarbiyalash
jarayonini o‘rganish;
-Komil insonni tarkib toptirishning qonun-qoida va zaruriy
sifatlarini aniqlash;
-Pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy
metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik
texnologiya qonunlariga amal qilish;
-Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qonun-qoida, tamoyil, metod va usullarini
maktab amaliy hayoti bilan bog‘lab, bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;

  1. Reyting, - Texnologiya, - innovatsiya tushunchalarini izohlab bering?



Reyting (ing. rating) — 1) oʻquvchi va talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash usuli. Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining meʼyoriy hujjati sifatida qabul qilingan. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 1998—2003-yillarda joriy boʻlib kelgan. 2003-yildan maktablarning boshlangʻich sinflarida qayta qoʻllanila boshladi.
Reyting tizimi oliy taʼlimda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta mahsus taʼlim vazirligining 1999-yil 8-iyundagi, magistrlar bilimini nazorat qilish va baholash uchun 1999-yil 31-dekabrdagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Unda semestr boʻyicha muayyan fandan 55% dan kam ball toʻplagan talaba akademik qarzdor, 56—70% ball toʻplagan talaba "oʻrta", 71—85% ball toʻplagan talaba "yaxshi", 86% dan yuqori ball toʻplagan talaba "aʼlo" koʻrsatkichga ega hisoblanadi. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi nazoratning 3 turi (joriy, oraliq, yakuniy) da amalga oshirilib, ularning oʻzlashtirishlarini muntazam nazorat etib borish, bilim sifatini baholashda xolislik, aniklik va oshkoralikni taʼminlaydi; 2) faoliyat turining samaradorligi va nufuzini belgilovchi usul. Masalan, sport sohasida sportchi (komanda)ning reyting koʻrsatkichi uning umumiy tasnifdagi oʻrnini belgilab beradi (jahon professional tennischilar reytingi, professional bokschilarning chempionlik uchun finalgacha boʻlgan reyting janglari, futbol boʻyicha terma jamoalar hamda komandalar reytingi, shaxmatchi yoki shashkachi yutuqlarining son bilan ifodalanadigan va musobaqalardagi natijalariga qarab oʻzgarib turadigan shaxsiy koʻrsatkichi va hokazo); 3) siyosat, madaniyat va boshqa sohalardagi taniqli arboblarning jamoatchilik fikrini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi[

Download 379.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling