1. Kassadagi pul mablag’lari qaysi schyotda hisobga olinadi? Buхgаltеriya bаlаnsi tоmоnlаri?
Download 17.05 Kb.
|
1.Kassadagi pul mablag’lari qaysi schyotda hisobga olinadi? 2. Buхgаltеriya bаlаnsi tоmоnlаri? 3. Ish haqi berish uchun hisob kitob schyotidan kassaga pul keltirildi, ushbu muomalaga qanday provodka beriladi? 4. Kassadan hodimga 500000 so‘m ish haqi berildi. Ushbu muomala schyotlarda qanday aks ettiriladi? 5. Hujjаtlаrni vаzifаsigа qаrаb guruhlаnishi? 1 Buxgalteriya hisobi schyotlari quyidagi xususiyatiga ko‘ra turkumlanadi: - schyotlarning tuzilishiga ko‘ra; - ko‘rsatkichlarning aks ettirilishiga ko‘ra; - balansda aks ettirilishiga ko‘ra; - vazifasi, tayinlanishiga ko‘ra. Schyot tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: - aktiv schyot; - passiv schyot. 2 Schyotlar rejasi 6 qism va 9 bo‘limdan iborat. Schyotlar rejasining qismlari quyidagilardir: 1-qism. Uzoq muddatli aktivlar. 2-qism. Joriy aktivlar. 3-qism. Majburiyatlar. 4-qism. Xususiy kapital (mulk). 5-qism. Moliyaviy natijalarni shakllanishi va ishlatilishi. 6-qism. Balansdan tashqari schyotlar. Schyotlar rejasidagi bo‘limlar quyidagicha nomlangan: 1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar. 2-bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralari. 3-bo‘lim. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflarning joriy qismi. 4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar. 5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar. 6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar. 7-бўлим. Узоқ муддатли мажбуриятлар. 8-бўлим. Капитал (мулк), фойда ва захиралар. 9-bo‘lim. Daromad va sarflar. 3 Xo‘jalik yurituvchi subyektlar qaysi tarmoqqa qarashliligidan va unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki va undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularning tashkil topish manbalari ishtirok etadi. Shuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schyotlarda aks ettirishda ikki yoki undan ortiq schyotlardan foydalaniladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari tufayli mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari bir-biri bilan bog‘lanadi va natijada ular uchun mo‘ljallangan buxgalteriya hisobi schyotlari ham bir-biri bilan bog‘lanadi (bu bog‘lanish «Schyotlar korrespondensiyasi» deyiladi). Schyotlar bog‘lanishining buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirilishiga «Ikkiyoqlama yozuv» (buxgalteriya provodkasi) deb aytiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sodir bo‘layotgan jarayonlarga tegishli summalar buxgalteriya hisobi yozuvlarida eng kamida ikkita schyotga yoziladi, albatta bir schyotning debetiga, ikkinchi schyotning kreditiga. Buxgalteriya hisobi schyotlari quyidagi xususiyatiga ko‘ra turkumlanadi: - schyotlarning tuzilishiga ko‘ra; - ko‘rsatkichlarning aks ettirilishiga ko‘ra; - balansda aks ettirilishiga ko‘ra; - vazifasi, tayinlanishiga ko‘ra. Schyot tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: - aktiv schyot; - passiv schyot. 5 Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati unda xo‘jalik jarayonlarining hujjatlashtirilishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbayi hisoblanadi. Shu sababli buxgalteriya hisobida hujjatsiz malumotlar axborot sifatida tan olinmaydi. Buxgalteriya hisobi hujjatlari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi yozma guvohdir, ya’ni hujjatlar o‘tgan davr to‘g‘risida ma’lumot beradi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkonini beradi. Hujjatlar tuzilish tartibiga, vazifasiga, xo‘jalik jarayonini aks ettirishiga, qayerda tuzilishi kabi xususiyatlarga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.Hujjatlar tuzilish tartibiga ko‘ra, dastlabki va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi.Xo‘jalik jarayoni ro‘y berganda albatta o‘sha vaqtni o‘zidayoq hujjatlashtirilishi shart. Masalan, tovar keltirish uchun asos bo‘lgan yuk xati (tovar transport nakladnoyi), kassa kirimi va chiqim orderlari va hokazo. Bular bir xo‘jalik jarayonini o‘zida aks ettiradi va dastlabki hujjatlarga misol bo‘ladi.Shu dastlabki hujjatlar tekshirilib, ular asosida yig‘ma hujjatlar tuziladi va bu hujjatlar ma’lum bir davr ichida ro‘y bergan jarayonlar haqida ma’lumotlar beradi. Yig‘ma hujjatlarga tovar hisoboti va kassir hisobotini misol tariqasida keltirish mumkin. Hujjatlar vazifasiga ko‘ra 5 turga ajratiladi: 1. Farmoyish beruvchi hujjatlar. 2. Tasdiqlovchi hujjatlar. 3. Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar. 4. Buxgalteriya hisobotiga ilova hujjatlari. 5. Axborot hujjatlari. Download 17.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling