1. Kationit filtrining tuzilishi. Kationit filtrining ish jarayoni. Yer usti suvlari
va 9.Suvni ionalmashtirish usulida yumshatish
Download 139.5 Kb.
|
Kationit filtrining tuzilishi ish jarayoni qo’llash shartlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
8 va 9.Suvni ionalmashtirish usulida yumshatish
Ishning maqsadi: suvni ionalmashtirish usulida yumshatish jarayoni bilan tanishish, yumshatish samaradorligini aniqlash. Tajriba uskunasining sxemasi Suvni ionalmashtirish usulida yumshatish uchun tajriba uskunasi diametri 2,5-3,5sm bo’lgan shisha trubkadan (1) iborat. Uning pastki qismiga perforirlangan shisha plastinka payvandlangan (2). Trubka kationit bilan (3) to’ldiriladi, uning balandligi 20-40 smni tashkil qiladi. Trubkaning tag qismidagijo’mrak (4) 7 yordamida kolonkaning yuqori qismidan (5) quyilgan suv yoki eritmaning oqish tezligi boshqarilib turiladi. Kolonkadan oqib o’tgan suyuqlik to’plagichda yig’iladi (6). Uskunaning ba’zi elementlari shativda qotiriladi (7). Rasm. Suvni ionalmashinuv usulida yumshatish uchun uskuna sxemasi 1-shisha trubka; 2-perforirlangan plastinka; 3-kationit; 4-kran; 5–kranli voronka; 6-suv to’plagich; 7-shtativ. Ishni bajarish tartibi Kationitni regeneratsiya qilish va uni H+ ionlari bilan to’yintirish uchun kolonkadan 500 ml 0,1 nli vodorod xlorid eritmasi o’tkaziladi. Eritmani o’tkazish tezligi shunday bo’lishi kerakki, suyuqlik kolonkadan 25-30 minut ichida oqib o’tishi kerak. Keyin kationitnivodorod xloriddan tozalash uchun distillangan suv bilan yuviladi. Yuvilgan suvda xlor ionlari qolmagunga qadar yuvish davom ettiriladi (kumush nitrat eritmasi bilan tekshiriladi). Odatda 700-1000 sm3 distillangan suv sarf bo’ladi. Kationit yuvilganidan keyin kolonkadan 220-250 sm3 miqdorda 30-40 minut davomida yumshatilishi kerak bo’lgan suv o’tkaziladi. Suvni o’tkazish tezligi (5) va (4) jo’mraklar yordamida boshqarib turiladi. Boshlang’ich va yumshatilgan suv karbonatli va umumiy qattiqlikka tekshiriladi. Umumiy qattiqlik kompleksonometrik usuldatrilon-B eritmasi bilan ammiakli muxitda (pH=9-10) qora xromogen indikatori ishtirokida titrlanadi. Bu usul kaltsiy va magniy ionlarini trilon B bilan kompleks hosil qilib bog’lanishiga asoslangan. 8
Analizlarni bajarish uchun 250 ml sig’imli kolbaga 100 ml o’rganilishi kerak bo’lgan suv solinadi, ustiga 5 ml ammiakli bufer eritmasi, 6-7 tomchi qora xromogen indikatori eritmasi solinadi va 0,1 n trilon B eritmasi bilan pushti rang kulrang-ko’k tusga kirgunicha titrlanadi. Ko’kish-kulrang rangning paydo bo’lishi eritmada kaltsiy va magniy ionlarining yo’qligidan darak beradi, ya’ni ularni trilon-B bilan bog’lanishini ko’rsatadi.
Karbonatli qattiqlik metiloranj indikatori ishtirokida 0,1n li xlorid kislota bilan titrlab aniqlanadi. 250 ml sig’imli konik kolbaga 100 ml analiz qilinishi kerak bo’lgan suv solinadi, ustiga 4-5 tomchi metiloranj indikatori tomiziladi va 0,1n li xlorid kislota eritmasi bilan sariq rang och qizg’ishga o’tguniga qadar titrlanadi. Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling