Fuqaro Alimov S va Xalimov B ismli shaxslar Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qildi. Oradan 10 kun o‘tgach ariza yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari mavjud emasligi vaji bilan rad etildi. Bundan norozi bo‘lgan Alimov S va Xalimov B ismli shaxs manfaatfor shaxsning zarariga qabul qilingan qaror ularning ishtiorkida ko‘rib chiqilishi lozimligi hamda ma’muriy tartib-taomillarning bir qancha prinsiplari buzilganligini ta’kidlab sudga shikoyat qildi.
1.Kazusdan kelib chiqib ma’muriy huquqiy munosabat tushunchasini nazariy tahlil qiling, ma’muriy huquqiy munosabat turlarini yoritib bering.
2. Kazusdan kelib chiqib davlat boshqaruvining ma’muriy-huquqiy shakllarini tahlil qiling.
3. Kazusda mavjud bo‘lgan maʼmuriy hujjatni aniqlang, unga qo‘yilgan talablarni hamda ma’muriy hujjat belgilarini yoritib bering
5. Ma’muriy tartib-taomillarning qaysi prinsiplari buzilgan deb hisoblaysiz, fikringizni huquqiy jihatdan asoslab bering.
Avvalambor ma'muriy huquqiy munosabat nima ekanligiga to'xtalib o'tsam,Ma'muriy huquqiy munosabat bu-shaxslarning ma'muriy organlar bilan kirishadigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.Ushbu vaziyatdagi ma'muriy huquqiy munosabatlarga to'xtalib o'tsam,Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilishi ma'muriy huquqiy munosabat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |