1. Kesimlari xabar maylidagi va buyruq-istak maylidagi fe’llar bilan ifodalangan
Download 223.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Test 30 talik tungi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mening anglaganim shu bo‘ldi: yomonlik jazosiz qolmas ekan.
xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Baytda g‘unchaning gul bo‘lib ochilishi jarayoni o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Ko‘klamning shundoq farahli ertasi(tongi)da bulbul xazon faslini eslab nola qilgach, u qo‘ngan gulning g‘unchasi ham qon yutib, yoqasini yuz joyidan yirtib yuboradi. Yoqasi yirtilgan g‘uncha yozilib ketadi, ya’ni ochiladi. Ushbu parchada qaysi ijodkor g‘azalidan olingan bayt va uning tahlili berilgan? A) Furqat B) Muqimiy C) Mashrab D) Ogahiy 17. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan bo‘lakka tobelangan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan? A) Indamay g‘ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. B) “Qani, qo‘lni bering, bir tabriklab qo‘yay”, − dedi zavqi oshib. C) Mo‘ysafid gullarni shiyponga qo‘ydi va mehmonlar bilan ko‘risha ketdi. D) Oshiq yigit do‘kondagi barcha atirgullarni sotib oldi. 18. “To‘rani ko‘tarib, taxti shohiga keltirib, tilla taxt ustiga o‘tqizdilar. Ustiga podshohona xilvatlar kiygizib, boshiga tilladan bo‘lgan tojni qarqara qilib, o‘tqizib, hukumat niginni qo‘liga solib, jamiy mardumi shahar dasti bay’at berdilar”. Ushbu parcha qaysi doston qahramoni haqida? A) “Kuntug‘mish” B) “Oygul bilan Baxtiyor” C) “Alpomish” D) “Ravshan” 19. Mening anglaganim shu bo‘ldi: yomonlik jazosiz qolmas ekan. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun B) qo‘shma gap qismlari bir paytda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarni ifodalagani uchun C) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun D) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun 20. Qaysi javobda holat ravishi qatnashgan? A) U jo‘rttaga dugonasining jig‘iga tega boshladi. B) Yo‘lda ikkita chol sekin gaplashib kelishayotgandi. C) Sardor o‘ylanib turgan do‘stiga yaqinlashdi. D) Hushiga kelgan bemor qiynalib gapirardi. 21. – Ishga kirganiga to‘rt oy bo‘ldi-yu, to‘rt yillik charchadi bolam! – dedi ona. - To‘rt yillik qaridi bolam! Bola tug‘ish, katta qilish osonmi? Ko‘cha-ko‘yda yurib, gapira berasizlar-da! “To‘rt oy endi bo‘ldi-ya!..” Og‘zingizning bir chekkasidan chiqadi!.. Yo‘q, aravakashligi qursin! Boshqa ishga beramiz... bo‘lmadi bu. “Kecha va kunduz” romanidan olingan ushbu parchada onasi tomonidan qayg‘urilayotgan aravakash obrazi nomi qaysi javobda berilgan? A) Hakimjon B) O‘lmasjon C) Zunnun D) Xolmat 22. Uning otasi muhaddis bo‘lib, goho tijorat bilan ham shug‘ullangan. Lekin juda halol, xudojo‘y odam bo‘lgan. Zamondoshlari uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirmaganligi haqida yozadilar. . . . mana shunday oilada o‘sdi. Otasi erta vafot etganidan tarbiyasida onasining xizmati katta bo‘ldi. U kichkinaligidan hadis ilmiga ko‘ngil qo‘ydi. Ushbu ma’lumot kim haqida? A) Rabg‘uziy B) Ahmad Yassaviy C) Imom Buxoriy D) Yusuf Xos Hojib 23. Qaysi javobda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘z imlosida xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Xalqimiz farovonligi uchun bu ezgu tushinchalarni hayotga tatbiq qilmog‘imiz zarur. B) Shirin uyqudan voz kechib, kitoblarga do‘st tutingan inson vaqtlar o‘tib kamolotga erishadi. C) Bu kitoblarni manzilga olib borib berish to‘rtoviga topshirilgan edi. D) Sport bilan shug‘illanish uchun har kuni bu yerga kelar edi. 24. Uydan chiqib ketish uchun shoshilib yurdi, Download 223.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling