21-KEYS
Suyuqliklarni ekstraksiyalash
1. Eritmalar yoki qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni eritgichlar yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bu jarayon ikki turga bo‘linadi:
a) suyuqliklarni ekstraksiyalash; b) qattiq materiallarni ekstraksiyalash.
Eritmalar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta’sir qiluvchi erituvchilar — ekstragentlar yordamida ajratib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb yuritiladi. Suyuq aralashma bilan erituvchi o‘zaro aralashtirilganda erituvchida faqat kerakli komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa juda yomon yoki butunlay erimaydi.
Suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi yoki ekstragent deb ataladi. Eng ko‘p tarkalgan erituvchi — suv xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |