Kislota – asosli titirlashning indikator kattaliklari.
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism
1. Kislota va asoslar
2.
3.
4.
III.Xulosa
IV.Adabiyotlar
I.Kirish
Kislota tushunchasiga suvdan vodorod ionini ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, o‘zidagi protonni boshqa moddaga uzata oladigan modda deb; yoki, elektron juftlikni o‘ziga biriktirib olish xususiyatiga ega bo‘lgan modda deb ta'rif berish mumkin.
Asos tushunchasiga esa, suvdan gidroksid-ion ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, proton qabul qila oladigan modda deb, yoki, elektron juftlikni uzata oladigan modda deb ta'rif berish mumkin.
Kurs ishining dolzarbligi.
Kislota va asos tushunchalarini farqlashning zamonaviy yondoshuvini shved kimyogari Svante Arrenius (1859-1927) boshlab bergan. Uning kislota tushunchasiga bergan ta'rifi juda oddiy va lo‘nda edi: agar biror modda suvda eritilganda vodorod ioni (ya'ni, proton - H+) ajralib chiqishiga sabab bo‘lsa, u - kislota bo‘ladi. Agar, basharti, modda suvda erish jarayonida gidroksid-ion (OH–) ajralib chiqishiga sabab bo‘lsa, u - asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |