Kislotalar va asoslar


Download 17.6 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1496542
  1   2   3   4
Bog'liq
Kimyo malumotlarni 3


Kislotalar va asoslar

Kislota tushunchasiga suvdan vodorod ionini ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, o‘zidagi protonni boshqa moddaga uzata oladigan modda deb; yoki, elektron juftlikni o‘ziga biriktirib olish xususiyatiga ega bo‘lgan modda deb ta’rif berish mumkin.


Asos tushunchasiga esa, suvdan gidroksid-ion ajratib chiqaradigan modda deb; yoki, proton qabul qila oladigan modda deb, yoki, elektron juftlikni uzata oladigan modda deb ta’rif berish mumkin.
Biz o‘zimizning kundalik maishiy turmush tajribamizdan kelib chiqib, ayrim moddalarning o‘ta faol korrozion xossalarga ega ekanini yaxshi bilamiz. Masalan, avtomashina akkumulyatoridagi kislota kiyimga tegib ketsa, u kiyimning o‘sha joyini darhol kuydiradi va teshib qo‘yadi (yemirib yuboradi). Biz uyni tozalash, xususan, kafellar va vannani artish uchun ba’zan ammiak eritmalaridan, yoki, boshqa tozalash vositalaridan foydalanamiz. Ushbu korrozion faol moddalar kimyogarlarga professional tilda kislotalar va asoslar nomi ostida yaxshi ma’lum.
Yuzaki jihatda ularni o‘zaro farqlash unchalik ham qiyin emas. Kislotalarning ta’mi nordon bo‘ladi va indikator qog‘ozni (lakmus qog‘ozini) qizil rangga bo‘yaydi. Asoslar esa, qo‘lga tekkanda, sovun singari sezgi uyg‘otadi va indikator qog‘ozni ko‘k rangga bo‘yaydi. Lekin, kimyogarlar bu kabi fenomenologik aniqlash usullari bilan kifoyalanmaydilar. Ular, moddaning aynan kislota yoki, asos bo‘lib qolishiga molekulyar darajadagi sabab nima ekani haqidagi savol bilan ko‘proq qiziqadilar. Mana, deyarli bir asrdan ko‘proq muddat o‘tibdi-ki, kimyogarlar kislotalar va asoslarni eng fundamental miqyosda farqlash ustida kalla qotirib kelmoqdalar.
Kislotalarga ta’rif berishga qaratilgan birinchi urinish – 1778-yilda Antuan Lavuaze tomonidan amalga oshirilgan edi. U, o‘sha paytda trendda bo‘lgan flogiston nazariyasini inkor etuvchi qator ilmiy tekshirishlar olib borgan va yonish jarayonida aynan qanday fizik-kimyoviy hodisalar sodir bo‘lishini ko‘rsatib bergan edi. Lavuaze, moddalar yonayotganda ular bilan birikib oladigan havodagi gazni kislorod (oxygen) deb atagan. Bu so‘zning ma’nosi «kislota tug‘diruvchi» degani bo‘lib, lekin, Lavuaze nom tanlashda biroz adashgan edi. U barcha kislotalar tarkibida albatta kislorod bo‘ladi deb ishongan va shu sababli, havoda 21% ulushda mavjud bo‘lgan, hamda, yonishga yordam beradigan gazni aynan «kislota tug‘diruvchi» deb nomlab qo‘ygan.

Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling