Kislotalar va asoslar
pH ko‘rsatkichi: kislotaviylikni aniqlash
Download 17.6 Kb.
|
Kimyo malumotlarni 3
pH ko‘rsatkichi: kislotaviylikni aniqlashSuvdagi eritmalar uchun, mazkur eritmaning kislota yoki, asos ekanligini bildiruvchi, buning uchun esa, eritma tarkibidagi kislota, yoki, asos konsentratsiyasini aniqlovchi maxsus sistemadan foydalaniladi. Ushbu sistemani esa, Bryonsted-Lauri ta’rifi orqali osonroq tushuntirish mumkin. Toza (sof) suvda, har bir vaqt lahzasida albatta qandaydir H2O molekulalari vodorod ionlari (H+), hamda, gidroksid-ionlar (OH‒) ga dissotsiyalanadi. Shu bilan birga, aynan shu vaqtda, H+, va OH‒ ionlarining qandaydir birikmalari o‘zaro birikadi va suv molekulasini hosil qiladi. Shu tariqa, suvda doimo vodorod ionlari (protonlar) mavjud bo‘ladi. Sof suvdagi vodorodning molyar konsentratsiyasi, har bir litrda 10‒7 molni tashkil qiladi. Bu shuni anglatadiki, har bir o‘n million H2O molekulasidan bittasi ion shaklida turgan bo‘ladi. Biror bir suyuqlikning pH ko‘rsatkichi, undagi vodorod ionlari sonidan kelib chiqqan tarzda, mazkur suyuqlikning mohiyatan kislota, yoinki, asos ekanligini ifodalab beradi. pH – inglizchadagi «power of Hydrogen», ya’ni, «vodorod ko‘rsatkichi» so‘zining bosh harflaridan yasalgan shartli belgi sanaladi. Yuqorida bayon qilingan ilmiy faktdan kelib chiqib, sof suvning vodorod ko‘rsatkichi pH=7 qilib belgilangan. 7 – bu, 10‒7 dagi daraja ko‘rsatkichi bo‘lib, uni musbat qulaylik uchun ishora bilan olingan. pH=7 bo‘lgan suyuqlik, ya’ni, sof suv kislota va asoslar orasida neytral suyuqlik sanaladi. Suyuqlikning vodorod ko‘rsatkichi 7 dan kamayishi bilan uning kislotaviylik xossasi ortib boradi va aksincha, 7 dan ortishi bilan, uning asoslik darajasi ortib boradi. Vodorod ko‘rsatkichi qancha kichik bo‘lsa, ushbu suyuqlik shuncha kuchli kislota bo‘ladi. Vodorod ko‘rsatkichi qancha katta bo‘lsa, unda bu suyuqlik shunchalik kuchli asos bo‘ladi. Agar sof suvga kislota aralashtirilsa, undagi vodorod konsentratsiyasi ko‘tariladi. Masalan, sof suvga xlor kislotasi (HCl) qo‘shib borib, pH=1 gacha yetkazilsa, ya’ni, 1 litr aralashmadagi vodorod konsentratsiyasi 10‒1 gacha tushirilsa, oshqozon shirasining pH ko‘rsatkichiga taxminan teng bo‘lgan kislota hosil qilamiz. Xuddi shu tarzda, sof suvga gidroksid-ionlar qo‘shib borish orqali, eritmaning asoslik darajasini orttirish mumkin. Masalan, maishiy foydalanish uchun chiqariladigan ammiakdagi OH‒ konsentratsiyasi 10‒11 tashkil qiladi. Ya’ni, uning pH ko‘rsatkichi 11 ga teng. 11 soni esa, 7 dan katta ekanligini siz yaxshi bilasiz va demak, ammiak bu – asos bo‘ladi. Download 17.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling