Zokirjon salimov n e f t V a g a z n I q a y t a I s h L a s h j a r a y o n L a r I


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/46
Sana25.09.2017
Hajmi4.11 Mb.
#16434
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
16434

0 ‘ZB EK IST0N  RESPUBLIKASI 

OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS  TA’LIM VAZIRLIGI

ZOKIRJON SALIMOV

N E F T   V A   G A Z N I   Q A Y T A  

I S H L A S H   J A R A Y O N L A R I  

V A   U S K U N A L A R I

0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta  m axsus  ta’Iim vazirligi oliy 

o ‘quv yurtlari bakalavriatining «Nefit va neft-gazni qayta ishlash 

texnologiyasi» yo‘n alish rb o 'y ich a ta ’Iim oladigan talabalar uchun 

darslik sifatida tavsiya etgan



Z.Salimov.  Neft  va  gazni  qayta  ishlash  jarayonlari  va  uskuna- 

lari. 

-  Т.:  «A loqachi»,  2010,  508  bet.

Ushbu  darslikda  talabalar  neft,  gaz  va  boshqa  uglevodorodli 

xom ashyolarni  qayta  ishlash  jarayonlarining  um um iy  nazariy  asoslari 

bilan  tanishtiriladi.  D arslikda  gidrom exanik,  m exanik,  issiqlik,  modda 

alm ashinish  v a   kim yoviy  jarayonlarining  nazariy  va  am aliy  tomonlari, 

eng  muhim   uskunalarning  tuzilishi  va  ishlash  prinsiplari,  ularni 

hisoblasli  uslublari  bayon etilgan.

Kitobda  ekologiya, 

m odda  va  energiyani  tejash, 

istiqbolli 

jarayonlar  v a  uskunalardan  foydalanish,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 

zam onaviy  usullar  bilan  jadallashtirish  m asalalarini  yoritishga  alohida 

aham iyat  berilgan.  Shu  bilan  birga,  asosiy  atam alarning  ta ’rifi,  ilmiy 

tadqiqot  ishlarini  olib  borish  uchun  aniq  m avzular,  test  savollaridan 

nam unalar keltirilgan.

D arslik  asosan  neft  va  neft-gazni  qayta  ishlash  texnologiyasi 

y o ‘nalishi  b o ‘yicha  ta ’Iim  oladigan  talabalarga  m o‘ljallangan  b o ‘lib, 

undan  turdosh  ixtisosliklar  bo ‘yicha  tahsil  oluvchi  talabalar,  aspirantlar, 

doktorantiar,  iimiy  xouim iai,  o ‘qiravc'rilar,  loyihachilar  va  m uhandis- 

texnik  xodim lar,  shuningdek,  shu  sohaga  qiziqqan  barcha  kitobxonlar 

ham  foydalanishi  mumkin.



BBK 35.514я73+35.514-5я73 

UDK:622.276 (075)

Taqrizchilar: -  texnika fanlari  doktori,  professor 

B.I.  Muhamedov 

texnika fanlari doktori 



I.M.  Saydahmedov 

kim yo  fanlari  doktori,  professor 



G.R.Narmetova

N778—4103/2010 

ISBN 978-9943-326-62-0

© «Aloqachi» nashriyoti, 2010.

A z iz u   m u k a r r a m   z o t la r i m   O l i m j o n

 

v a  K a r o m a t x o n  S a lx m o v la r n in g 



y o r q i n  x o t i r a s ig a   b a g  'ish la n a d i

SO‘Z

  BOSHI

0 ‘zbekistonda  neft-gazni  qayta  ishlash  sanoati  yaxshi  rivojla- 

nayotgan  tarm oqlardan  biri  b o ‘lib,  uning  xalq  x o ‘ja!igidagi  salm og‘i 

mam lakatim iz  m ustaqillikka  erishgandan  so ‘ng  yildan-yilga  ortib 

bormoqda.  Ushbu  sohaga  tegishli  sanoat  korxonalari  zamonaviy  asbob- 

uskuna  va  qurilm alar  bilan  jihozlangan  bo‘lib,  ularda  eng  ilg ‘or 

texnologiyalar  asosida  m ahalliy  xom ashyolar  qayta  ishlanib.  tayyor 

m ahsulotlar  (benzin,  aviakerosin,  aviabenzin,  dizel  yonilg‘isi,  neft 

m o y l a r i ,  

suyultirilgan  gaz,  polietilen  granulalari.  oltingugurt  va 

boshqalar) olinmoqda.

Respublikam iz  kimyogar  olim lari  va  mutaxassislari  oldida  hali  o ‘z 

yechim ini  kutayotgan  ulkan  m uam m olar  turibdi.  Bu  m uam m olar 

jum lasiga  qovushoqligi 

katta  b o ‘lgan 

neftlarning 

oquvchanligini 

ko'paytirish. 

suv-neft 

em ulsiyalarini 

parchalash 

uchun 


sam arali 

deemulgatorlarni  sintez  qilish,  neft  xom ashyosini  birlam chi  tozalash 

uchun  yangi  usullarni  izlab  topish,  xom ashyo  va  neft  m ahsulotlarini 

issiqlik  ta’sirida  qayta  ishlash  jarayonlarini  takom illashtirish,  neftni 

qayta 

ishlash 


darajasini 

oshirish, 

gidrogenizatsion 

jarayonlam i 

jadallashtirish  uchun  o‘ta  faol  katalizatorlarni  yaratish,  gaz  kondensati 

tarkibidan  har  xil  erituvchilarni  olishni  tashkil  etish,  texnikaning  turli 

sohalari  uchun  m ahalliy  xom ashyolar  asosida  m oylash  m ateriallari 

olishni  kengaytirish, 

neft  m ahsulotlarining  sifat  ko‘rsatgichlarini 

yaxshilash  m aqsadida  ularga  oz  m iqdorda  q o ‘shiladigan  m oddalarni 

sintez  qilish,  ishlab  chiqarishda  xom ashyo  sifatida  ishlatiladigan  tabiiy 

gazni  chuqur  va  kom pleks  tozalash.  chiqindisiz  va  kam   energiya  talab 

qiladigan  texnologik  jarayonlarni  k ash f  etish,  tabiiy  gazdan  suyuq 

yonilg‘i  olish  texnologiyasini  yaratish,  yuqori  samarali  texnologik 

qurilm alarni  ishlab  chiqish,  asbob-uskuna  va  jihozlam i  korroziya  va 

yemiril ishdan 

saqlashning 

sam arali 

y o ‘llarini 

topish, 


ishlab 

chiqarishning  suyuq  va  gazsim on  chiqindilarini  yaxshi  tozalaydigan 

zam onaviy  uskunalarni  taklif etish  kabilam i kiritish  mumkin.


N eft  va  gazni  qayta  ishlash  sanoati  korxonalarida  uglevodorodli 

xom ashyolam i  zam onaviy  texnologiyalar  asosida  qayta  ishlab,  xalq 

x o ‘jaligi  uchun  m uhim   b o ‘lgan  m ahsulotlar  ishlab  chiqarishni  tashkil 

etish  va  boshqarish  ham da  fan  v a  texnika  yutuqlaridan  am aliyotda 

doim o  foydalanib  borish  uchun  yuqori  malakali  m uhandis  kadrlar 

(bakalavr  va  m agistrlar)  kerak,  albatta.  0 ‘zbekiston  R espublikasining 

ta ’Iim  to ‘g ‘risidagi  qonuni  va  Kadrlar  tayyorlash  m illiy  dasturi 

ialablaridan  kelib  chiqqan  holda  bakalavr  va  m agistrlar  har  tom onlam a 

bilim don,  ilg ‘o r davlatlar tajribalari  bilan  tanish, yangi  ilmiy  g ‘oyalar va 

texnikaviy  yechim larni  yaratish  qobiliyatiga  ega  b o ‘lishlari  zarur. 

K adrlar  o ‘ziga  xos  zamonaviy  tafakkurli,  bilimli,  m alakali  va  ayni 

paytda 


yuksak 

m a’naviy 

kom illik 

sifatlariga 

ega 

bo ‘Iishi, 



0 ‘,zbekistonning  kelajagi,  m ustaqilligim iz  kelajagi  uchun  m as’ul, 

jonkuyar,  fidoyi  insonlar  b o ‘lm og‘i  kerak.  Bakalavriat  v a  m agistratura 

talabalarining  chuqur  va  m ustahkam   bilim   olishlarida  «N eft  va  gazni 

qayta  ishlash jarayonlari va uskunalari» fani  katta aliam iyatga molikdir.

O liy  o ‘quv  yurtlari  talablari  uchun  «N eft  va  gazni  qayta  ishlash 

jarayonlari  v a  uskunalari»  fani  b o ‘yicha  hozirgi  kungacha  o ‘zbek  tilida 

zam onaviy 

darsliklar  yaratilgani 

yo ‘q. 

Bu 


fan 

talablarga 

o ‘z 

ixtisosliklarini  chuqur  egallashga, 



ularning  texnikaviy  bilim larini 

m ustahkam lashga,  qanday  qilib  ishlab  chiqarish  sam aradorligini  oshirish 

va  texnologik  uskunalardan  unumli  va  muqobil  rejim da  foydalanish 

m um kinligini o ‘rgatadi.

D arslik 

asosan 


5522500-neft 

va 


neft-gazni 

qayta 


ishlash 

texnologiyasi 

y o ‘nalishi 

b o ‘yicha 

ta ’Iim 

oladigan 

talabalarga 

moMjallangan  b o ‘lib,  undan  quyidagi  turdagi  y o ‘nalishlar talabalari  ham 

foydalanishi  m um kin  :

5520700 -  texnologik  m ashinalar va jihozlar;

5522400 -  kim yoviy  texnologiya;

5540300 -  neft va gaz  ishi;

5850100 -a tro f-m u h it m uhofazasi.

K itobxonga  taqdim   etilayotgan  ushbu  darslik  m uallifning  k o ‘p 

yillik  ilm iy-pedagogik tajribasidan  kelib  chiaib  yozilgan  boMsada,  ayrim  

kam chiliklardan  xoli  boMmasligi  m um kin.  Shuning  uchun  kitobning 

sifatini 

yaxshilashga 

qaratilgan 

o ‘z 


fikr-m ulohazalarini 

aytgan 


o ‘rtoqlarga m uallif oldindan  m innatdorchilik bildiradi.

0 ‘Z B E K IS T 0N D A  N EFT-G A Z SANO ATI  R IV O JL A N ISH I 

BO SQ ICH LARI

Respublikam iz  Prezidenti  Islom  K arim ov  o ‘zining  kitob ida*1 

ta ’kidlab  o‘tganidek,  0 ‘zbekiston  o ‘z  yer  osti  boyliklari  bilan  haqli 

suratda  faxrlanadi  -  bu  yerda  m ashhur  M endeleev  davriy  sistem asining 

deyarli  barcha  elem entlari  topilgan.  H ozirga  qadar  2,7  m ingdan  ziyod 

turli  foydali  qazilm a  konlari  va  m a’dan  nam oyon  bo‘lgan  istiqbolli 

jo y lar  aniqlangan.  U lar  100  ga  yaqin  m ineral-xom ashyo  turlarini  o ‘z 

ichiga  oladi.  M am lakatim izning  um um iy  m ineral-xom ashyo  potensiali

3,3  trillion  AQSh dollarini tashkil  etadi.

G ‘oyat  m uhim   strategik  m anbalar-neft  va  gaz  kondensati,  tabiiy 

gaz  bo‘yicha  155  ta  istiqbolli  kon  qidirib  topilgan.  H isob-kitobdan 

m a'lum ki,  gaz  zaxiralari  2  trillion  kubom etrga  yaqin,  k o ‘mir-2  milliard 

tonnadan  ortiq.  160  dan  ortiq  neft  koni  mavjud.  N eft  va  g az  mavjud 

b o ‘lgan  beshta  asosiy  mintaqani  ajratib  k o ‘rsatish  m um kin.  Bular: 

Ustyurt,  Buxoro-Xiv a,  Janubiy-G ‘arbiy  Hisor,  Surxondaryo,  F arg‘ona 

mintaqalaridir.

0 ‘zbekiston  neftining  sanoat  asosida  ishlanishi  XIX  asrning 

oxirlari  1885-yildan  boshlangan.  Dastlab  F arg ‘ona  vodiysidagi  Chim yon 

qishlog‘i  atrofidagi  ikki  quduqdan  neft  olingan.  1900-yili  ushbu 

tum anda  geologiya-qidiruv  ishlari  faol  olib  borilib,  1904-yili  neft 

favvorasini  olishga  erishilgan.  1906-yili  F arg‘ona  viloyatida  davriy 

ishlaydigan  ikki  kubli  uskunadan  iborat  bo‘lgan  neftni  haydash 

korxonasi  qurilgan.  N eftning sifati  term om etr va areom etrlar yordam ida 

aniqlangan.  Asosiy  m ahsulot  kerosin  va  mazut  hisoblangan.  O lingan 

kerosin  aravalar,  tuyalarda  Andijon,  Toshkent,  Q o ‘qon  shaharlaridagi 

paxta  tozalash  zavodlari,  y o g ‘  chiqarish  korxonalariga  v a  maishiy 

maqsadlarda  foydalanish  uchun j o ‘natilgan.  M azut  temir  y o ‘l  yoqilg‘isi 

sifatida  qo‘Ilanila  boshlangan. 

Benzin  esa  dastlab  korxonaning 

tashqarisidagi  o ‘ralarda  yoqilgan.  1 9 1 5 -1 9 1 6 -yillarda  0 ‘rta  Osiyoda 

ichki  yonish  dvigatellari  bilan  jihozlangan  avtom obillar  paydo  bo‘la 

boshlagandan  keyingina  benzinga  ehtiyoj  paydo  boMgan.  1907-yili  aka- 

uka  N obellar  neftni  haydash  korxonasini  sotib  olishadi  v a  uni  qayta 

jihozlashadi.  Shu  yili  C him yondan  neftni  haydash  korxonasiga  qadar 

neft  quvuri  o ‘tkaziladi.  1940-yili  ushbu  korxonaning  laboratoriyasi 

mavjud  bo ‘lib,  texnologik  jarayon  esa  yuqori  darajaga  k o ‘tarilgan  edi.

1

  Islom Karimov. 0 ‘zbekiston XXt asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 

taraqqiyot kafolatlari. - Toshkent: «O'zbekiston»,  1997.-B.227-252.


Q ashqadaryo  viloyatida  1972-yili  M uborak  va  1980-yili  esa  S h o 'rtan 

gazni  qayta  ishlash  korxonalari qurilib,  ishgatushirildi.

M am lakatim izda  125  yil  oldin  neft  sanoatiga  asos  solingan 

boMsada,  faqat  1953-yilga  kelib,  Qizilqum   sahrosida  Setalontepa  gaz 

zaxirasining  ochilishi  natijasida  O ‘zbekiston  neft  v a  gaz  sanoatiga  asos 

solindi.  1962-yilga  kelib,  sobiq  Ittifoq  hududidagi  Ural  va  Y evropa 

sanoat  korxonalarini  tabiiy  gaz  bilan  ta ’minlash  m aqsadida  «B uxoro- 

Ural»  va 

« 0 ‘rta  O siyo-M arkaz»  transkontinental  gaz  quvurlari 

yotqizilgan.

Sobiq  Ittifoq  paytida  0 ‘zbekiston  o ‘zini  neft  m ahsulotlari  bilan 

ta ’minlash  im koniyatiga  ega  boMmagan.  M asalan,  XX  asniing  80- 

yillarida  respublikam izga  liar  yili  chetdan  6  million  tonnagacha  neft 

m ahsulotlari  tashib  kelinardi.  Lekin  ayni  o ‘sha vaqtda  respublikam izdan 

tashqariga  7 -8   m illiard kubom etr gaz chiqib ketgan.

M ustaqilligim izning 

birinchi 

yilidanoq 

Prezidentim iz 

Islom 


K arim ovning  k o ‘rsatm alari  bilan  neft  va  gaz  sanoati  respublikadagi 

yetakchi  sanoatlardan  biri  sifatida  qabul  qilindi.  1992-yilning  dekabrida 

neft  va  gazni  qayta  ishlash  va  shunga  aloqador  sohalar  isloh  qilinib, 

yagona ishlab  chiqarish  m ajm uiga birlashtirildi.  Y a’ni xom ashyoni qazib 

olinishdan  tortib,  tayyor  m ahsulot  holiga  keltirilguncha  b o ‘lgan jaray o n  

bitta  zanjirga:  -   « 0 ‘zbekneftgaz»  milliy  xolding  kom paniyasiga 

biriktirildi.  « 0 ‘zbekneftgaz»  tashkiloti  o ‘z  sohasida  katta  iqtisodiy 

islohatlar o ‘tkazdi.  0 ‘tkaziIgan  tadbirlar  natijasida  1995-yili  7,6  m illion 

tonna  neft  v a   gaz  kondensati  qazib  olinib,  m am lakatim iz  am aliy 

ravishda neft m ustaqilligiga erishdi.

M utaxassislar respublikam izning noyob va qudratli yonilg‘i 

resursi-nefit zaxiralarining aniq  iqtisodiy hisob-kitoblarini chiqarishdi:

-   respublika  hududining  salkam   60  foizi  m avjud  neft  konlarini 

qazib olish uchun  istiqbolli  hududlar sanaladi;

-  neft resurslari um um iy  im koniyati 4  m illiard tonnadan ortiq;

-   neft  resurslari  qiym ati  (gaz  resurslari  bilan  birga)  1  trillion 

AQSh  dollaridan ziyod;

-   neftning  90-91  foizi jah o n   bozorida  eng  arzon  uslub  -   f a w o ra  

usulida qazib chiqariladi.

M ustaqillik 

yillarida 

O ‘zbekiston 

neft-gaz  tarm og‘i  ildam 

rivojlandi.  1997-yilning  avgust  oyida  yiliga  2,5  million  tonna  uglevodo- 

rodli  xom ashyoni  qayta  ishlashga  moMjallangan  va  zam onaviy 

texnologiya  va  uskunalar  bilan jihozlangan  Buxoro  neftni  qayta  ishlash 

korxonasi  ishga  tushirildi.  Bu  yerda  xalqaro  m e’yoriy  talablarga  to ‘Ia


jav o b   beraoladigan  turli  neft  m ahsulotlari  (avtobenzin,  aviatsiya 

kerosini,  dizel  yoqilg‘isi,  m azut  va  suyultirilgan  gaz)  ishlab  chiqaril- 

moqda.  Ishlab  chiqarilayotgan  neft  m ahsulotlarining  sifatini  xalqaro 

talablar  asosida  ta’minlab  turish  va  m intaqadagi  ekologik  sharoitni 

yaxshilash  m aqsadida,  2000-yili  F arg‘ona neftni  qayta  ishlash korxonasi 

qay tadan j  ihozland i.

Y urtboshim izning  tashabbusi  bilan  2001-yili  eng  ilg‘or  uskunalar 

va  texnologiyalar  bilan  jihozlangan  S ho‘rtan  gaz  kimyosi  m ajm uasi 

ishga  tushirildi.  Ushbu  eng  yirik  korxonani  XXI  asrning  boshlanishida 

ishga  tushirilishi  bilan  0 ‘zbekistonda  zam onaviy  tarmoq  -  gaz  kimyosi 

sanoati  yaratildi.  S ho‘rton  gaz  kim yosi  m ajm uasida  yiliga  4  milliard 

kubom etr  tabiiy  gaz  qayta  ishlanib,  undan  125  ming  tonnadan  ziyod 

polietilen  granulalari  hamda  suyultirilgan  gaz.  gaz  kondensati,  donador 

oltingugurt  kabi  m ahsulotlar  olinm oqda.  M am lakatim izda  gaz  kim yosi 

tarm og‘ining  yaratilishi,  birinchidan,  tabiiy  gazni  chuqurroq  qayta 

ishlashga  turtki  bergan  bo‘ lsa,  ikkinchidan,  tutash  tarm oqlarning  paydo 

bo‘lishiga  sababchi  boMmoqda.  M asalan,  yuqori,  o ‘rta  va  past  bosim 

bilan  ishlab  chiqarilgan  polietilen  asosida  ko‘plab  turli  buyum lar 

(plyonkalar.  katta  oMchamli  buyum larning  quym alari,  turli  diam etrga 

ega  bo'lgan  polietilen  quvurlari,  quvurlarni  birlashtiruvchi  detallar  va 

hokazo) ni  ishlab chiqarish  imkonivati yaratildi.

N eft-gaz  sohasi  b o ‘yicha  bir  necha  yirik  loyihalarni  am alga 

oshirish  rejalashtirilm oqda.  Jum ladan,  2009-yil  14-iyunda  « 0 ‘zbek- 

neftgaz»  milliy  xolding  kompaniyasi  bilan  chet  elning  «Petronas» 

(M alayziya)  va  «Sasol»  (Janubiy  Afrika  Respublikasi)  kom paniyalari 

o ‘rtasida  0 ‘zbekiston  R espublikasida  sintetik  suyuq  yo qilg ‘i  ishlab 

chiqarishga  ixtisoslashgan  q o ‘shm a  korxona  tashkil  etish  to ‘g ‘risidagi 

bitim  imzolandi.  «Petronas»  sarm oyasi  va  «Sasol»  texnologiyalari 

asosida  ish  yuritadigan  yangi  q o 'shm a  korxona  m am lakatim izda  qazib 

olinadigan  tabiiy  gazdan  yiliga  1,3  m illion  tonna  yuqori  sifatli  sintetik 

suyuq  yoqilg‘i  -   dizel  yoqilg‘isi,  kerosin,  nafta,  suyultirilgan  neft  gazi 

kabi  m ahsulotlar  ishlab chiqaradi.  Yangi  korxonaning m ahsulotlari  ichki 

bozorni toMdirish  bilan  birga,  ekspoitga  ham  chiqariladi.

Ustyurtda  esa  yangi  gaz  kimyosi  m ajmuasi  qurilib,  unda  4,5 

milliard  kubom etr  tabiiy  gazni  qayta  ishlash  natijasida  m am lakatim iz  va 

chet el  iste’molchilari  uchun  500  m ing tonnagacha polietilen  va propilen 

ishlab chiqarilishi  ko ‘zda tutilgan.

Um um an  olganda,  2 0 0 9 -2 0 14-yillarda  neft-gaz  sanoati  b o ‘yicha 

um um iy  hajmi  21,5  m illiard  AQSh  dollariga  teng  bo‘lgan  52  ta


investitsion  Ioyihani  am aliyotga  jo riy   etish  rejalashtirilgan.  2009-yili 

tabiiy  gazni  qazib  olish  va  uni  quvur  orqali  uzatishga  oid  um um iy 

qiym ati  2,4  m illiard  dollarga  teng  boMgan  5  ta  yirik  loyiha  am alga 

oshirildi.  Jum ladan,  Q am chiq  dovoni  orqali  «O hangaron-Pungan»  gaz 

quvuri  va  « 0 ‘zbekiston-X itoy»  gaz  quvurining  birinchi  tarm og‘i  ishga 

tushirildi.  2014-yilgacha  Surgil  koni  asosida  U styurt  gaz-kim yosi 

majm uasi  va  Q ashqadaryo  viloyatida  sintetik  suyuq  yo qilg‘i  (GTL) 

ishlab  chiqarisli  korxonasini  qurib  bitkazishdan  tashqari,  S ho‘rtan  gaz- 

kim yosi  m ajm uasida  va  M uborak  gazni  qayta  ishlash  korxonasida 

polim er  m alisulotlarini  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  rejalashtirilgan. 

B ulardan  tashqari,  yangi  konlarni  o ‘zlashtirish,  M uborak  gazni  qayta 

ishlash 


korxonasida 

propan-butan 

aralashm asi 

qurilm asini 

ishga 

tushirish  va  boshqa  bir  necha  loyihalarni  am alga  oshirish  k o ‘zda 



tutilgan.  Hozirgi  kunda  « 0 ‘zbekneftgaz»  m illiy  xolding  kom paniyasi 

innovatsion  loyihalarni  chet  elning  Gazprom ,  Lukoyl  (Rossiya),  CNPC 

International  (Xitoy),  K orea  N ational  Oil  C orporation  (Koreya), 

Petronas  (M alayziya),  Sasol  (Janubiy  Afrika  R espublikasi)  va  boshqa 

kom paniyalari  bilan  o ‘zaro ham korlikda am aliyotga jo riy  etm oqda.

Oxirgi  yillarda  m am lakatim izda  neft-gaz  sanoatining  yuqori 

su r’atlar  bilan  rivojlanishi  ta ’sirida  ilm-fan  yutuqlaridan 

ishlab 


chiqarishda 

keng 


foydalanish, 

tarm oqning 

dolzarb 

ilmiy-texnik 

m uam m olari  ustida  tadqiqot  ishlarini  olib  borish  ham da  fan  va  ishlab 

chiqarish  o ‘rtasida  ham korlikni  kuchaytirish  kabi  m asalalar  bilan jiddiy 

sh u g ‘ullanish  uchun  katta  ehtiyoj  paydo  bo‘ldi.  Y uqorida  bayon  etilgan 

holatlam i  inobatga  olgan  holda,  2009-yilning  7 -8-o ktab rida  Buxoro 

neftni  qayta  ishlash  korxonasining  Q orovulbozor  shahridagi  m adaniyat 

saroyida  « O ‘zbekiston  neft  va  gazini  qayta  ishlashning  dolzarb 

m uam m olari»  m avzusida  respublika  ilm iy-texnik  anjum ani  o'tkazildi. 

Ushbu  anjum an  qarorida  neft-gaz  sanoatining  rivojlanishi  uchun 

quyidagi  dolzarb  ilm iy-texnikaviy  m uam m olarni  hal  etish  muhim  

aham iyatga ega ekanligi  qayd qilingan:

-   uglevodorodli  xom ashyolarni  chuqur  qayta  ishlash  texnolo- 

giyalarini  yaratish  va  bu  jaray o n g a  ikkilamchi  q o ‘shim cha  m ahsulotlar 

va  ishlab chiqarish chiqindilarini ja lb  etish:

-   0 ‘zbekistonda  gaz  turbinali  dvigatellar  uchun  yuqori  sifatli 

yoq ilg ‘ilarning  ishlab  chiqarishning  nazariy  v a  am aliy  asoslarini 

rivojlantirish;

-   tabiiy  gaz  va  neft  m ahsulotlarini  chuqur  tozalash  va  quritish 

m aqsadida,  m ahalliy  m ineral  xom ashyolar  asosida  oldindan  berilgan



xossalarga  ega  boMgan  nanog‘ovakli  adsorbentlarni  olish  texno- 

logiyasini yaratish;

-   neft-gaz  kondensati  xom ashyosini  birlam chi  haydashda  suv  bu g‘i 

o ‘m ig a  uglevodorod  bug‘laridan  foydalanishning  yuqori  sam arali  v a 

energiya tejam kor texnologiyasini  ishlab  chiqish;

-   tarkibida  metal lam  i  ushlagan  yonuvchi  slaneslam i  kim yoviy  y o ‘l 

bilan kom pleks qayta ishlashning sam arali usullarini yaratish;

-   uglevodorodli  xom ashyolam i  qayta  ishlashda  hosil  boMadigan 

bug‘-havo  aralashm alari  tarkibidan  yengil  uchuvchan  uglevodorodlam i 

ajratib  olish  uchun  yuqori  sam arali  jarayon lar  va  uskunalar  ishlab 

chiqish;

-   mahalliy  xom ashyolar  asosida  erituvchilar,  deem ulgatorlar, 

katalizatorlar, 

sorbentlar, 

stabilizatorlar, 

qo ‘ndirmalar, 

yem irilish 

ingibitorlari  va  boshqa  kim yoviy  reagentlam i  ishlab  chiqarishni  tashkil 

etish.

M am lakatim izning  m ustaqillik  yillarida  fan  va  ishlab  chiqarish 



o ‘rtasidagi  ilmiy-texnikaviy  ham korlik  aloqalari  yuqori  darajaga 

ko ‘tarilib,  o ‘z  samarasini  bermoqda.  M asalan,  Umumiy  v a  noorganik 

kimyo  institutining  yetakchi  olimlari  va  Buxoro  neftni  qayta  ishlash 

korxonasining  m utaxassislari  tom onidan  o ‘zaro  ham korlikda,  MDH 

ichida  birinchi  b o ‘lib,  mahalliy  neft  va  gaz  kondensatlari  asosida,  gaz 

turbinali  dvigatellar  uchun  yuqori  sifatli  Djet  A -l  m arkali  aviatsiya 

yoqilg‘isini  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  yaratildi,  sinab  ko‘rildi, 

tasdiqlandi  v a  am aliyotga  jo riy   etildi.  2009-yil  avgust  oyida  Davlat 

komissiyasi  tom onidan  Djet  A -l  markali  aviatsiya  yoqilg‘isini  Buxoro 

NQIK  da  ishlab  chiqarishga  va  undan  «B oing»,  «Aerobus»  va  RG 

rusum idagi  g ‘arb  sam olyotlarini  yoqilg‘i  bilan  ta ’m inlashga  ruxsat 

berildi.  Ushbu  korxonada  ishlab  chiqarilayotgan  yangi  m ahsulotning 

sifat 

ko ‘rsatgichlari 



Djet 

A-l 


m arkali 

aviatsiya 

yoq ilg ‘ilarga 

q o ‘yiladigan  barcha  xalqaro  talablar  (D e f  Stan  91-91  dasturi  bo‘yicha, 

B uyuk  Britaniya)  ga  to ‘la  uyg‘unlashgan.  2009-yil  avgust  -   2010- 

sentabr  davom ida  umumiy  qiym ati  49  m illiard  so‘mga  teng  b o ‘lgan

109,3  ming  tonna  D jet A-l  markali  aviatsiya yoqilg‘isi  ishlab chiqarilib, 

« 0 ‘zbekiston  havo  y o ‘llari»  milliy  aksiyadorlik  kom paniyasi  iste’mol- 

chilariga yetkazib  berildi.

V atanim iz  prezidenti  Islom  Karimov  m ustaqillikning  dastlabki 

yillaridayoq 

neft-gaz 

sanoatini 

rivojlantirishning 

uch 

strategik 



y o ‘nalishini  aniq-ravshan  aniqlab  bergan  edilar.  Birinchisi,  mamlakatni 

o ‘zim izda  qazib  olinayotgan  xom ashyo  bilan  ta ’minlash,  y a ’ni  neft  va



gaz  qazib  olishni  k o ‘paytirish.  Ikkinchisi,  sohada  ilg‘or texnologiyalam i 

jo riy   etib,  neft  va  gazni  m ukam m al  qayta  ishlashdir.  Aytish  m um kinki, 

bugungi  kunda  bu  vazifalam ing  yechim i  ro ‘yobga  chiqib,  sam aralarini 

berm oqda.  N avbatdagi  vazifa  esa neft v a gaz sanoati  xom ashyo  bazasini 

m ustahkam lash, yangi  neft va gaz konlarini  ochishdir.

Hozirgi  kunda  respublikam izda yiliga  5 8 -5 9   m illiard  kubom etrdan 

ziyod  tabiiy  g az va  7.3-7,5  m illion  tonna atrofida  suyuq  uglevodorodlar 

qazib  olinm oqda.

0 ‘zbekistonda 

neft-gaz 

sanoati 

rivojlanishining 

zam onaviy 

bosqichida  xom ashyoni  nafaqat  eksportga  chiqarish  bilan  chegaralanib 

qolm asdan,  neft  va  gazni  m am lakatim iz  ichida  chuqur  qayta  ishlashga, 

yuqori  q o ‘shim cha  qiym atga  eg a  b o ‘lgan  m ahsulotlarni,  ayniqsa, 

chetdan  keltiriladigan  va  respublikam iz  iqtisodiyoti  uchun  muhim 

aham iyatga 

ega 

bo ‘lgan 



m ahsulotlarni 

m am lakatim izda 

ishlab 

chiqarishni  o ‘zlashtirishga  y o ‘naltirilgan  b o ‘lishi,  m aqsadga  m uvofiq 



hisoblanadi.

I bob.


Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling