Zokirjon salimov n e f t V a g a z n I q a y t a I s h L a s h j a r a y o n L a r I


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/46
Sana25.09.2017
Hajmi4.11 Mb.
#16434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46

  UMUMIY  QONUN-QOIDALAR

1.1.  NEFT-GAZNI  QAYTA  ISHLASH  JARAYONLARI  VA 

USKUNALARI  FANINING  MAZMUNI  VA  MAQSADLARI

M a’lum  bir  sharoitlarda  tabiat  v a  ishlab  chiqarishda  m oddalar 

holatining  o ‘zgarishlari  jarayonlar  deb  yuritiladi.  A trof-m uhitda  yuz 

beradigan  hodisalarni  tabiiy jarayonlar deb  ataladi.  Bunday jarayon'arga, 

masalan, 

quyidagilar 

kiradi: 

suv 


havzalari 

yuzasidan 

suvning 

bugManishi,  turli  om illar  ta ’sirida  yer  qatlam i  yuzasining  isishi  yoki 

sovishi,  m uzning  erishi,  suvning  daryo  va  suv  havzalaridagi  harakati, 

turli  m ateriallardan  namlikning ajralib chiqishi  va boshqalar.

Tabiiy  jarayonlarni  oTganish  natijasida  olingan  m a ’lum otlar 

hamda  fan  va  texnika  yutuqlari  asosida,  tabiatning  m ahsuli  bo‘lgan 

xomashyoni  qayta  ishlab,  undan  sanoat  m iqyosida  ishlab  chiqarish 

vositalari  va  iste’mol  mahsulotlari  olish  m aqsadida  turli  jarayonlar 

tashkil  etiladi.  Bunday  jarayonlarni  texnologik  jarayonlar  deb  ataladi. 

M asalan,  neft xom ashyosini  kimyoviy  texnologiya yoMlari  asosida qayta 

ishlab,  undan  turli  motor  yonilg‘ilari,  m oylash  materiallari,  erituvchilar, 

gudron,  oltingugurt va boshqa m ahsulotlar  olinadi.

Kimyoviy  texnologiya  fanining  asosiy  m aqsadi  -   tabiiy  va  sun ’iy 

xom ashyolarni  eng  tejamli  va  ekologik jihatd an   toza  usullar  yordam ida 

qayta  ishlab,  kerakli  m ateriallar  ham da  m ahsulotlar  olishdan  iborat. 

Zam onaviy  kim yoviy  texnologiya  tabiiy 

va  texnika  fanlarining 

yutuqlariga  asoslanib,  fizikaviy  va  kim yoviy  jarayonlar,  m ashinalar  va 

uskunalarning  birligini,  sanoat  m iqyosida  turli  moddalar,  m ahsulotlar, 

m ateriallar  va  buyum larni  ishlab  chiqarish,  texnologik jarayonlarni  eng 

qulay  y o ‘llar  bilan  olib  borish,  ularni  boshqarish  m uam m olarini 

o ‘rganadi.

N eft  va  gazni  qayta  ishlash  texnologiyasi  bir  necha  bosqichlarni 

o ‘z  ichiga  oladi:  neft  va  gazni  birlam chi  qayta  ishlash;  termik  va 

katalitik  kreking;  platform ing;  gidrotozalash;  m oylam i  deparafinizatsiya 

qilish  va  boshqalar.  N eft  va  gazni  qayta  ishlashda  kimyoviy 

texnologiyaning 

xilm a-xil  jarayonlari 

q o ‘llaniladi: 

rektifikatsiya, 

absorbsiya,  ekstraksiyalash,  quritish,  kristallanish,  tindirish,  filtrlash, 

sentrifugalash  va  boshqalar.  Bulardan  tashqari,  turli  kimyoviy  va



katalitik  jaray o n lar  (piroliz,  katalitik  kreking,  riforming,  gidrotozalash 

va boshqalar) ham  ishlatiladi.

N eft  va  gazni  ishlashdagi  xilm a-xil  jarayonlarni  amalga  oshirish 

uchun  turli  ish  rejim larida  ishlaydigan  uskunalardan  foydalaniladi: 

masalan,  harorat-60°C   (moy  ishlab  chiqarishdagi  kristallanish jarayo ni) 

dan  800-900°C   gacha  (piroliz),  bosim   esa  chuqur  vakuum   (o g‘ir  neft 

qoldiqlarini  qayta  ishlash)  dan  150  M Pa  (polietilen  ishlab  chiqarishda) 

gacha o ‘zgarishi  mumkin.

U m um an  olganda,  neft  va  gazni  qayta  ishlashda  gidrom exanik, 

m exanik,  issiqlik  alm ashinish,  m odda  alm ashinish  va  kim yoviy 

jaray o n lar ham da uskunalar  ishlatiladi.

N eft  va  gazni  qayta  ishlash jarayonlari  va  uskunalari  fani  5522500

-   «Neft  va  neft-gazni  qayta  ishlash  texnologiyasi»  ta ’Iim  y o ‘nalishi 

asosida  bakalavr  va  m agistrlar  tayyorlashda  muhim  aham iyatga  ega 

bo4ib, 

m utaxassislar 



uchun 

quyidagi 

vazifalam i 

hal 


etish 

im koniyatlarini yaratib beradi:

•  Ishlab  turgan  neft  va  gaz  sanoati  korxonalarida  eng  maqbul 

(y a ’ni  optim al)  texnologik  rejim larni  tanlash,  zam onaviy  uskunalam ing 

yuqori  unum dorlik  bilan  ishlashi,  m ahsulotlam ing  sifatini  yaxshilash, 

ekologiya  m uam m olarini  m uvaffaqiyatli yechish.

•  L oyihalash  paytida  yuqori  sam arali  va  kam   chiqindili  texnologik 

sxem alarni yaratish va uskunalam ing eng  m aqbul rusum larini tanlash.

•   T anlangan  uskunalarni zam onaviy  hisoblash vositalari yordam ida 

texnik jihatdan  to ‘g ‘ri  va  ilmiy  asoslangan  uslublar bilan  hisoblash,  neft 

va  gazni  qayta  ishlash  jarayonlari  v a  uskunalarini  hisoblashning 

prinsipial jih atd an  yangi uslublarini  ishlab chiqish.

•  N eft  kim yosi  va  neft-gazni  qayta  ishlash  sohalari  bo‘yicha  ilmiy 

tadqiqot  ishlarini  bajarish  paytida  jarayonlarning  borish  tezligini 

aniqlaydigan 

om illarni 

o ‘rganish, 

ularni 


hisoblash 

b o ‘yicha 

um um lashgan 

b o g ‘ liqliklarni 

olish 

va 


laboratoriya 

tadqiqotlari 

natijalarini tezlik  bilan am aliyotga jo riy  etish.

Shunday  qilib,  «Jarayonlar  va  uskunalar»  fani  asosida  texnologik 

jarayonlarni  hisoblash  va  tahlil  qilish,  ularning eng  m aqbul  kattaliklarini 

topish,  kerakli  uskunalarni  loyihalash  va  ularni  hisoblash  m um kin. 

Ushbu  fan  m ashina  va  uskunalarni  oqilona  ishlatish  haqida  ham 

m a’lumot  beradi  ham da  ularning  q u w a tin i  oshirish  usullarini  o ‘rgatadi. 

«Jarayonlar  va  uskunalar»  fanida  asosiy  jarayonlarning  nazariyasi, 

ushbu jarayo nlar am alga oshiriladigan  m ashina va uskunalam ing tuzilish 

prinsiplari  va  ularni  hisoblash  uslublari  o ‘rganiladi.  Asosiy  jarayon-


lam ing  qonuniyatlarini  o 'rganish  v a   uskunalarni  hisoblash  uslublarini 

tuzishda  gidrom exanika,  fizika,  neft  va  gaz  kimyosi,  fizikaviy  kim yo, 

term odinam ika,  qattiq  jism   m exanikasi,  kimyoviy  kinetika  kabi 

fanlam ing fundam ental qonunlari asos qilib olinadi.

Oxirgi  yillarda  fanda  yangi  y o ‘nalish  -   nanotexnologiya  yuzaga 

keldi.  N anotexnologiyaning  asosiy  mohiyati  -   kerakli  atomni  birorta 

zam onaviy  asbob-uskuna  yordam ida  tegishli 

m olekulaning  tarkibiga 

oldindan  hisoblab  chiqilgan  sxem a  asosida  «joylashtirishdan»  iborat. 

Ushbu  texnologiyaning  maqsadi  -   atom lardan  tegishli  xossalarga  ega 

b o ‘lgan  m oddalarni  olish.  Bu  sohada  olim lar  tomonidan  dastlabki 

qadam lar  qo ‘yildi.  N anotexnologiya  yordam ida  kelgusida  ekologik 

jihatdan  o ‘ta  so f  m oddalarni  olish  imkoniyati  paydo  b o ‘ladi,  bunday 

texnologiya  chiqindisiz  ishlaydi,  albatta.  Bunday  maqsad  -   hozircha 

yaxshi  niyatdir.  Shu  kunda  esa  neft-gazni  qayta  ishlash  sanoatining  bir 

qator  muhim  muammolari  (m asalan:  neftni  qayta  ishlash  korxonalarida 

katta  hajm da  paydo  boMadigan  b u g ‘-havo  aralashmalari  tarkibidan 

yengil  uchuvchan  uglevodorodlarni  ajratib  olish;  tabiiy  gazni  m exanik 

aralashm alar,  nam lik  va  oltingugurt  birikm alaridan  kom pleks  usul  bilan 

chuqur  tozalash;  tabiiy  gazni  chuqur  qayta  ishlab,  undan  etan,  propan, 

butan  hamda  suyuq  yonilg‘i  olish)  «Jarayonlar  va  qurilm alar»  fanining 

yutuqlari  asosida hal  qilinmoqda.



1.2.  N EFT-G AZNI  Q A Y T A   ISHLASH NING   A SO SIY  

JA R A Y O N L A R I  V A   U SK UNALARIN I  SINFLASH

N eft  va  gazni  qayta  ishlash  texnologiyasida  turli-tuman  texnologik 

jaray on lar  q o ‘llaniladi.  Bunday  jarayonlar  ayrim   belgilarga  asosan  bir 

necha  sinflarga  b o ‘linishi  m um kin.  Texnologik  jarayonlarni  ularning 

harakatlantiruvchi  kuchiga  ko‘ra  turlarga  bo ‘lish  m aqsadga  m uvofiq 

b o ‘ladi.  Shunga  k o ‘ra  asosiy  jaray o n lar  5  guruhga  bo‘linadi:  m exanik 

jarayonlar;  gidrom exanik  jarayonlar;  issiqlik  almashinish  jarayonlari; 

m odda alm ashinish jarayonlari;  kim yoviy jarayonlar.

M exanik  jarayonlar  qattiq  m ateriallam i  mexanik  kuch  ta’sirida 

qayta  ishlash  bilan  bogMiq  bo‘ladi.  Bunday  jarayonlar  qatoriga 

m aydalash,  elash,  uzatish,  qism lash,  aralashtirish  va  shu  kabi jaray on lar 

kiradi. 


Bu 

jarayonlarning 

tezligi 

qattiq 


jism larning 

m exanik 

qonuniyatlari  bilan  ifodalanadi.  Bunday  jarayonlarda  harakatlantiruvchi 

kuch  vazifasini  m exanik  bosim  kuchi  yoki  markazdan  qochirm a  kuch 

bajaradi.


Suyuq  v a   gazsim on  sistem alardagi  harakat  bilan  b og ‘liq  boMgan 

jarayo nlar  gidrom exanik  jarayonlarni  tashkil  etadi.  B unday  jarayo nlar 

qatoriga  tindirish,  filtrlash,  sentrifugalash,  aralashtirish,  suyuqlik  yoki 

gazning sochiluvchan  m ateriallar qatlam idan  oqib o ‘tishi  kabi jarayonlar 

kiradi.  U shbu  jarayonlarning  tezligi  gidrom exanika  qonunlari  bilan 

aniqlanadi.  G idrom exanik  jarayonlarning  harakatlanuvchi  kuchi  -  

gidrostatik v a gidrodinam ik bosimdir.

Issiqlik  alm ashinish  jarayonlari  -   haroratlar  farqi  m avjud  bir 

(harorati  yuqori)  jism dan  ikkinchi  (harorati  past)  jism g a  issiqlikning 

o ‘tishidir.  Bu  guruhga  isitish,  sovitish,  bugMatish,  kondensatsiyalash, 

erish,  qotish  kabi  jaray o n lar  kiradi.  Jarayonning  tezligi  gidrodinam ik 

rejim ga  b og‘liq  holda  issiqlik  uzatish  qonunlari  bilan  ifodalanadi. 

Issiqlik jarayonlarining  harakatlantiruvchi  kuchi  sifatida  issiq  va  sovuq 

m uhitlar o ‘rtasidagi  haroratlar farqi  ishlatiladi.

M odda 

alm ashinish 



jarayonlari 

-  


bir 

yoki 


bir 

necha 


kom ponentlarning  bir  fazadan,  ikkinchi  fazaga  o ‘tishidir.  Kom ponentlar 

bir  fazadan  ikkinchi  fazaga  m olekular  va  turbulent  diffuziyalar 

yordam ida  o ‘tadi.  Shu  sababli,  bu jarayonlarni  diffuzion jarayo nlar  ham 

deyiladi.  Bu  guruhga  haydash,  rektifikatsiya,  absorbsiya,  desorbsiya, 

ekstraksiyalash, 

quritish, 

kristallanish 

kabi 


jarayonlar 

kiradi. 


Jarayonlarning  tezligi  fazalarning  gidrodinam ik  harakatiga  bogMiq 

boMib,  m odda  o ‘tkazish  qonuniyatlari  bilan  ifodalanadi.  M odda 

alm ashinish 

jarayonlarining 

harakatlantiruvchi 

kuchi 


fazalardagi 

konsentratsiyalarning farqi  bilan  belgilanadi.

K im yoviy jarayonlar -   m oddalam ing  o ‘zaro  ta ’siri  natijasida yangi 

birikm alarning  hosil  boMishidir.  K im yoviy  reaksiyalar  vaqtida  odatda 

issiqlik  va  m odda  alm ashinish jarayonlari  ham  sodir  boMadi.  Kimyoviy 

jarayon lar 

qatoriga 

kreking, 

kokslash, 

piroliz, 

gidrogenizatsiya. 

riform ing,  polim erlanish,  alkillash,  oksidlash,  vodorodni  ajratish, 

izom erlanish  kabi jaray o n lar  kiradi.  Bu  guruhdagi jarayonlarning  tezligi 

kim yoviy  kinetika  qonuniyatlari  bilan  ifodalanadi.  R eaksiyalarning 

tezligi,  ayniqsa,  sanoat  m iqyosida,  m oddalarning  gidrom exanik  haraka­

tiga  ham   bogMiq  boMadi.  K im yoviy  jarayonlarning  harakatlantiruvchi 

kuchi  reaksiyaga  kirayotgan  m oddalarning  konsentratsiyalariga  bog‘liq 

boMadi.


N eft-gazni  qayta  ishlash  korxonalarida  ishlatiladigan  uskuna  va 

m ashinalar  ham   5  guruhga  boMinadi:  m exanik  uskunalar 

(m ayda- 

lagichlar,  tegirm onlar,  saralashgichlar,  tranportyorlar,  dozatorlar,  ara- 

lashtirgichlar): 

gidrom exanik 

uskunalar 

(tindirgichlar, 

filtrlar,


sentrifugalar,  aralashtirgichlar,  m avhum   qaynash  qatlamli  uskunalar, 

siklonlar,  elektrodegidratorlar,  elektrofiltrlar);  issiqlik  alm ashinish 

uskunalari  (issiqlik  alm ashgichlar,  quvursim on  o ‘txonalar,  sovitgichlar, 

bugMatgichlar,  kondensatorlar,  erish  o ‘txonalari);  modda  alm ashinish 

uskunalari  (haydash  kublari,  rektifikatsion  kollonalar,  absorberlar, 

desorberlar,  ekstraktorlar,  quritgichlar,  kristallizatorlar); 

kim yoviy 

reaktorlar  (iclii  b o ‘sh  reaktorlar,  q o ‘z g ‘almas  qatlamli  reaktorlar, 

mavhum   qaynash  qatlamli  reaktorlar,  favvora  hosil  qiluvchi  qatlam li 

reaktorlar,  harakatchan  qatlamli  reaktorlar,  aralashtirgichli  reaktorlar).

Neft  va  gazni  qayta  ishlash  sanoat  korxonalaridagi  texnologik 

jarayonlar  davriy  va  uzluksiz  ravishda  o ‘tkaziladi.  Jarayonning  tezligini 

belgilovchi  qiym atlarning  vaqt  davom ida  o ‘zgarishiga  qarab, jara y o n lar 

tu rg ‘un  va  turg ‘unm as  b o ‘ladi.  Tezlik,  konsentratsiya,  liarorat  kabi 

qiym atlar vaqt davom ida o ‘zgarsa jarayon  tu rg ‘unmas,  aksinclia,  agar bu 

kattaliklar  o ‘zgarm asa  jarayon  turg‘un  deyiladi.  Zam onaviy  neft  va 

gazni  qayta  ishlash  sanoatida  asosan  uzluksiz  texnologik  jara y o n lar 

ishlatiladi.



1.3.  MODDA VA ENERGIYANING SAQLANISH 

QONUNLARI

M odda  va  energiyaning  saqlanish  qonunlari  «Jarayonlar  va 

uskunalar»  fanida  alohida  o‘rinni  egallaydi.  Ushbu  fanda  m odda  va 

energiyaning saqlanish  qonunlari  m oddiy v a energetik  balanslar shaklida 

ishlatiladi.  M asalan,  uskunada  (l.l- r a s m )   qandaydir  jaray o n   ro ‘y 

bermoqda.  Bu  uskunaga  jarayonda  qatnashayotgan  A,  В  va  С 

kom ponentlari  kirm oqda.  Ushbu  kom ponentlar  gaz,  bug‘,  suyuqlik  yoki 

qattiq  holatda bo‘lishi  mumkin.  Uskunada  ro ‘y  bergan jarayon  natijasida 

hosil  boMgan  m oddalar  D  va  E  uskunadan  chiqariladi.  M a ’lum ki, 

uskunaga  kirayotgan  m oddalarning  m assaviy  у ig‘indisi  uskunadan 

chiqayotgan  m oddalarning  massaviy  y ig ‘indisidan  ko‘p  ham,  kam   ham 

boMishi  mumkin  em as.  Bu  holat 

m oddalarning  saqlanish  qonunidan 

kelib chiqadi.  N atijada quyidagi  tenglikni yozish mumkin:



m A+  nin+  n t(  =   m o +   гп ц , 

( l . l )

bu  yerda  mA,  шд.  m,s,  mD,  my  -   А,  В.  C,  D,  E  kom ponentlam ing 

m assalari.

(1.1)  tenglam a  moddiy balansni  ifoda qiladi.


A

В

В

£

С

1.1-rasm.  M oddiy balans  sxemasi.

H arakatdagi  oqim   uchun  m oddaning  saqlanish  qonuni  uzluksizlik 

tenglam asi  orqali  ifoda  qilinadi.  U skunaning  (1.2-rasm )  ikkita  kesim lari 

Ғ/  va  F2  orqali  Wt  va  W2  tezliklar  bilan  o ‘tayotgan  oqim   uchun 

uzluksizlik tenglam asi quyidagicha yoziladi:



F l Wl= F 1 W2 . 

(1.2)


1.2-rasm.  H arakatdagi  sistem alar uchun oqim ning 

uzluksizligi.

U skunaga  kirayotgan  yoki  undan  chiqayotgan  m odda  o ‘zida 

m a’lum 


m iqdorda 

energiyani 

ushlaydi. 

U skunaga 

tashqaridan 

q o ‘shim cha  energiya  (m asalan.  elektr  toki  yordam ida  qizdirish)  ham 

kiritilishi  m um kin.  Jarayon  davom ida  energiyaning  m a’lum  bir  qismi 

atrof-m uhitga tarqalib y o ‘qoladi (1.3-rasm ).

E nergiyaning  saqlanish  qonuniga  asosan  quyidagi  tenglikni  yozish 

mumkin:


Q.i+  Q n +  Q c +  Q c c   Q n +   Q r +   Oy, 

(1.3)


bu  yerda,  Q

a

,Q

b

>Q

c

  -  A,  В  va  С   kom ponentlar  bilan  uskunaga  kirgan 

issiqlik  m iqdorlari;  Q



d

,Q

i

:  -   D   va  E  kom ponentlar  orqali  uskunadan 

chiqqan  issiqlik  m iqdorlari;  O



q

  -   uskunaga  tashqaridan  kiritilgan 

q o ‘shim cha  issiqlik  m iqdori;  Q Y  -   atrof-m uhitga  tarqalib  y o ‘qolgan 

issiqlik m iqdori.


1.3-rasm.  Energetik  balans  sxemasi.

(1.3)  tenglam a  energetik  balansni  ifoda  qiladi.  Xususiy  holatda 

ushbu tenglam a  issiqlik  balansini  bildiradi.

Moddiy  va  issiqlik  balansi  tenglam alari  texnologik  jarayonlarni 

o ‘rganishda keng ishlatiladi.

1.4.  JA R A Y O N L A R  VA  USK U N A LA R N I H ISO BLASH   TARTIBI

N eft-gazni  qayta  ishlash  sohasida  ishlatiladigan  uskunalarni 

hisoblash  quyidagi  m aqsadlar  uchun  am alga  oshiriladi:  ularning 

o ‘lcham larini  asoslash;  issiqlik,  suv  b u g ‘i,  suv,  elektr  energiyasi, 

katalizatorlar,  boshqa  reagentlarning  m iqdorini  aniqlash;  uskunalar  va 

ularning  ayrim  qisnilarining  tuzilish  rusuinlarini  tanlash  hamda  qanday 

materiallardan tayyorlanish m um kinligini  aniqlash.

Jarayonlar  va  uskunalarni  hisoblash  ishlari  uch  guruh  (texnologik, 

gidravlik va m exanik) ga boMinadi.

Texnologik  hisoblash  paytida  jarayo nnin g  ish  ko‘rsatgichIari 

(bosim,  harorat  va  boshqalar)  asoslanadi,  moddiy  va  energetik  oqim lar 

aniqlaniladi  ham sarflash m e’yorlariga aniqlik kiritiladi.

G idravlik  hisoblash  paytida  texnologik  hisoblash 

natijasida 

topilgan  ishchi  m uhitlar  m oddiy  va  energetik  oqim larini  ta ’minlay 

oladigan  uskunaning  ishchi  kesim lari  o ‘lchamlari  va  bosim  farqlari 

aniqlaniladi.

M exanik 

hisoblashdan 

m aqsad 


materialni 

tanlash, 

uskuna 

elem entlarining  tuzilishi,  devor  qilinligi  va  boshqa  k o ‘rsatgichlam i 



aniqlashdan  iborat.

Jarayonlar  va  uskunalarni  hisoblash  odatda  ishchi  k o ‘rsatgichlar, 

oqim lar,  konstruktiv tuzilishning turli variantlarida olib  boriladi.  Bunday


ishlam i  bajarish  katta  m ehnatni  talab  qiladi.  A gar  hisoblashlar  shaxsiy 

kom pyuterlarda  olib  borilsa,  qisqa  vaqtda  natija  olish  mum kin.  Bir 

necha  variantlam i  o ‘zaro  solishtirish  oqibatida  eng  maqbuli  topiladi. 

B unday  paytda  optim allash  m ezoni  (solishtirm a  kapital  mablagMaming 

m inim al 

qiym ati, 

energetik  sarflarning 

minim al 

qiym ati, 

tovar 


m ahsulotining  m aksim al  chiqishi,  m etall  ushlashlikning  m inim al 

miqdori va hokazo) dan foydalaniladi.

Standartlashgan  uskunalardan  foydalanilgan  paytda  esa  quyidagi 

dastlabki  hisoblashlar  olib  boriladi:  uskunaning  o ‘lchamlari  b o ‘yicha 

uning  ish  unum dorligi  va  ishlash  rejim lari  asoslanadi  ham da  qabul 

qilingan  uskunadan  berilgan  ish  sharoitlarida  ishlatish  im koniyati 

aniqlaniladi.

Yangi  uskunalarni  loyihalash  uch  bosqichdan  iborat  boMadi: 

loyihalash  uchun  topshiriq;  texnik  loyiha;  ish  chizmalari.

Loyihalash  uchun  topshiriqda  asosiy  prinsipial  m asalalar  hal 

qilinadi,  jarayonning  texnologik  sxem asi  v a  asosiy  uskunalarni  tanlash 

aniqlaniladi.  H isoblash  ishlari  yiriklashgan  ko ‘rsatgichlar  bo‘y ich a  olib 

boriladi  va  natijada  uskunaning  rusum i,  uning  eng  katta  tashqi 

oMchamlari,  m assasi,  energiya va m ateriallam ing sarflari  aniqlanadi.

T exnik  loyihada  ish  chizm alarni  bajarish  uchun  yetarli  darajada 

boMgan  hisoblash  ishlari  toMa va batafsil  bajariladi.

Ish  chizm alarida  texnik  hujjatlar (chizm alar,  hisoblashlar,  m aketlar 

va  boshqalar)  toMa  va  batafsil  ishlab  chiqiladi.  Ushbu  hujjatlar 

m uhandislik yechim lari  asosida uskunaning detallari v a uzellarini  ham da 

uskunaning o ‘zini  tayyorlashga im koniyat yaratib beradi.

Hozirgi 

kunda 


neft-gazni 

qayta 


ishlashning 

zam onaviy 

texnologiyasi  uchun  uskuna v a m ashinalarni  loyihalash  ishlari  avtom atik 

loyihalash  tizim i  (SA PR ) yordam ida am alga oshiriladi.



1.5.  M U K A M M AL  U SK U N A L A R  Y A R ATISH NING  

A SO SIY  T A L A B LA R I

N eft-gazni  qayta  ishlash  texnologiyasida  ishlatiladigan  uskunalar 

bir  qator  talablar  (ishlatish  sharoitlari,  konstruktiv,  estetik,  iqtisodiy, 

texnika  xavfsizligi)  ga  javob  berishi  kerak.  Eng  avvalo,  uskunada 

m a'lu m   bir  jarayonning  am alga  oshirish  uchun  maqbul  shart-sharoit 

m avjud  boMishi  kerak.  Bu  sharoitlar  jarayonning  turiga,  jaray on da 

qatnashayotgan m assalarning agregat holatiga,  ularning kim yoviy tarkibi 

va  fizik  xossalariga  bogMiq  boMadi.  Uskunaning  shakli  texnologik



jarayonni  amalga oshirish  uchun  mos boMishi  kerak.  Jarayonning borishi 

uchun  zarur  boMgan  sharoitlar  (kerakli  bosim ;  oqim larning  tegishli 

turbulentligi  va  tezligi;  fazalarning  o 'z a ro   kontakt  darajasi;  tegishli 

m exanik,  issiqlik,  elektrik  yoki  m agnitli  ta ’sirlar  va  hokazo)  yaratilishi 

m aqsadga muvofiq  boMadi.

Uskunaning  eng  m uhim   kattaliklaridan  biri,  uning  ish  unumidir. 

Ish  unumi  deganda  vaqt  birligi  ichida  uskunada  xom ashyo  qayta 

ishlanib, 

tayyor 

boMgan 


m ahsulotning 

miqdori 


tushuniladi. 

U skunalam ing  ish  unumini  oshirish  ishlab  chiqarish  uchun  katta 

aham iyatga  ega.  Buning  uchun  uskunalam ing  ishlarini  jadallashtirish 

zarur.  Jadallashtirishning  bir  necha  usullari  mavjud:  1)  davriy  ja ra ­

yonlarni  uzluksiz  jarayonlar  bilan  alm ashtirish;  2)  uskuna  ishchi 

m exanizm larining  tezligini  oshirish;  3)  uskunadagi  gidravlik  rejim lam i 

yaxshilash;  4)  yuqori  harorat  va  katta  bosim larni  qoMlash;  5)  ultra- 

tovush,  mexanik  (pulsatsion  va  vibratsion)  tebranishlar,  mavhum 

qaynash  prinsipi,  elektrom agnit  maydoni  ta’sirlaridan  foydalanish;  6) 

yangi  zamonaviy  texnologiyalarni  keng  ishlatish.  Aniq  sharoitlarni 

hisobga  olgan  holatda  uskunalar  ishlarini  jadallashtirishning  tegishli 

usullari tanlab olinadi.

Konstruktiv  va  estetik  talablar  uskunani  loyihalash,  transport 

yordam ida  tashish  Va  uni  o ‘rnatish  bilan  bogMiq  boMadi.  Bu  talablar 

qatoriga quyidagilar kiradi:  uskuna qism larining standartligi va  bir-birini 

almashtirish  im koniyati;  uskunani  yigMsh  uchun  kam   m ehnat  talab 

qilinishi;  qisnilarga  boMish  va  ta ’m irlash  qulayligi;  uskuna  va  uning 

qismlarini  m inim al  m assaga  ega  boMishi.  Bulardan  tashqari,  uskunaning 

shakli  va  rangi  k o ‘zni  quvontirishi,  y a ’ni  estetik  talabga javo b  berishi 

kerak.


Uskunani  loyihalash,  tayyorlash  va  ishlatish  qiym ati  iloji  boricha 

kam  boMishi  kerak.  A m aliyotda  ishlatish  va  konstruktiv  talablam i 

qondirgan uskunalar odatda  iqtisodiy talabga ham javob  beradi.

U skuna  texnika  xavfsizligi  talablariga  ham   jav ob   berishi  va  uni 

boshqarish  qulay  boMishi  kerak.  A variya  va  m ustahkamlik  zaxirasiga 

ega  boMishi,  saqlovchi  klapan  va avtom atik  to ‘xtatish  moslamalari  bilan 

ta ’minlangan,  harakatdagi  qismlari  esa  him oya  qilish  to‘siqlari  bilan 

ajratilgan boMishi  zarur.

Uskunani  xom ashyo  bilan  toMdirish  va  tayyor  mahsulotni 

uskunadan  chiqarish  boshqaruvchi  xodim   uchun  qulay  boMishi  zarur. 

Buning  uchun  uskuna  m ukam m al  konstruksiyaga  ega  boMishi,  qopqoqli 

tuynuk  va  ventillar  ju d a  qulay  qilib  joylashtirilgan  boMishi  kerak.



U skunani  m a’lum  bir  m asofadan  turib  tekshirish  va  boshqarish 

m aqsadga  m uvoflq  boMadi.  U skunani  boshqarish  katta  jism oniy 

m ehnatni  talab  qilm asligi  kerak.  U skuna  ishini  nazorat  qilish  va 

boshqarishni  avtom atizatsiyalash  -   ishlab  chiqarishni  boshqarishning 

oliy m aqsadidir.

Texnologik  jarayonlarni  jadallashtirish  va  avtom atizatsiyalash 

ham da  ulam i 

inform atsion  texnologiyalar  yordam ida  boshqarish 

insonning  m ehnat  qilish  sharoitini  o ‘zgartirib  yuboradi.  Bu  narsa 

uskunalarni  loyihalashda  uni  boshqaradigan  insonning  qobiliyati  va 

im koniyatini  hisobga  olishni  (y a ’ni  ergonom ika  shartlarini)  talab  qiladi. 

Ergonom ika  -   m ehnat  sharoitini  insonga  m oslash  haqidagi  fan. 

Ergonoinikaning  asosiy  elem entlari  -   uskuna  konstruksiyasiga  gigienik 

va  estetik  talablar  qo ‘yishdan  iborat.  Bunday  talablar  qatoriga 

quyidagilar  kiradi:  ishchi  xodim   uchun  uskunani  boshqarish  bilan 

bogMiq  boMgan  operatsiyalarni  qulay  holatda  turib  bajarish  imkoniyati; 

katta 

kuchlanish 



va 

b o ‘gMmlar  tez  harakatini 

talab 

qiladigan 



operatsiyalarga chek q o ‘yish va hokazo.

K atta hajmli  ishlab  chiqarishlar yirik  uskunalarni  loyihalashni  talab 

qiladi.  B unday  uskunalarni  m a’lum  bir  hajm ga  (yoki  yuzaga)  nisbatan 

olgan  ish  unum i  ancha  yuqori  boMadi.  Yirik  uskunalardan  foydalanish 

kapital  m ablag 1  va  ishlatish  bilan  bogMiq  boMgan  sarflarni  kam aytirgan 

holda,  ularning  ish  unum ini  k o ‘paytirish  im koniyati  mavjud  boMadi.

U skuna,  m ashina,  asbob-uskunalarni  tayyorlash  uchun  m ateriallar 

tanlashda  ularni  ishlatishning  o ‘ziga  xos  tom onlari,  ishchi  muhit, 

jarayo nning  borishi  uchun  zarur  boMgan  shart-sharoitlar  hisobga olinadi. 

U skunalarni  tayyorlash 

uchun  turli  konstruksion  m ateriallar  (har  xil 

navli  poMatlar,  ch o ‘yanlar,  rangli  m etallar,  qotishm alar,  plastm assalar, 

nom etall  va kom pozitsion  m ateriallar)  ishlatiladi.

1.6.  G A Z , S U Y U Q L IK  VA Q A T T IQ  M O D D A L A R N IN G  

F IZ IK -T E X N IK A V IY  X O S S A L A R I

A sosiy  jarayonlar  va  uskunalarni  hisoblashda  o ‘zaro  t a ’sir 

qilayotgan  m uhitlarning  fizik-texnikaviy  kattaliklarining  qiym atlari 

(zichlik,  solishtirm a  ogMrlik,  qovushoqlik,  issiqlik  o4kazuvchanlik 

koeffitsiyenti,  solishtirm a  issiqlik  sigMmi,  harorat  o ‘tkazuvchanlik 

koeffitsiyenti va boshqalar)  ni  bilish zarur boMadi.

Z ich lik .  Hajm   birligidagi  bitta  kom ponentdan  tashkil  topgan  bir 

jinsli  m oddaning m assasi zichlik deb ataladi  p bilan belgilanadi:



bu yerda, -  

m -

 

massa,  kg;  V -  hajm ,  m3  Xalqaro  birliklar sistem asi  (SI) 



da zichlik  kg/m 3  da oMchanadi.

Birorta  m oddaning  zichligini  ^)  suvning  zichligiga  ( p j   nisbati 

nisbiy zichlik deb ataladi:

д = ^  


(1.5)

P,

Kimyoviy jihatdan  b irjin s li  boMgan  moddalarning  zichligi  m axsus 

adabiyotlarda  berilgan  boMadi.  Toza  m odda  suyuq  eritm alarining 

zichligi 

konsentratsiya 

va 


haroratga 

bogMiq 


boMadi. 

O datda 


eritm alarning  zichligi  jadval  liolida  berilgan  boMadi  yoki  em pirik 

tenglam alar yordam ida aniqlanadi.

Ikkita  kom ponent  (a  va  b)  dan  tashkil  topgan  turli  jinsli 

sistemaning zichligi  quyidagi  tenglam a bilan  topiladi:



Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling