Mavzu: Koordin


Download 430 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi430 Kb.
#1531656
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash


Mavzu: Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash

Reja:

1. Koordinatsion qobilyat tushunchasiga tarif.

2. “Harakatlarni muvofiqlash” tushunchasiga tarif. 3. “Muvofiqlanganlik” tushunchasiga tarif.
4. “Muvofiqlash layoqatlari” tushunchalarining ta’rifi.


5. Chaqqonlik - muvofiqlashtirish layoqatlarining majmuaviy namoyonligi sifatida.

Kalit so‘zlar: Koordinatsion qobilyat, harakatlarni muvofiqlash, muvofiqlash layoqatlari, chaqqonlik.

Koordinatsion qobilyat bu insonning, asab, mushak va harakat muvofiqligi orqali, bajarilayotgan harakat faoliyati talablaridan kelib chiqqan holda, jismoniy sifatlarni zarur nisbatda safarbar etilishini ta’minlovchi murakkab majmuaviy pisixo-fizik xususiyatlarining yig‘indisi deb tariflash mumkin.
Biron harakat faoliyatini bajarishda insonning muvofiqlovchi imkoniyatlarini tavsiflash uchun nazariya va jismoniy tarbiya usuliyatida, uzoq vaqt “chaqqonlik” atamasi qo‘llanilib kelingan. Hozirgi kunda ularni belgilash uchun ko‘p hollarda “muvofiqlash layoqatlari” atamasi ishlatilmoqda. Bu tushunchalar ma’nosi bo‘yicha yaqin bo‘lgani bilan, tarkibi bo‘yicha bir xil emas.
“Muvofiqlash layoqatlari” tushunchasiga ta’rif berish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib “muvofiqlik” so‘zi xizmat qilishi mumkin (lotincha coordination so‘zidan olingan bo‘lib muvofiqlashtirish, tartibga solish ma’nosini bildiradi).
“Harakatlarni muvofiqlash” tushunchasiga keladigan bo‘lsak, uning ma’nosi lotinchadan tarjimasiga qaraganda ancha keng. Hozirgi vaqtda harakatlar muvofiqligining bir necha ta’riflari mavjud. Ularning barchasi, ushbu murakkab hodisaning qandaydir alohida jihatlarini ochib beradi (fiziologik, biomexanik, neyrofiziologik, kibernetik)
N.A.Brenshteynning yozishicha “Harakatlar muvofiqligi” bizning

organlarimiz harakatlarining erkinlik darajasini engib o‘tishdir, ya’ni ularni boshqariluvchi jarayonga aylantirishdir.


Bu ta’rif, oradan ancha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi kunda ham eng ko‘p tarqalgan va tan olinganlardandir. N.A.Brenshteynning (1991) fikricha harakat apparatini boshqarishida eng qiyini bu erkinlik darajalarini engib o‘tishdir. Ma’lumki, O.Fisherning (1906) hisoblari bo‘yicha gavda, bosh va oyoq-qo‘llar o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan 107 dan ortiq erkinlik darajasi mavjud. Masalan, faqat oyoq-qo‘llarning o‘zi 30 tadan erkinlik darajasiga ega. Shuning uchun, harakatlar muvofiqligida inson yechishi lozim bo‘lgan asosiy masala-ortiqcha erkinlik darajalarini kamaytirishdir.
Harakat apparatini boshqarishdagi qiyinchili mushaklarning asosiylari quyidagilar:
1. Diqqatni inson tanasining ko‘plab bo‘g‘imlari va qismlari harakatlariga teng taqsimlash, ularni o‘zaro muvofiqlashtirish.
2. Inson tanasiga xos bo‘lgan ko‘plab erkinlik darajalarini yengib o‘tish. 3. Mushaklarning egiluvchanligi (N.A.Brenshteyn, 1991).
Keyingi vaqtda bir butun harakat amallarini tuzishning murakkabligini harakat dasturlarining o‘zgarishi (bir a’zoning harakatini boshlanishining ikkinchisi bilan usma-ust tushishi) bilan bog‘lashmoqda. Harakat dasturlari yig‘ilgan tajribalar ta’siri ostida shakllanadi. Harakat dasturi - o‘tgan, hozirgi va kelajakni “birlashtiruvchi” harakatni uning ma’nosi bilan muvofiqlashtiruvchi.
Harakat dasturlarining bir vaqtli va ketma-ket ta’siri o‘tish jarayonlari bilan bog‘langan. Ular orasida o‘tish holatlari mavjud, unda harakatlarni boshqarishning markaziy tuzilmalarida bir emas, ikkita yoki bir nechta dasturlar mavjud bo‘ladi. O‘tish mexanizmlari harakatlarning biomexanik tuzilmasining paydo bo‘lishida asosiy mexanizm hisoblanadi.
Fiziologik jihatdan “ortiqcha erkinlik darajasi” tushunchasini kiritish muvofiqlikni ta’riflash uchun yetarli, biroq pedagogik tomondan noto‘g‘ri,, chunki tushunchada muvofiqlikning amaliy tomoni uchun muhim bo‘lgan - vazifani
muvaffaqiyatli yechish tomonidan mahrum bo‘lgan (D.Donskoy, 1971). U harakat

amallarini bajarishda muvofiqlikning uch turga ajratishni taklif qilgan asab, mushak va harakat muvofiqliligi.
Asab muvofiqliligi - harakatlarni mushaklarning torayishi hisobiga boshqaruvchi, asab jarayonlarini muvofiqlashtirish. Bu ma’lum sharoitlarda (ichki va tashqi) harakat vazifasini yechishga olib keladigan asab jarayonlarining uyg‘unligi.
Mushak muvofiqliligi - ham asab tizimi, ham boshqa omillardan tana qismlariga buyruqlar yetkazib beruvchi mushaklar torayishini muvofiqlashtirish.
Harakat muvofiqliligi - tana qismlarining fazo va vaqt bo‘yicha, bir vaqtlik va ketma-ket, xarakt vazifasiga, atrof muhit va inson holatiga mos harakatlarining muvofiqlashtirilgan uyg‘unligi. U mushak muvofiqliligi bilan, garchi belgilansada (D.Donskoy, 1971) u bilan bir xil emas.
Bir xil vazifalar quyilsada, lekin turli tashqi sharoit, insonning har xil holatlarida harakatlar yig‘indisi masalani muvaffaqiyatli yechish uchun o‘zgaradi. Bunda harakatlar muvofiqliligi avvalo harakatlar tizimi sifatini, uning maqsadga muvofiqligini, masalaga va sharoitga mosligini belgilovchi mezonni o‘z ichiga oladi. Sifat, muvofiqlashuv jarayonidan keyin emas, ungacha ham emas, jarayonning o‘zida, harakat amalining borishida aniqlanadi.
Harakat muvofiqligi haqila so‘z ketganda, yuqorida ko‘rsatilgan muvofiqliklardan tashqari, uning sensor-motor va motor-vegetativ turlarini ajratish lozim, vazifaning bajarilish sifati ularga bog‘liq. Birinchisi tayanch - harakat apparatining va xususan sensor tizimlarining (ko‘rish, eshitish, vestibulyar, harakat va boshq.) faoliyatini moslashtirish bilan bog‘liq.
Insondagi sezishgi organlarining ahamiyati ulkan. Ular orqali biz dunyoni taniymiz, unda yuz berayotgan o‘zgarishlarni va o‘zimizning tanamizda yuz berayotgan jarayonlarni sezamiz. Muvofiqlikning sensor-motor turi tashqi signallarni tez va aniq tahlil qilishni talab etadi.
Insonning harakat amallari, faoliyatning boshqa barcha turlari kabi organizmning bir butunligini namoyon qiladi. Ihtiyoriy mushak harakatlari
qandaydir ma’noda mushak faoliyatini (nafas olish, yurak-qon tomir va h.k.)

ta’daqlovchi vegetativ tizimning faoliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun jismoniy harakatlarni bajarishda harakat masalalarini yechishga vegetativ funksiyalarning ta’siri ham katta. Ko‘plab tajribalarning natijalari buning to‘g‘riligini ko‘rsatmoqda. Charchash, kasallanish, kuchli emotsional ta’sir, uzoq vaqt tizimli mashq qilmaslik oqibatida organizmning turli funksiyalari birinchi navbatda harakat apparativa mushaklarning ishlashini ta’daqlovchi alohida tizimlar orasida muvofiqlik buzilishi yuz beradi. Oxir oqibat, bularning hammasi harakatning turli ko‘rsatkichlarini boshqarish sifatida aks etadi.
Demak, harakatlar muvofiqliligiga organizmning turli organlari va tizimlari funksional faoliyatining muvofiqlashgan yig‘indisi, ya’ni bir butun sifatida (tizimli safiya) yoki organizmdagi bir yoki bir necha tizimlarining muvofiqlashgan holda ishlashi natijasi sifatida qarash mumkin.
Harakatlar muvofiqligi harakat faoliyatining sifat ko‘rsatkichi sifatida bir hollarda yaxshiroq, boshqa hollarda yomonroq takomillashgan bo‘lishi mumkin.

Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling