Mavzu: Koordin


Download 430 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi430 Kb.
#1531656
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash

Ritm qobiliyatlarini takomillashtirish. Insonning harakat faoliyatini tavsiflovchi omillardan biri ritmik harakatlarni bajara olish imkoniyatidir. Ritm harakatlarda umumlashtiruvchi holdir. U turli elementlarning bir butun sifatida bog‘lanishiga yordam beradi. Harakatlarning ritdaqi to‘g‘ri aniqlash pedagog uchun juda muhimdir. Harakatlarning maqsadga muvofiq ritmini “ushlash” bilan sport natijalarini ham ko‘tarish mumkin. Shug‘ullanuvchilarda kutilmagan chaqqonlik hissi paydo bo‘ladi, u bir muhim narsani topganini tushunadi, shuning uchun avvalgidan kam kuch sarflagan holda ko‘proq samaraga erishadi. Ritmlilik
motor iqtidori ko‘rsatkichlarining biri sifatida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyatlar

odatda ikki yo‘l bilan aniqlanadi.


1. Inson ritmik harakatlarni birin ketin va belgilangan vaqt oralig‘ida kelayotgan ovoz yoki boshqa signallarga mos bajarayotganda.


2. Harakat vaqtida ritmni signallarni eshitgandan so‘ng belgilanganda (ya’ni xotira bo‘yicha). Masalan, cho‘plar bilan do‘mbiraga urib va boshq.
Harakat o‘lchamlarining (fazoviy, vaqt, kuch) belgilangan ritm andozasidan chetlashish darajasi muvaffaqiyatlar ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladi.
Bolalarning ritmik qobiliyatlarini baholashda, berilgan ritmni qaytarishning mutloq xatoligini emas, balki ma’lum testda har bir bolaning shaxsiy sur’atini e’tiborga oladigan o‘zgaruvchan (transformatsiyalangan) xatolikni ishlatish maqsadga muvofiqligi tasdiqlangan.
Nisbatan mustaqil ritmik qobiliyatlarning ikki turi mavjudligi aniqlangan. Birinchisi ritmik harakatlarni asosan bir tekis, ikkinchisi notekis bajarilishida namoyon bo‘ladi. Ritmik qobiliyatni tarbiya qilsa bo‘ladi. Bunda asosiy shartlardan biri musiqa va harakat hissini maqsadli takomillashtirishdir.

Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling