1-Keys «Kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari» fanining mazmuni va kelib chiqishi


Savol: Turg‘un bilan noturg‘un jarayonlar o‘rtasidagi farqlarni izohlang?


Download 0.92 Mb.
bet3/32
Sana08.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#253951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
1-Keys �Kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish jarayonlari va appa

Savol: Turg‘un bilan noturg‘un jarayonlar o‘rtasidagi farqlarni izohlang?

2-KEYS.

Gidrostatikada tutash idishlarda suyuqlik sathini o’lchash.
Kimyo sanoatining barcha tarmoqlarida suyuqlik va gazlarni uzatish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli gaz va gazlarni uzatish, suyuqlik aralashmalarini ajratish kabi jarayonlar ko‘p uchraydi. Bu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan ifodalanadi. Gidromexanika qonunlarini va ulardan amalda foydalanish usullarini gidravlika o‘rganadi. Gidravlika ikki asosiy qismdan: suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o‘rganadigan gidrostatika va suyuqliklarning harakat qonunlarini o‘rganadigan gidrodinamikadan tashkil topgan.

Suyuqliklar oquvchanlik xususiyatiga ega. Suyuqlik guyo ma’lum xajmga ega, lekin shaklga ega emas (qanday idishga solinsa, usha idish shaklini oladi), ammo suyuq massa tashki kuchlar bo‘lmagan sharoitda, faqat molekulyar kuchlar ta’siri ostida shar shaklini oladi. Moddalarning suyuq holati o‘z tabiatiga ko‘ra, gaz holat bilan qattiq holat o‘rtasidagi oraliq o‘rinni egallaydi.



Suyuqlik va gazlarning harakat tezliklari tovush tezligidan past bo‘lgani uchun ularning harakat qonunlari bir xil. SHuning uchun gidravlikada suyuqlik deyilganda ham gaz, ham suyuqlik tushuniladi. Suyuqliklar ideal va real suyuqliklarga bo‘linadi.
Savol: Ideal va real suyuqliklar xossalariga ta’rif bering.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling