Mavzu: Gazlarni siqish, suyultirish va uzatish ko‘rsatgichlarini xisoblash Reja
Download 31.86 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumotlar.
- Gazlarni siqish jarayonining asosiy parametrlari.
Mavzu: Gazlarni siqish, suyultirish va uzatish ko‘rsatgichlarini xisoblash Reja: Gazlarni siqish. Gazlarni uzatish. Gazlarni siqish va uztish qurilmalari. Gazlarni suyultirish. Nazariy ma’lumotlar. Gazlarni xam suyuqliklar kabi bosimlar farki mavjud bo’lganidagina uzatish mumkin bo‘ladi. Siqilgan gaz bosimini R2 uning dastlabki bosimiga R1 nisbati (k= R2/R1) gazni siqilish darajasi deb yuritiladi. Gazlarni siqish va uzatish uchun kompressor mashinalari kullaniladi. Gazni siqish darajasi kattaligiga ko’ra kompressor mashinalar ventiltorlar (k<1,1), gazoduvkalar (1,1 Gazlarni siqish jarayonining asosiy parametrlari. Gazlarni siqish jarayonida ularning xajmi V, bosimi R va xarorati T uzgaradi. Gazning bosimi 1 MPa gacha bo’lgan xollarda yuqoridagi uchta kattaliklarning uzaro boglanishi ideal gazlarning xolat tenglamasi bilan ifodalanadi. Yuqori bosimli gazlarning bosimi, xajmi va xarorati urtasidagi boglanish Van-der-Vaals tenglamasi bilan ifodalanadi (R + a/b2)(v - b)RT, (3.1) bu yerda v- gazni solishtirma xajmi, m3/kg; R= 8310/M- universal gaz doimiysi, J/(kg K); M- gazni molyar massasi, kg/mol; R- gaz bosimi, Pa; T- gaz xarorati, K; a va b- koeffitsientlar, ularning kiymatlari maxsus ma’lumotnomalarda beriladi yoki kritik xarorat Tkr va kritik bosim Rkr kiymatlariga asosan xisoblanishi xam mumkin a = 27 R2 T2kr /(64 Pkr); b = RT/(8Rkr). (3.2) Gazlarni siqish paytida ularning xajmi kamayadi, bosimi ortadi va xarorati kutariladi. Gazni siqilish jarayoni mobaynida issiqlik ajralib chikadi. Gazni siqish jarayonida issiqlik tashqi muxitga tortib olinsa jarayon izotermik deyiladi. Bu paytda jarayon (gaz) xarorati uzgarmaydi. Adiabatik jarayonda tashqi muxit va sistema urtasida issiqlik almashinmaydi. Real sharoitda, gazni siqish paytida ajraladigan issiqlikni bir qismi tashqi muxitga tarkaladi, bir qismi esa gazni isitish uchun sarflanadi. Bu jarayon politropik jarayon deyiladi. Agar siqilayotgan gazni dastlabki R1 va oxirgi R2 bosimlarining kiymatlari ma’lum bo’lsa, siqish jarayonida bajarilgan ishni solishtirma mikdori (J/kg) analitik usulda, quyidagi tenglamalar yordamida xisoblanadi: - izotermik siqish jarayonida L iz = R1 v1 ln (P2/P1) (3.3) - adiabatik siqish jarayonida L ad = k/(k-1)R1v1[(P2/P1)( k-1)/k -1] (3.4) - politropik siqish jarayonida L pol = m/(m-1)R1v1[(P2/P1)( m-1)/m -1] (3.5) bu tenglamalarda v1- boshlangich sharoitlardagi (R1 va T1 kiymatlarda) gazning solishtirma xajmi, m3/kg; k= Sr/Sv adiabata ko’rsatgichi; Sr va Sv- uzgarmas bosim va xajmdagi gazning issiqlik sigimlari, J/kg; m- politropik ko’rsatgich, uning qiymati gazning xossalariga va sistemaning atrof-muxit bilan issiqlik almashinish sharoitlariga bog’liq. Siqilgan gazning xarorati T2 quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi: - izotermik jarayon paytida T2 = T1 (3.6) - adiabatik jarayon paytida T2= T1 (R2 /R1)( k-1 )/k - politropik jarayon paytida T2=T1 (R2/R1)( m -1)/m Bir bosqichli kompressor bilan xavoni siqish uchun sarflanadigan nazariy kuvvat mikdori (kVt) quyidagi tenglamadan aniqlanadi: N n = VpL = (GL)/(3600.1000 k) (3.7) bu yerda: V- kompressorni xajmiy ish unumdorligi, mz/sek; S- xavoning zichligi, kg/m3; L- xavoni siqish uchun sarflangan solishtirma ish mikdori, J/kg; L parametrining son kiymatlari yuqoridagi tenglamalar yordamida aniqlanadi; G- siqilayotgan xavo sarfi, kg/sek; k- kompressorning umumiy f.i.k. Kompressor validagi kuvvat quyidagi tenglamadan aniqlanadi: Nv = Nn /(izmex ) (3.8) bu yerda iz= 0,64ё0,78- izotermik f.i.k.; mex= 0,8ё0,95- mexaniq uzatmalarning f.i.k. Kompressor dvigatelining iste’mol kuvvati Ndv = Kn N n /(izmex dv) bu yerda Kn = 1,1ё1,15- kushimcha kuvvat koeffitsenti; dv- dvigatelni f.i.k. Download 31.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling