1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari
Download 262.5 Kb.
|
4 ta savol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion tadbirkorlik
- Ilmiy texnik tadbirkorlik.
1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 5 fevraldagi qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g’risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonunida belgilab berilgan tadbirkorlik turlari. Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Innovatsion tadbirkorlik. Ilmiy texnik tadbirkorlik. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo‘yicha tadbirkorlik. Tijorat tadbirkorligi. Moliyaviy tadbirkorlik. Maslahalat tadbirkorligi. Maslahat xizmatlari. Javobi: O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 5 fevraldagi qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g’risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonunida belgilab berilgan tadbirkorlik turlari. Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o‘z xususiyatiga ko‘ra tadbirkorlikdan iborat bo‘lgan qismiga tatbiq etiladi. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari bilan bog‘liq munosabatlar chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emas. Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir: yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar; Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va prefernsiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qo’llaniladi. Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrida e’lon qilinadi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi. O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Innovatsion tadbirkorlik - bu tijorat faoliyati turi bo'lib, maqsadi - milliy iqtisodiyotning barcha jabhalarida texnik va texnologik innovatsiyalarni yaratish va innovatsiyalarni tarqatish orqali daromad olishdir. Oddiy tadbirkorlikdan farqli o‘laroq, yangi texnologiyalarni yaratish, boshqaruvning yangi shakllarini qo‘llash, yangi mahsulotlarni yaratish kabi yangi usullarni qo‘llash innovatsion tadbirkorlikka xosdir. Tadbirkor va innovatorning vazifasi ishlab chiqarishning yangi texnologik imkoniyatlarini o‘zlashtirib, boshqalardan farqli mahsulotni ishlab chiqishdir. Korxonaning innovatsion loyihasi uchun moliyalashtirishning umumiy hajmi quyidagi manbalardan iborat: Korxonalarni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lar; a) Modernizatsiyalangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ilg‘or texnologik jarayonlarni o‘zlashtirish xarajatlarini moliyalashtirish mablag‘lari; b) Rivojlanish davrida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni qoplash vositasi; c) Banklarning uzoq muddatli kreditlarini qaytarish, shuningdek, ularga foizlar berish. Innovatsiyalarni tizimli ravishda rag‘batlantirish bo‘yicha bir qancha takliflarni keltirish mumkin. Masalan: yuqori texnologiyali sohalardagi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini (kam stavkalar va soliq ta’tillari) berish, turli soha korxonalarida innovatsiyalarni rivojlantirish uchun intellektual resurslarni shakllantirishga qaratilgan maxsus o‘quv dasturlari va o‘quv muassasalarini yaratish, innovatsiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish uchun vositalarni joriy etish (grant, reyting va boshqalar), korxonalar uchun innovatsiyalarning moliyaviy ta’minot vositalarini shakllantirish (kreditlar, subsidiyalar), oliy o‘quv yurtlari va ta’lim muassasalari negizida ilmiy maktablarni yaratish. Tadbirkorlik faoliyati va innovatsion tadbirkorlik bir-biridan farqlanadi. Tadbirkorlikda yangi g‘oyalarni faol izlash va ularni amalga oshirishni tahlil qilish, biznes-rejani shakllantirish, talab qilinadigan resurslarni faol izlash, yangi firma boshqaruv mexanizmini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Innovatsion tadbirkorlik esa yanada kengroq qamrovni nazarda tutadi, ya’ni innovatsion g‘oyalar kompleksini ishlab chiqish va istiqbolli g‘oyani tanlash, biznes-rejani batafsil o'rganish va ekspertizadan o'tkazish, mahsulot ishlab chiqarish va ularni bozor sharoitida sinash tajribasi, bozorda ishlab chiqarish va sotish sxemasiga tuzatish kiritish va h.k. Xususan, O‘zbekistonda ham 2018-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” da qator yangiliklar amalga oshirildi. Davlat dasturida “Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsion menejmentni rivojlantirish, yangi va talab yuqori bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha innovatsion loyihalar – startaplarni, jumladan, xorijda qo‘llaniladigan ilg‘or uslub va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, investorlar va innovatsion infratuzilma subyektlari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish orqali tashkil etish” 1 kabi mavzular o’z aksini topgan. Shunday qilib, innovatsion tadbirkorlikni sifat jihatidan yangi, ayni paytda innovatsiyalarni doimiy ravishda izlashga, innovatsion komponentga yo‘naltirilgan iqtisodiy jarayonga aylantirishning maxsus innovatsion jarayoni sifatida talqin qilish mumkin. Bu tadbirkorlar yangi biznes loyihasini amalga oshirish yoki davom etayotgan loyihani takomillashtirishga tayyor. Umuman olganda, innovatsion tadbirkorlikni davlat texno-iqtisodiy jarayoni deb tushunish mumkin, buning natijasi sifatida innovatsiyalarni amaliy sinovdan o'tkazish yo‘li bilan eng yaxshi va yuqori sifatli yangi mahsulot, ish, xizmat va texnologiyalarni yaratilishini ko‘rish mumkin. Shunday ekan, innovatsiyalar davlatning rivojlanishida katta o‘rin tutib, bu jarayonni tezlashtiradi. Ilmiy texnik tadbirkorlik. Mamlakatimizda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda mavjud moliyaviy va moddiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2014-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘laridan ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni moliyalashtirish uchun qariyb 800 milliard so‘m ajratilib, ularning natijalariga ko‘ra ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan 700 dan ortiq ixtiro patentlashtirildi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi mamlakat ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zaruratini taqozo etmoqda. Biroq, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan amalda foydalanishning tahlili ularni yaratish, huquqiy muhofaza qilish va joriy etish jarayonida tizimli muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda, xususan: birinchidan, oxirgi 5 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan va patentlangan ixtirolar sonining yiliga 0,5 foizini tashkil etuvchi tijoratlashtirish darajasi yetarli emas; ikkinchidan, chop etilgan ilmiy maqolalar va yaratilgan intellektual mulk obyektlari soni ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari bo‘lib qolmoqda, bunda ularni joriy etish natijalari hisobga olinmayapti; uchinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ularning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalari uchun, shuningdek, ilmiy-texnikaviy dasturlarga davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligi uchun lozim darajada mas’uliyatni namoyon etmayapti; to‘rtinchidan, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning, shu jumladan, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalar ro‘yobga chiqarilishida iqtisodiyotning real sektori korxonalari ishtirokini rag‘batlantirishning samarali vositalari joriy etilmagan; beshinchidan, amaldagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimi ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tezkorlik bilan joriy etishni ta’minlamayapti. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarish doirasida muassasalar tomonidan yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari, davlat ilmiy-texnik loyihalar yakunlanganidan va (yoki) ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin tijoratlashtirilishi lozim, fundamental tadqiqotlar natijalari, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi loyihalar bundan mustasno; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun muntazam ravishda investitsiyalarni jalb qilishni ta’minlash mas’uliyati yuklatilsin. Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalariga samarasiz va ma’naviy eskirgan infratuzilmani almashtirish, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantirish darajasini pasaytirish imkonini beradigan yangi texnika va ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish bilan bog‘liq tadbirlarni faol moliyalashtirish tavsiya etilsin. innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalariga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzuridagi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar tomonidan ishlab chiqiladi; innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari istiqbolda an’anaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan ilgarilab ketadigan boshlang‘ich talablardan iborat bo‘lishi va xalqaro standartlarga yoki rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga mos kelishi lozim; tajriba va seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida yangi innovatsion mahsulotlarga davlat standartlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlar olishga qilingan Download 262.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling