27. Quyidagi sinonimik qatorlardan oddiy so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarni toping. 1) yolg‘onchi, kazzob, aldamchi; 2) to‘zim, bardosh, matonat, chidam; 3) tanovul qilmoq, oshamoq, yemoq;
4) achchiq, jahl, qahr.
A) aldamchi, to‘zim, oshamoq, achchiq B) kazzob, to‘zim, oshamoq, achchiq C) yolg‘onchi, bardosh, yemoq, jahl D) yolg‘onchi, chidam, oshamoq, achchiq
28. Qisqalik, aniqlik, soddalik, shuningdek, ibora va jumlalarning bir qolipda bo‘lishi asosan qaysi uslubga xos?
A) so‘zlashuv uslubiga B) ilmiy uslubga C) ommabop uslubga D) badiiy uslubga
29. “O‘rtoq rafiqam! Ruxsat bersangiz turmush qurganimizga bir yil to‘lishi munosabati bilan sizni tabrik qilishga!” Ushbu gap qaysi uslubga misol bo‘la oladi?
A) rasmiy B) ilmiy C) ommabop D) badiiy
30. Borolmadim: ishim chiqib qoldi. Erta boraman gaplari qaysi uslubga xos?
A) badiiy B) so‘zlashuv C) rasmiy D) ilmiy
19-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Quyidagi sinonimlardan rasmiy uslubga tegishli so‘zni belgilang?
A) ketmoq B) tushmoq C) olinmoq D) ozod qilinmoq
2. So‘zlashuv uslubida qo‘llanadigan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) bashar, mozor, yaxshi, kasal B) ado etmoq, behuda, yopiq C) rostdan, bo‘ldi, mayli D) voqea, barvasta, chiroyli
3. Ijtimoiy-siyosiy so‘zlar qatlami qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar hisoblanadi?
A) ommabop uslub B) ilmiy uslub C) rasmiy uslub D) badiiy uslub
4. Uslub – bu ...
A) so‘zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir. B) bir xil fikr, voqea, hodisani turlicha shakllarda ifodalash usulidir. C) bir xil fikr, voqea, hodisani turlicha usullarda ifodalash imkoniyatidir D) barchasi to‘g‘ri.
5. Obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga, boylik qaysi uslubga xos xususiyat?
A) rasmiy uslubga B) so‘zlashuv uslubiga C) badiiy uslubga D) publitsistik uslubga
Do'stlaringiz bilan baham: |