13. Tovush takrori uslubiy vazifa bajarayotgan so‘z qatnashgan gapni toping.
A) U Naziraning gapidan qattiq ranjidi. B) Salimov nima deyishini bilmay g‘o‘ddayib turaverdi. C) O‘qituvchi bitiruvchilarga katta muvaffaqiyatlar tiladi. D) O‘rozmat sayohatdan olgan taassurotlarini so‘zlab berdi.
14. Boringlar va borlaring so‘zlari o‘rtasida qanday uslubiy farq bor?
A) uslubiy farq yo‘q B) birinchisi kitobiy uslubga xos C) birinchisi hurmatni, ikkinchisi sof ko‘plikni bildiradi D)birinchisi mo‘‘tadil (neytral) so‘z, ikkinchisi salbiy bo‘yoqqa ega.
15. Quyidagi gaplarning qaysi birida ko‘plik qo‘shimchasi ortiqcha?
A) Bizning gilmoyalar Rossiya gilmoyalaridan tarkib jihatidan farq qiladilar. B) Tantanaga o‘zlari ham tashrif buyuribdilar-da. C) Dam olish kunlari dadamlar bizni sirkka yoki hayvonot bog‘iga olib boradilar. D) Olimlarimiz paxtaning tezpishar va kasallikka chidamli navlarini yaratish ustida ish olib bormoqdalar.
16. Qaysi gapdagi qaratqich kelishigi qo‘shimchasini chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A) Maqtanganning uyini ko‘r, kerilganning to‘yini.
B) Mehmonlarning yoshi ulug‘i gapirdi. C) Institut kutubxonasi birinchi qavatda. D) Do‘stimning do‘sti mening ham do‘stim.
17. Quyidagi gaplarning qaysi birida tushum kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigini qo‘llash mumkin?
A) Butun dalani o‘quvchilarning shovqini tutib ketdi. B) Dam oluvchilar tog‘ havosini maqtab ketishdi. C) Nima dedingiz? Gapingizni tushunmadim. D) Shoir yangi yozgan she’rini o‘qib berdi.
18. Qaysi gapdagi kelishik qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirib bo‘lmaydi?
A) Sizga atagan qo‘shiqlarim bor. B) Shu yo‘ldan yurib murodga yetdik. C) Saharlab shaharga yo‘l oldi. D) Ertaga yomg‘ir yog‘sa kerak.
19. Tushum kelishigi qaysi grammatik vositalar bilan sinonimik munosabatda bo‘lmaydi?
A) chiqish kelishigi bilan B) ko‘makchilar bilan C) qaratqich kelishigi bilan D) jo‘nalish kelishigi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |