Kirish I bob. Yoshlarda qonunlarga hurmatni shakallntirshda huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning ahamiyati


Download 20.78 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi20.78 Kb.
#1064095
  1   2
Bog'liq
фацшгфги


Yoshlarda qonunlarga hurmatni shakallntirshda huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning ahamiyati.
KIRISH
I BOB. Yoshlarda qonunlarga hurmatni shakallntirshda huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning ahamiyati
1.1. Yosh avlodni huquqiy madaniyati va ongini shakllantirishning tarixiy ildizlari
1.2 Yoshlarga huquqiy madaniyat va ongni shakllantirishda fuqarolik tarbiyasini berishning ahamiyati
II BOB Huquqiy tarbiya tushunchasi.
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarda huquqiy tarbiya haqida tasavvurni shakllantirish
2.2 Huquqiy ta’lim-tarbiyaning xususiyatlari va vazifalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

XULOSA
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi.
Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi mavzusi asosida Respbulikamiz Prezidenti A.Karimovninng asarlarida huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalariga berilgan ta’riflar hamda bu borada davlatimiztomonidan olib borilayotgan islohatlar yoritib berildi.
Bundan tashqari yoshlarda huquqiy madaniyat va ongni shakllantirishning tarixiy asoslari ajdodlarimiz merosida tutgan o’rni o’rganilib, misollar bilan bayon etildi.
Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasini berishning ahamiyati bo’yicha, fuqarolik tarbiyasi va uning asoslari hamda huquqiy ta’lim o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayonini, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozimli haqida fikrlar bayon etilgan. Xulosa qismida hosil qilingan taassurotni kuchaytirish, jamoa oldiga yangi vazifalarni qo’yish, tinglovchilarni muayyan amaliyotga, xatti-harakatga chorlash ustuvor bo’ladi. Og’zaki nutq turli shakllarda yakun topishi mumkin. Shulardan: a) nutqdagi asosiy g’oyalarni qisqa-qisqa qilib qaytarish; b) umumlashtirib, vazifalarni belgilash; g) istiqbolni ko’rsatish; d) harakat yo’nalishlarini belgilab berish; e) nutq tugatanligini aytib to’xtatish keng tarqalgan. Albatta, bu usullardan qay birini tanlash vaziyatga bog’liq, qolaversa, ma’ruzachining ixtiyoriga havola. Ko’rib o’tilganidek, mafkura kuchli targ’ibot talab qiladi. Tarbiyaviy texnologiyalar treninglari tavsifnomasi “Tanishuv” treningi - o’quvchilarni bir-biri bilan tanishtirish, do’stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish, ularning ijodiy imkoniyatlari va shaxsiy sifatlarini ochish, jamoada ishlash uchun qulay sharoit vujudga keltirish hamda o’quvchilar o’rtasida ruhiy to’siqlarni engishga yo’naltirilgan. «Murabbiy va jamoa» treningi - murabbiy va jamoa bilan ishlash muammolari mohiyatini aniqlash malakasini shakllantirish, uning echimini izlash va topishga yo’naltirilgan. KBI - kuzatish, bahslashish, ishontirish treningi faol hayotiy holatni, lider (sardor)lik sifatlarini, jamoada ishlash ko’nikmalarini hamda uzgalar fikrini hurmat qilgan holda dalillash, ishontirish, asoslash, munozara olib borish mahoratini, murosaga kelish va izlash qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan. IMAK - ishontirish maktabi treningi ishontirish (murosa yo’llarini topish, uni asoslab berish), tashqilotchilik qobiliyatini, nostandart vaziyatlarda o’zini va jamoani boshqara olish hamda mumkin bo’lgan muammoli vaziyatlarni oldindan ko’ra bilish, ularni hal qilish yo’llarini izlab topish mahoratini shakllantirishga yo’naltirilgan. «Uchlik» - SAN - samarali, axloqiy, nazokatli treningi bezak ishlari, ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, ijodiy tasavvurni rivojlantirish, tashqilotchilik qobiliyatlarini, turli badiiy eskizlarni tayyorlash ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan. «Sahna» treningi ijodiy fikrlashni rivojlatirish, tadbirning reja-stsenariysini to’zish ko’nikmasi hamda sahna va aktyorlik asoslari, madaniyat, rejissura, tadbirni tashqil etish, notiqlik mahoragini shakllantirishga yo’naltirilgan. AJIL - amaliyotda jamoaviy ijodiy ishlar treningi - jamoaviy ijodiy ishni tashqil qilish, tayyorlash va o’tkazish uslublarini o’rganish hamda ijodiy faoliyatni shakllantirishga yo’naltirilgan. «Bahslashuv klubi» treningi - o’quvchilar o’rtasida bahs, munozaralar o’tkazish va bahslashuv klublarini tashqil etish hamda ularni ba’zi yanglish fikrlar, atrofda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarga qarshi kurashish, noo’rin fikrlarga o’z vaqtida qarshilik ko’rsatish yoki bildirilgan fikrni to’g’ri, noto’g’ri eqanligini aniqlab olish, o’z (fikrini boshqalarga o’tkaza olish, ta’sir eta olishga o’rgatish va bahslashish madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan.


Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling