R. Shuman ijodi mundarija: kirish I bob. Robert shuman shaxsiy hayot tarjimai holi


Download 122 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi122 Kb.
#1558724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
R.Shuman ijodi


R.Shuman ijodi
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………..2
I BOB. ROBERT SHUMAN - SHAXSIY HAYOT TARJIMAI HOLI….4
1.1. Robert Shumann musiqasi she'riy tasvirlar………………………………4

1.2.Pianino ijodkorligi……………………………………………………11


II BOB. R.SHUMAN IJODI…………………………………………..14
2.1.R.Shuman ijodida kompozitsiya va musiqa……………………………14
2.2.Shumannning pianino asarlarining ichki hikoya chizig'i……………..15
2.3.Shumann musiqasining aranjirovkasi va transkripsiyasi…………………20
XULOSA………………………………………………………………28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….30

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tarixdan bizga ma'lumki, musiqa sohasi ham bir nechta davrlarni o'z ichiga oladi. Bu davrlar o'z navbatida o'sha davr holatidan darak beradi. Biror musiqasini tinglar ekansiz go'yo hayolingizda o'sha davrga tushib qolganday bo'lasiz. Shunday davrlardan biri G'arbiy Yevropa madaniyatida keng qamrovli bo'lgan Romantizm davridir. XIX asr birinchi yarmida ayniqsa, musiqiy madaniyatda muhim o'rin tutadi. Turli sohalarda falsafa, estetika, san'atni qamrab olgan g'oyaviy va badiiy harakat aynan san'atda ajoyib va samarali natijalar berdi. Asrning eng buyuk musiqachilaridan biri, davrning yorqin vakili nemis kompozitori Robert SHuman hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili
Kurs ishining maqsadi. Shumanning faoliyati serqirraligi bo'lib, pianist, pedagog, dirijyor, musiqiy tanqidchi sohasida taniqli kishilardan biri sifatida tanilgan. Musiqaga bo'lgan qobiliyati juda erta uyg'ondi. 10- yoshida u xor va orkestr asarlarini bir qismini yoza boshladi. Shuman ijodi uchun dasturiylik va inson tuyg'ularini chuqur psixologik ochib berish xos. Shuman o'z asarlarida hayot oqim9ini butkul aks ettirishga intilgan, har bir hodisa va taasurotni o'ziga hosligini ifoda etib, qarama- qarshi kayfiyat va obrazlardan iborat bo'lgan, keng qamrovli badiiy dunyosini yaratgan. 1840- yilgacha Shumanning barcha asarlari fortepiano uchun yozilgan bo'lib, ular "Simfonik etyudlar", "Karnaval", "Fantastik pyesalar" kabi turkumi, "Fantaziya" 3 sonata, konsert va boshqalar ajralib turadi. Keyinchalik vokal qo'shiqlari, 4 simfoniya, opera, xor, orkestr, kamer asarlari chop etilgan.
Shuman vokal ijodida F. Shubert lirik qo'shiq turini rivojlantirdi. G. Geyne "Shoir sevgisi",A. Shamisso " Ayol hayoti va sevgisi", Eyhendorf ' Qo'shiqlar davrasi" she'rlariga yozgan qo'shiq (romans) turkumlari muhim ahamiyatga ega. U sharq mavzularida kamer- cholg'u " Arabcha", "Sharq manzaralari", kamer-vokal "Sharq gullaridan", "Mag'rib-Mashriq devonidan" asarlarini yaratgan. Shuningdek, voqealar o'rta asr afsonasi haqidagi " Genoveva" operasi sahnada unchalik tanilmagan. Ijodiy muvaffaqiyat qozongan asar J. Bayron " Manfred" dramatik poemasi hisoblanadi. T. Mur Sharq romansining 1-qismi asosida "Jannat va Peri" oratoriyasi, " Faustdan sahnalar" asari e'tiroflarga sabab bo'ldi.

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling