Robert shuman ijodiy merosi


Download 11 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi11 Kb.
#1226307
Bog'liq
2 5408986876625301924


ROBERT SHUMAN IJODIY MEROSI
G’arbiy Yevropa madaniyatida keng qamrovli bo’lgan Romantizm

davri XIX asr birinchi yarmida ayniqsa, musiqiy madaniyatda muhim o’rin tutadi.


Turli sohalarda falsafa, estetika, san’atni qamrab olgan g’oyaviy va badiiy harakat


aynan san’atda ajoyib va samarali natijalar berdi. Asrning eng buyuk musiqachilaridan


biri, davrning yorqin vakili nemis kompozitori Robert SHuman hisoblanadi.


Shumanning faoliyati serqirraligi bo’lib, pianist, pedagog, dirijyor, musiqiy tanqidchi


sohasida taniqli kishilardan biri sifatida tanilgan. Musiqaga bo’lgan qobiliyati juda erta


uyg’ondi. 10- yoshida u xor va orkestr asarlarini bir qismini yoza boshladi. Shuman


ijodi uchun dasturiylik va inson tuyg’ularini chuqur psixologik ochib berish xos.


Shuman o’z asarlarida hayot oqim9ini butkul aks ettirishga intilgan, har bir hodisa va


taasurotni o’ziga hosligini ifoda etib, qarama- qarshi kayfiyat va obrazlardan iborat


bo’lgan, keng qamrovli badiiy dunyosini yaratgan. 1840- yilgacha Shumanning barcha


asarlari fortepiano uchun yozilgan bo’lib, ular “Simfonik etyudlar”, “Karnaval”,


“Fantastik pyesalar” kabi turkumi, “Fantaziya” 3 sonata, konsert va boshqalar


ajralibturadi. Keyinchalik vokal qo’shiqlari, 4 simfoniya, opera, xor, orkestr, kamer


asarlari chop etilgan.


Shuman vokal ijodida F. Shubert lirik qo’shiq turini rivojlantirdi. G. Geyne


“Shoir sevgisi”,A. Shamisso “ Ayol hayoti va sevgisi”, Eyhendorf” Qo’shiqlar davrasi”


she’rlariga yozgan qo’shiq (romans) turkumlari muhim ahamiyatga ega. U sharq


mavzularida kamer- cholg’u “ Arabcha”, “Sharq manzaralari”, kamer-vokal “Sharq


gullaridan”, “Mag’rib-Mashriq devonidan” asarlarini yaratgan. Shuningdek, voqealar


o’rta asr afsonasi haqidagi “ Genoveva” operasi sahnada unchalik tanilmagan. Ijodiy


muvaffaqiyat qozongan asar J. Bayron “ Manfred” dramatik poemasi hisoblanadi. T.


Mur Sharq romansining 1-qismi asosida “Jannat va Peri” oratoriyasi, “ Faustdan


sahnalar” asari e’tiroflarga sabab bo’ldi.


Shuman umri davomida ikkita rekviem yozgan. Ulardan biri I. Gyote “Vilgelm


o’qish yillari” romanining she’riy qismlariga “Minion uchun rekviem”,asar Gyote


ijodiga bo’lgan ishtiyoq davriga tegishli bo’lib, shoir tavalludining 100 yilligiga to’g’ri


keladi. Ikkinchisi “Rekviem re major”, kompozitor hayotining so’nggi yillarida o’z


kuchini katta qismini keng jamoat musiqa hizmatiga yo’naltirdi. SHu istakdan kelib


chiqib an’anaviy ko’p qismli shaklda lotin rekviemini yaratishga kirishdi va asar


oqqush qo’shig’iga aylandi.


Pianist bo’lish orzusidan kechib, Shuman jiddiy kompozitsiya va bir vaqtda


musiqiy tanqidchi sifatida shug’ullangan. 1834- yil eng nufuzli musiqiy davr


nashrlaridan birini yaratishga muvaffaq bo’ldi. “Yangi musiqa gazetasi” deb nomlangan


bo’lib, bir necha yil davomida kompozitor o’z maqolalarini tahrir qilib boradi va


muntazam ravishda chop etila boshlagan. Klassik musiqachilar ijodini o’z jurnalining


sahifalarida targ’ib qilib, zamonning badiiylikka qarshi kurash olib borgan holda, u


yangi romantik Yevropa maktabini qo’llab quvvatladi. U o’zining yangilik tarafdori va


san’atda eskirgan, filistlar deb ataladigan ya’ni, cheklovlari bilan musiqaning


rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan shuningdek konservatizm bo’lganlar bilan


kurashuvchi sifatida ko’rsatdi.


Shuman musiqasida ko’proq boshqa kompozitorlarga qaraganda chuqur shaxsiy


romantizm tabiatini aks ettiradi.Shumanning ideallari XIX asr yetakchi musiqachilariga


yaqin edi. U Gektor F. Mendelson tomonidan yuqori baholangan “Qudratli to’da”


arboblari musiqashunos L.L. Sabaneyev o’zining “Robert Shuman va rus musiqa”


maqolasida ta’kidlab o’tgan. “Shuman rus musiqasida ilhomlantiruvchi va


shakllantiruvchi ulkan ehtimol boshqa G’arb kompozitorlaridan ham kattaroq rol


o’ynagan deb yozgan. Faqat Shuman rus san’ati uchun eng hayajonli bastakor bo’lib


chiqdi va qandaydir tarzda bu millat bilan birlashdi. U rus musiqasida deyarli tug’ligan


kunidayoq o’z ta’siri bilan ishtirok etadi. P. Chaykovskiy Shuman haqida ayniqsa


samimiy gapirib, uning ijodidagi hayajonli zamonaviylik, mazmun va musiqiy


tafakkurning Yangiligini ta’kidlagan. Hayoti davomida kam tushunilgan uni musiqasini


ko’p qismi endilikda noyob va asl garmoniya, shakl, ritm borligi bilan qadrlanadi.


Uning asarlari nemis musiqa klassik an’analari bilan chambarchas bog’liq.




Xulosa

Robert Shuman ijodi XIX asr jahon musiqa san’atining eng yuqori cho’qqilaridan


biridir. Kompozitor qayg’uli taqdiri va qisqa umr ko’rganiga qaramay u musiqada yangi


so’z aytishga muvaffaq bo’ldi yangi yo’nalish – romantizm asoschilaridan biriga


aylandi. Shuman ijodiga hos bo’lgan qarama- qarshiliklar o’z davrining ijtimoiy


hayotini murakkab ziddiyatlarini aks ettirgan. Uning musiqasida 1920-1940-yillardagi


nemis madaniyatining progressiv estetik tendensiyalari yaqqol ifodalangan. Shuman


san’ati Bayron, Geyn, Gyugo, Berlioz, Vagner va boshqa taniqli romantik rassomlar


bilan aloqada bo’lishiga undaydigan isyonkor ruh bilan to’la qalb sohibidir. Avlodlar


hotirasida mudom yashab kelmoqda. Uning nomi eng buyuk musiqa arboblari o’rnidan


joy olgan bo’lib, musiqa namoyondalari haqida gap borganda, Shuman nomini yodga


olamiz.
Akademik xor dirijyorligi kafedrasi


3-kur talabasi
Karimova Namuna
Xor musiqasi tarixi
Mavzu: Robert Shuman ijodiy merosi
Download 11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling