Jumaqul Amonov 1905-1973


Download 304.5 Kb.
bet1/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми


iiiiUstoz Turdimurodi Mustafozoda! Men yozganlarimni telegramm orqali sizga taylayman siz tahrir qilib yiliga qarab o’sha joyda joylashtiravering. Sizga sog’liq va unumdor jo’shqin tahrir tilab Iskandar Mirzozoda darbandiy
Jumaqul Amonov 1905-1973
So’fieva Bibinoroy 1925-2007


Jumaqulboy Darband qishlog’ida Amonqulboy oilasida tug’iladi. Mullo Mahmadqul ismli akasi va Mirzoqul ismli ukasi va Iqboloy ismli singlisi bor edi. U Darbandda Mullo Miyonjon, mullo Devonaqul, mullo Sohibnazar tashkil etgan maktablarda saboq oldi. 1929 yilda esa Termiz dorulmualliminida tahsil olib, Stalin nomidagi maktabda o’qituvchi bo’lib ishlagan. Bir yildan so’ng Toshkentdagi malaka oshirish kursini tugatib, bir yildan so’ng Tataristonning Qozon shahrida Oliy partiya maktabi tinglovchisi sifatida olti oy o’qidi. Uzoq yillar davlat xizmatida ishlab o’tgan hamqishlog’imiz Ro’zimahmad Karimov ham u bilan birga tahsil olgan. Ular hamisha bir-birini yo’qlab, ish yuzasidan ham qarindoshlik yuzasidan ham bordi-keldi qilib turardi.
J. Amonov 1929 yilda Stalin maktabida direktor vazifasida ish boshlaydi. U 1936-1938 yillarda Boysun tuman ijroiya qo’mitasi raisi bo’ldi. Bu davrda Qurbonov, Mullajonov deganlar bilan yelkama-yelka ishlab, e’tibor qozonadi. 1938 yili Boysun tuman xalq maorif raisi lavozimiga tayinlandi. Bir raqamga e’tiboringizni qaratsam. 1938-1956 yillarda Boysun tuman xalq ta’limi bo’limini Darbandlik Safar Saidov, Kenja Sodiqov, To’qsonqul Tog’aev, Ahmad Valiev kabi hamqishloqlarimiz boshqargan.
J. Amonov 1939-1940 yillarda Boysun tuman ichki ishlar bo’limida siyosiy masalalar bo’yicha boshliq muovini bo’lib ishlagan edi. Eng asosiysi, u urushning dahshatli yillarida, ya’ni 1941-1946 yillarda J. Amonov Sherobod tuman bolalar uyi direktori lavozimida ishlaydi. 1947-1949 yillarda esa Dehqonobod tuman xalq komissariati raisi bo’lgan. U 1949-1953 yillarda Darbanddagi ikkita xo’jalikning birida ya’ni K. Marks xo’jaligining raisi bo’ldi. O’z davrining serg’ayrat rahbari 1953-1958 yillarda Sayrob, Panjob qishlog’i sho’ro raisi sifatida faoliyat ko’rsatib nafaqaga chiqdi. Jumqulboyning oilaviy hayoti ham namuna deyishga arzigulik edi. U rafiqasi So’fieva Bibinoroy bilan farzandlari: Hasan, Gulandom, Najmiddin, Bahrom, Muhiddin, Orom, Qurbonoy, Zulayxo, Barfin, Zayniddin, Obiddin, Nuriddin, Himiddin, Ro’zigul, Shamsiddinlarni el xizmatiga kamarbasta qilib kamolga yetkazdi.

Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling