Jumaqul Amonov 1905-1973
Abdurahimov Kenjaqulboy 1885-1949
Download 304.5 Kb.
|
Искандари Дарбандий давоми
Abdurahimov Kenjaqulboy 1885-1949
Darbandni Pitav guzarida tug’ilgan Kenjaqulboyni otasi Abdurahimboy boy badavlat odamlardan bo’lgan. Kenjaqul yoshligida chaqqon mehmondo’st eng muhimi chorvoga ishtiyoqi biland bo’lganligi bois otasi Abdurahimboy o’zini bor bisotidagi tillo tangalari va mollarini unga qoldiradi. Kenjaqulboy ham aqlu zakovat va mashaqqatli mehnati bilan mol boqib Darbandni yetuk boylaridan biriga aylanadi. U bu davr ichida ko’p insonlarni ochlikdan qutqarish ularni yeb ichirishga o’z himmatini ayamagan boylardan bo’lgan. U o’sha davrni yetuk insonlari Jumaqul Ma’murov, Yo’ldosh Valiqul va boshqalar bilan qalin do’st bo’lgan. Shuningdek o’sha davrni boyu badavlat odamlari Norqulboyi Koskaki, Mirzoqulboy, Boshiboy, Lochinboy singari boylar bilan bir davru zamonda yashagan. Kenjaqulboyni amaklari aka-ukalari ham boy insonlardan hisoblangan. Chunki Abdurahimboyni to’rt o’g’li Kenjaqulboy, Qayumboy, Ko’ssaboy, Mahmanazarboy hammalari o’zidan to’q badavlat odamlardan hisoblangan. Biroq davru zamon o’zgarishi qisqasi Buxoro amirligini taxtdan qulab inqilob g’alabasi bu insonlarni ham chetlab o’tmagan. Inqilob epkinlari tog’li Darband qishlog’ida ham yetib kelgan. 1925-1935 yillardagi qatag’on shamollari Darband qishlog’iga ham yetib kelgan. Qanday bahona bilan bo’lmasin boylarni mol holini musodara qilish o’zlarini surgun qilish uchun bu tuzim korchallonlari ayrim hamqishloqlarni ham qabih ishlarga jalb etib o’zlarini qo’li bilan o’z hamqishloqlarini boshiga to’hmat mag’zavasini to’kkanlar ham ko’p bo’lgan. Bularni qilgan ishini tarix hech qachon unutmaydi, kechirmaydi. Yangi tuzum asta sekinlik bilan qishloq boylarini birma bir aniqlab mol-holini ruyxatdan o’tkazib ortiqchasini musodara qilishga chog’lanadi. Va bir necha boylarni shu tartibda ming minglab chorvosini musodara qilishga va o’zlarini surgun qilishga ham erishadi. Kenjaqulboy bu vaqtlarda yetuk badavlat odam hisobida yashab kambag’alparvar maslahatchi saxiy inson sifatida tanilgan o’sha davr siyosati bilan hamohang ish tutib ular istagan soliqlarni to’lab yurgan. Biroq, shunga qaramasdan bu tuzumni ishqibozlari u kishini ham chorvosini musodara qilishga erishadi. Hatto to’hmat toshlari bilan boyni qamoq jazosiga mahkum etadilar. 1938 yili aynan Qizilnavrda saylov o’tkazayotgan payt Kenjaqulboyni saylovga qarshi chiqdi to’hmati bilan qamoqqa olib uni 1200 ta qo’yi 24 ta tuyasi 50 bosh qoramolini musodara etadilar. Bu ishni amalga oshirishga mahalliy aholi xizmatchilari ham jalb etiladi. Buni tashkil etgan xudobexabarlar ishini zamirida xusumat, adovat ko’rolmaslik hissiyotlari bor edi. Bu ishlar amalga oshganda bu toifadagi mahalchilik kayfiyati bilan yashayotgan ayrim kimsalar o’zini o’z maqsadiga erishgan deb hisoblaydi. Kenjaqulboy qamoqqa olingach ko’p insonlarni boshiga mushkul ahvol tushadi. Negaki har doim ka bag’allarni qo’llab-quvvatlaydigan bitta boyidan ayrilgan qishloq aholisi ko’p og’ir kunlarni boshidan kechiradi. U kishini birinchi oilasi Oysevar kampiridan tug’ilgan Sayqon, Jo’raboy, Munavvar,Sanavar , ikkinchi oilasi Machaylik kampiri Kenjaxol Ortiqovadan tug’ilgan Karimberdiboy, Amirqulboy, Islomboylar ham bu ko’rguliklardan iztirobga tushishadi. Na chora o’sha davru zamon siyosati bilan hazillashib bo’lmas edi. Kenjaqulboyni musodara etilgan mollari davlatga topshiriladi o’zini esa Toshturmaga tashlaydilar. Kenjaqulboy o’sha yerda 1949 yilda 64 yoshlarida vafot etadi. U kishi bilan birga bo’lgan sayroblik Boqijon eshon turmadan qaytib kelib otalarini o’sha yerda vafot etgani boyni vasiyatlari u kishini otalaridan qolgan yashiringan qisman tillo va tanglarini joyini farzandlariga yetkazadi. Ayrim adolatpesha hamqishloqlar u kishini gunohsizligini isbot etish uchun ko’p harakatlar qilishadi. Biroq, atrofdagi ayrim g’alamislarni noto’g’ri ma’lumotlari ko’raolmaslik hissiyotlari bois bitta inson taqdiriga nuqta qo’yiladi. Chunki Kenjaqulboyni hech qanday aybi bo’lmagan. Keyinchalik bu ishlarni nomaqulchilik bo’lganligi xalqimizga nisbatan adolatsizliklar bo’lganligini tarixni o’zi isbotladi. Hozirda bu sulolanni farzandlari naberalari aberalari xalqimizni asil farzandlari sifatida mustaqil O’zbekistonda jonkuyarlik bilan ishlab yashamoqda. O’zini yaxlit aqlu zakovati mehnati bilan ishlab yashagan kambag’alparvar xalqparvar boy badavlat bo’lgan Kenjaqulboy xotirasi farzandlari naberalari albatta xalqimiz qalbida mangu saqlanadi. Download 304.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling