Jumaqul Amonov 1905-1973
Download 304.5 Kb.
|
Искандари Дарбандий давоми
Maxsum Abbos kim bo’lgan.
Mullo Abbos Tojikistonda tug’ilgan. Mashhur inson Mullo Sulton darbandiyni Tojikiston da Musofir mullo nomi bilan mashhur bo’lgan insonni yakkayu yagona o’g’li bo’lgan. Mullo Sulton ustod Kosim Muhammadiyni bayon etishilaricha u kishi Tojikistonda mashhur mullo qatorida polvon ham bo’lgan. O’zini baquvvatligi orifligi bois o’sha yerda uylanib ikki qiz va bir o’g’ilni dunyoga keltirib ularni ham tarbiyalab jamiyatni eng peshqadam insonlari bo’lib yetishishlariga erishgan. Mullo Abbos ham o’sha davrni katta maktabdorlaridan ilm o’rganib Tojikistonda akademik mullo sifatida tanilgan insonlardan biri edi. U kishini din ilmidagi izlanishlari fikri mulohazasi eng muhimi dinni to’g’ri tushunishi va uni targ’ibotiga ham e’tibor berib shogirdlarni tayyorlashi ularni dunyoqarishini birgina din ilmida emas dunyaviy bilimlarni ham o’rganishiga e’tibori xullas kelajagimiz bo’lgan yoshlarga e’tibori baland va yetuk mukammal dinshunos olimlardan biri bo’lgan. Mullo Abbos sho’rolar davrida o’z qarindosh o’rug’larini izlab Darbandga kelib qarindoshlarnikiga mehmon bo’lib bordi keldini uzmasdan yashagan. Biroq, 1992 yilda Tojikistondagi siyosiy vaziyatni murakkablashuvi chog’larida Mullo Abbos ham o’z ota yurti Darbandga kelib bir muddat yashadi. Ustozimiz Qosim Muhammadini yozishicha dinu diyonatdan yiroqlashgan yoshlarni tarbiyalashga ularni yaxshi yo’lga hidoyat etishga salmoqli hissa qo’shgan hamqishloqlardan biri edi. Maxsum Abbos Darband qishlog’ida yashagan chog’lari ko’p so’hbatlarida bo’ldik, U kishidan din sohasida savollar berib mukammal javob oldik. Darband ulamolari u kishini bilimdonligi zukkoligi olimligimdan hayratga tushishdi. Demakki ilmni hifz etib uni boshqalar bilan baham ko’rish o’rgangan narsani shogirdlarga bas butun yetkazish ham olijanob qadriyatlardan biri bo’lgan. Tojikiston vaziyati barqarorlashgandan so’ng 2007 yildan keyin Maxsum Abbos o’z vatanlariga borib o’sha yerda qozo qilganlar. Tojikiston qabristoniga dafn etilgan. U kishidan zuryod qolmagan. Rafiqalari Mohbonuni qarindoshi bo’lmish Muhammad Mo’soni yoshligida o’z tarbiyalariga olib shogird farzand sifatida voyaga yetkazganlar. O’z umrini faqat yaxshilik bilan o’tkazgan Vatan sog’inchi bilan yashagan darband ahlini musulmonchilikkka bo’lgan e’tiqodini barqaror etishga xizmat qilgan, Tojikiston Respublikasini peshqadam toqvodorlaridan biri bo’lgan Maxsum Abbos xotirasi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi. Bu sulolar haqida darbandlik jurnalist Nurali Rajab maqollalarini ham kitobga joylashtirishga erishdik. Ustozi A’zam! Sizdan iltimos “Mansur Arbob kim bo’lgan “ maqolani tahrir qilib kitob boshiga qo’yib qo’ying. Darbandni qadamjolari, daryolari, ko’prigi” ham boshiga qo’ysangiz bo’ladi. Faqat iltimos o’sha kitobda Download 304.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling