Jumaqul Amonov 1905-1973


Download 304.5 Kb.
bet28/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

U. Karaev



Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tillarni ӯqitish metodikasi ” kafedrasi katta ӯqituvchisi


Ustoz Turdimurodiy!!! Bu ma’lumotlaro so’ngisi bo’lsa kerak. Endi faqat g’ayrat sizdan omad bizdan.Iloho sog’u saloat bo’lib o’tkir tig’li qalamingiz aslo sinmasin. O’zingiz uzoq yashang. Halol mehnatingiz Alloh tomonidan ajr etilsin. I.Mirzo
Qarev Jo’ra 1926-1998
Jo’raeva Ro’zigul 1928-2014
Qaraev Jӯra 1926 yilda tug’ilgan. U kishining otalari Shahrisabz va Buxorodagi birnechta madrasalar qurilishida ishtirok etgan mashhur duredgar (najjor) va sangtaroshUsta Qara bӯlgan. Darbanddagi 11-sonli umumta’lim maktabi hududlarida birpaytda sinfxonaga aylantirilib keyin buzib tashlangan Masjidi Safed sajdagohi marmar ustunlarini shu kishi bezaganlari va shu masjidni qurganliklari haqida oqsaqollar naql qilishardi. RahmatliAbdullo Sag’iraev hayotlik paytlarida u kishi hunarini madh etib yozilgan quyidagi misralarni chiroyli ohang bilan kuylardilar:
Boshlig’imiz – Usto Qara,
Yeganlari gӯshti bara,
Qilgan ishlaridir sara...

Qaraev Jӯra oilaning to’rtinchi farzandi bo’lganlar. Malik ismli akalari nomdor polvon bo’lgan ekan. Qishloq oqsoqollari u kishini mag’lubiyat nimaligini bilmay o’tgan polvon sifatida yodga olishardi. Aynan u kishi hech qachon ekin ekilmagan Sari Mask lalmi yerlarini juft ho’kiz yordamida shudgor qilgan ekanlar. Afsuski, u kishidan voris qolmagan. Ikkinchi akalari – Jumaqul jamoa xo’jaligi ekinzorlarida ishlab turgan paytlarida taxminan appenditsit teshilishi oqibatida olamdan ko’z yumganlar. Tibbiyot yaxshi rivojlanmagan davrda tezda yordam ko’rsatish imkoni bo’lmagan, shekilli. U kishidan bir qiz yodgor qolgan edi. Yagona qizlari – Noyob (Dushanbe shahrida yashaydigan Shayqul Hamroqulov bilan oila qurgan edilar) o’tgan yili bandalikni bajo keltirdilar. Uchunchi akalari – Ramazon ikkinchi jahon urushi yillarida jang maydonida qattiq jarohatlanib, suv ichida uch kechayu kunduz hushsiz qolib ketgan ekanlar. Frontdan qaytib kelganlaridan keyin biroz muddat o’tgach u kishi ham olamdan o’tadi.


Qaraev Jӯra 13 yoshda va ukalari –Tӯra Qaraev 6 yoshda bӯlgan paytlarida otalari olamdan ӯtgan. Hali balog’at yoshiga yetmaganliklariga qaramay ӯsha yilda jamoa xӯjaligida mehnat qilishni boshlaganlar. U kishining turmush ӯrtog’lari –1929 yilda tug’ilgan –Jӯraeva Rӯzigul bӯlgan. Jӯraeva Rӯzigul katta chorvador va mulla – Mahmudqulboy oilasida tug’ilgan. U kishi boshlang’ich sinflarda ӯqib yurgan paytlarida otalari Stalin qatag’onlari qurbonlaridan biri sifatida Rossiyaning Yaroslavl viloyatiga surgun qilinadi. Chorva mollarining boshi Chӯlbayir tog’ chӯqqilarida va adog’i Darband daryosida bӯlgan mahalliy boy jamoa xӯjaligida sobiq choryakkorlari bilan ishlashni xohlamaganligi sababli surgun qilingan va mol-mulki davlat tomonidan tortib olingan ekan. Jӯraeva Rӯzigul uchinchi sinfda ӯqib yurgan paytlarida mol-mulki tortib olinganini eshitgan otasidan she’riy bir maktub oladi:
Yaroslavlga keldi xabar,
G’amim bӯldi undan ba(d)tar,
Kӯzlarimdan yoshlar oqib,
Yurak bӯldi xuni jigar...
Mahmadqulboy kasalligi sababli surgundan ozod etiladi va qishloqqa qaytib kelganidan keyin kӯp ӯtmay olamdan ӯtadi. Shahrisabz madrasisida ӯqib yurgan yosh tog’asi bolshevik askarning “Stoy!” degan buyrug’ini tushunmay ӯz yӯlini davom ettirgani uchun otib tashlangani, yana bir tog’asi qahatchilik yillarida Denov yӯlida olamdan kӯz yumgani va otasining ӯlimidan keyin Jӯraeva Rӯzigul yosh beva qolgan onasi va opasi bilan qiyin kunlarni boshdan kechira boshlaydilar.Jӯraeva Rӯzigul ham maktabni bitirmay jamoa xӯjaligiga ishga kirishga majbur bӯlgan ekanlar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Qaraev Jӯra harbiy xizmatga borib, uch yillik askarlikdan qaytib kelganlaridan keyin Jӯraeva Rӯzigul bilan oila quradilar. Erta yetim qolib, maktabda tӯliq ta’lim ololmagan Qaraev Jӯra birinchi navbatta ukasi – Qaraev Tӯraning ӯqib oliy ma’lumot olishi uchun harakat qiladi. Qaraev Tӯra Qarshi pedagogika institutiga hujjat topshirib, uqishga kiradi. Qaraev Tӯra ӯtkir zehnli va iste’dodli talaba bӯlgan. Shuning uchun institutni bitirganidan keyin ishga olib qolishadi va umrining oxirigacha Qarshi shahrida yashab turli lavozimlarda faoliyat kӯrsatgan va yuzlab darbandiylarning oliy ma’lumotli bӯlishlariga katta hissa qӯshgan. Qaraev To’ra 1994 yilda vafot etganlar.
Qaraev Jӯra 1998 yilda, Jӯraeva Rӯzigul esa 2014 yilda olamdan o’tganlar. Qaraev Jӯra va Jӯraeva Rӯzigul oilalarida sakkizta farzand dunyoga kelgan. Ikkinchi farzandlari 1957 yilda tug’ilgan Jo’raeva Iqbol edi. 2017 yilda vafot etganlar. Jo’raeva Iqbol Akbar Shodimahmatov bilan oila qurgan edilar. Kichik farzandlari – Ahror uch yoshda bo’lgan paytda Akbar Shodimahmatov bir muddat davom etgan kasallik oqibatida 1997 yilda vafot etganlar. Bu oiladan yetti nafar farzand qolgan. Akbar-aka vafotidan keyin Jo’raeva Iqbol bor vujudi bilan farzandalarining bekamuko’st yashashlari uchun harakat qildi. Hozir hamma farzandlari uyli-joyli bo’lib ketishgan va turli sohalarda faoliyat ko’rsatishmoqda.
Oilaning to’rtinchi farzandi – Jo’raeva Salomat 2000 yilda olamdan o’tgan. U kishining to’rt farzandlari Qarshi shahrida istiqomat qilishadi.
Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling