Jumaqul Amonov 1905-1973
Mana o’shal bog’u bo’ston
Download 304.5 Kb.
|
Искандари Дарбандий давоми
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iskandar Mirzo Tangriqulov Karim 1938-1994
Mana o’shal bog’u bo’ston,
Mana o’shal daryo ravon, Sen qolursan, biz keturmiz.” ( Polvon Shoimov, “Darband-qadimiy makon” tarixiy asari 24-27 sahifalar” Ha, hamyurtimiz hamqishlog’imi Polvon Shoimov o’z umri davomida Darband qishlog’ini ta’rixi uni odamlarini kelib chiqishi uni daryoyu soyi jilg’alari xullas, tarixiy qadamjoylarini qadam ba qadam kezgan ota-bobolaridan meros qolgan bu diyorni tarixini ro’yobga chiqarish kelajak avlodga boqiy meros qoldirish uchun ko’p harakatlar qilgan.Ahsant!!! Hatto Hozirgi vaqtda ham bu ko’priklar Darband xalqiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa darband darasida qurilgan ko’prigi Qulmuhammadini avlodlari Murodboy va Narzullo Ashurovlar ko’p marotaba bobolaridan meros qolgan ko’prikni ta’mirlaganlar. U kishini farzandlari nabirlari Juma, Sayfiddin Ashurovlar hamda nabra ivaralari Jahon va Jovidlar ham hozirgi davrda ushbu ko’prikni o’z vaqtida ta’mirlashga munosib hissa qo’shmoqdalar. Demakki hoirgi avlod va kelajak avlodlarimiz ham ajdodlarini ezgu ishlarini unutmaydilar va bunday tarixiy ishlarni ezgu tashbbuslarni amalga oshirishga kamarbasta bo’ladilar degan umiddamiz. Iskandar Mirzo Tangriqulov Karim 1938-1994 Darband qishlog’ida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab Denov tumanida borib haydovchilik kursini tugatib Qumqo’rg’on tumanidagi avtobazada ishlagan. Keyinchalik uylantb Muzrabot tumaniga ko’chib kelgan. Muzrabotda Ural ZIS avtomashinasi bilan xalq xizmatini bajargan. 1977 yilda darbandga ko’chib kelib Termiz shahridagi o’sha davrdagi mashhur avtobaza №25-10 da ishlab keyinchalik Termiz Trans-Agentstvo avtabozasida haydovchi bo’lib ishlagan. U kishini davrida ko’p hamqishloqlar ushbu bazada haydovchi bo’lib katta Kamaz avtomashinalarini boshqargan. O’sha Karim aka ishlagan davrda bu avtobazada Shodi Mirzoev va Mixaylov deganlari rahbarlik qilgan va hamqishloqlarimizni ish bilan mashina bilan ta’minlashda salomoqli hissa qo’shgan rahbarlardan bo’lgan. Karim aka yoshlikda baquvvat chaqqon o’ta xushsurat odamshavanda eng muhimi mehrubon va kamtarin inson bo’lganlar. U kishini texnikaga mehri shunchalikk kuchli bo’lganki mashinasiga o’tirgan odam u kishini haqiqiy haydovchi ekanligini tezda payqagan. Chunki tozalik ozodalikka rioya qilgan. Mashina kabinasini pardozlashga ahamiyat bergan. Diltortar suxbatlari odamni kunglini ko’tarib faqat yaxshi gaplarni gurunglarni qiladigan bu hamqishlog’immiz hamesha xalq xizmatini sharaf bilan ado etishga tolmagan. Shundanmi ko’pchilik hamqishloqlar bu insonga ixlos qo’yib uni oilasi farzandlariga haligacha otasini yaxshi odami bo’lganligini aytishadi yodga olishadi. Ha, mashina boshqarish xatolikka yo’l qo’ymaslik yo’l harakati qoidalariga amal qilish eng muhimi inson hayotini muhofazasi o’ziga tegishli vazifalarni o’z vaqtida bajarishga alohida mas’uliyat bilan yondoshgan. Rafiqasi: Normurodova Zurmatbibi (1938-2007) ham Karim aka bilan tinch-totuv oila barpo etib ahil ittifoq yashagan. Yoshlikda xo’jalikda g’alla o’rim yig’imi va boshq qishloq xo’jalik ishlariga ishlab peshqadam ishchilardan biri bo’lgan. Keyinchalik turmushga chiqib solih farzandlarni dunyoga keltirib ularni uyli-joyli qilishga harakat qilib orzu umidlariga erishgan onaxonlardan biri edi.. Farzandlari: Ravshan, Hurbibi, Maysara, Baxtigul, Baxtiyor, Otabek. Hamesha yaxshilik sari intilgan odamlarga butun mehrini berib xalq xizmatida bo’lgan hamqishlog’imiz yodi farzandlari va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi. Download 304.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling