Jumaqul Amonov 1905-1973


Tangriqulov Abdurahim (1934-2014)


Download 304.5 Kb.
bet25/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Tangriqulov Abdurahim (1934-2014)
Bu inson haqida yozish maroqli. Negaki bir cho’ponlik kasbi bilan xalq orasida ma’lum va mashhur bo’lib sho’rolar davrida Markazqum raisi atalmish O’zbekiston Respublikasi Kompartiyasi birinchi kotibi mo’htaram inson Sharof Rashidov bilan uchrashib uni o’z qo’lidan mukofot olgan hamqishloqlardan biridir. Ha, bu gaplarni hech bir mubolag’asi yo’q. Bir besavod toshni ichida katta bo’lgan cho’ponlikni ixtiyor etib davlat rejalarini ortig’i bilan bajarishga erishgan va sobiq markazqumni nazariga tushib uni sovg’asiga musharraf bo’lgan insonga qoyil qolmasdan ilojimiz yo’q. Zero, butun umrini cho’ponlik kasbiga baxshida etgan hamqishlog’imiz hamesha xalq oldida yorug’ yuz bilan yashadi. O’n uch nafar farzandni dunyoga keltirib ularni barkamol voyaga yetkazishga uyli-joyli qilishga erishdi. Hamisha xalq bilan uni yaxshi yomon kuniga birga bo’ldi. Hamesha yaxshilik sari intildi va yaxshilarga ergashib kam bo’lmadi. Obro’y topdi. Farzandlarini ham halol pok yashashga o’rgatdi.
Ha, bugungi mustaqillik davrida o’zgargan Darband qiyofasini o’z ko’zi bilan ko’rdi.U kishi bilan gazetada maqola tayyorlash jarayonidaAburahim bobo qiyinchilik davrlarida 1950 yillarda boshlab Koskak, Yalg’uzbuloq, Machay, Qizilnavr, Qarog’ut, Qunoqpoya, Dani Qajirxona, Dani Tollida mol boqqanlarini eslab kungli buzildi. U vaqtlar bir katolak suv olib yurish qiyinligini esladi. Vatanimiz istiqlolga erishganiga shukronlar keltirdi. Ha, u ko’pgina davlat mukofotlarini oldi. “Jiguli” avtomobili, “Vasxod” mototsikli bilan taqdirlandi. Bir necha orden medallar sohibi bo’ldi. Qilgan mehnati evaziga to’q farovon yashadi. Shu kunlarga yetkazgan Allohga shukronalar keltirdi. Eng muhim o’zini orzulariga yetishdi. Jumagul aya bilan baxtli hayot kechirdi. O’zini xushmuomalasi kamtarligi bilan el orasida tanildi. Ota-bobolaridan qolgan cho’ponlik tayoqini xor qilmadi. Ajdodlar o’gitiga quloq tutdi. Xayrli ishlarni amalga oshirdi. Kambag’alparvar elparvar inson bo’lib yetishdi. Harbir ishni aql torozisida o’lchab amalga oshirishga odatlandi. Har bir kishiga tavoze’ bilan muonosabatda bo’ldi. Bugungi kunda uni nomini hamqishloqlar yaxshilik bilan yod etadi.
Rafiqasi Tangriqulova Jumagul. Bu aya ham tog’u cho’lda, dashtu biyobonda shu inson bilan birga bo’lib mehmon kutib mehmon kuzatib bir burda topgan halol rizqini xalq bilan baham ko’rgan onaxonlardan bo’lgan. Xudo bu onaxonga uzoq umr berdi . Hozirda farzandlar ardog’ida qarilik gashtini surmoqda. Iloho umrlari uzoq bo’lsin. Farzandlari: Robiya, Roziya, Anora, Islom, Imom, Barchinoy, Xolbeka, Jumaqul, Xolida, Ismat, Abdusattor, Abdujabbor, Abdug’affor. Xalqimizni aziz farzandi o’z kasbu korini mutlaqo qaxramoni bo’lgan hamqishlog’imiz xotirasi farzandlar nabiralar qalbida mangu yashaydi.
Ustod Turdimurod! tojikcha tarjima qilsak Barxestmurod bo’ladi mana shu yozuvlarni Muhamadiev Hasan tug’ilgan yili yo qirq yo qirq birinchi yil tarjimayi holi to’liq o’zbekcha yozilgan shuni tayiga joylshatiring iltimos!!



Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling