Elastomerlarni mexanik xossalarini o'rganish anvarov Abdusattor Akbarjon o’g’li Andijon Mashinasozlik instituti myamt yo’nalishi 3-kurs talabasi
Download 30.91 Kb.
|
ELASTOMERLARNI MEXANIK XOSSALARINI O\'RGANISH
ELASTOMERLARNI MEXANIK XOSSALARINI O'RGANISH Anvarov Abdusattor Akbarjon o’g’li Andijon Mashinasozlik instituti MYAMT yo’nalishi 3-kurs talabasi Ataxonova Sayyoraxon Andijon Mashinasozlik instituti katta o’qituvchisi Bugungi kunda dunyo miqyosida organik materiallar asosida olinayotgan buyumlar turlari 80 mindan oshib ketdi. Ular asosida ishlab chiqarilayotgan buyumlarning teng yarmini avtomobil shinalari, uchdan bir qismini har xil sharoitda ishlatiluvchi rezina-texnika buyumlari tashkil etadi. Undan bir qismini esa rezina poyafzal va xalq xo’jaligida ishlatiluvchi va boshqa buyumlar (meditsinada ishlativchi, o’yinchoqlar, sport anjomlari, uzatish lentalari va remenlari, rukava, rezina surkalgan matolar va ular asosida olingan buyumlar) tashkil qiladi. Rezina-texnika buyumlarini asosiy miqdori avtomobilsozlikda, suv va havo transportlarida ishlatiladi. Hozirgi vaqtda zamonoviy avtomobillarni 600 dan ortiq buyumlari kompozitsion organik materiallardan tashkil topgan va uning umumiy og’irligi 120 kg tashkil qiladi. Demak yuqori texnologik va texnik xossalarga ega bo’lgan organik kompozitsiya materiallar tarkibi va olish texnologik jarayonlarini yaratishga ilmiy tadqiqotlar yo’naltirilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin kimyo sanoati rivojlanishiga aloxida etibor qaratilib, bu borada maxalliy mineral xomashyolarni fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash, qayta ishlash usullarini ishlab chiqish, ularni qo’llab kompozitsion organik materiallar tarkibi va ular asosida har-xil sharoitlarda ishlatiluvchi raqobatbardosh rezinatexnika buyumlari, shina olish texnologiyalarini yaratish borasida keng kamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda jaxon miqyosida kauchuk va ingredientlarni yangi avlodini yaratish va ular asosida kompozitsion elastomer materiallar tarkibi va buyumlarini olish ustida bir qator ilmiy ishlar olib borilmoqda: nanozarrachali organik va noorganik to’ldiruvchilarni yaratish; mineral to’ldirgichlarni organik oligomerlar bilan modifikatsiya qilish texnologiyasini yaratish; organik tezlashtirgichlar sintezi; spetsifik xossaga ega bo’lgan kompozitsion elastomer materiallar tarkibini tuzish; kompozitsion elastomer materiallar uchun dispergator va plastifikatorlar yaratish; elastomer kompozitsiyalar asosida nanomateriallar va ular asosida buyumlar olish tarkibi va texnologiyasini yaratish dolzarb yo’nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Elastomer kompozitsiyalari tarkibi va olish texnologiyasini yaratishga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: kompozitsion elastomer materiallar uchun modifikatsiya qilingan yuqori strukturaga ega mineral to’ldirgichlar olish texnologiyasi yaratilgan (Tokyo Institute of technology, Yaponiya); sirt faol moddalar bilan modifikatsiya qilingan to’ldirgichlar qo’llash asosida elastomer kompozitsiyalari tarkibi va olish texnologik jarayoni yaratilgan (Cflifornia Institute of technology, AQSH); kauchuklar kombinatsiyasi va tolali to’ldirgichlar qo’llab maxsus xossaga ega bo’lgan material taklif qilingan (Rezina ishlab chiqarish ilmiy tekshirish instituti, Rossiya); maxsus xossaga ega bo’lgan organik materiallar olish uchun azot biriktirgan moddalar bilan modifikatsiya qilingan to’ldirgichlar ishlab chiqarishga qo’llanilgan (Polimerlar fizika va kimyosi instituti, Ukraina), Mineral to’ldirgichlarni strukturasini issiqlik bilan ishlov berish usuli bilan o’zgartirish texnologiyasi taklif etilgan (Toshkent kimyo-texnologiya instituti, O’zbekiston). Dunyoda maxsus xossalar ega bo’lgan kompozitsion organik materiallar olish va ularni fizik-kimyoviy, texnologik, texnik va ekspluatatsiya xossalarini o’rganish bo’yicha qator, jumladan, qo’yidagi ustivor yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: mineral to’ldirgichlarni issiqlik bilan ishlov berish jarayonida tuzulish o’zgarib, nisbiy solishtirma yuzasini, moy shimishini va erkin radikallar miqdori oshishi qonuniyatlarini aniqlash; kauchuk makromolekulalari va modifikatsiya qilingan mineral to’ldirgichlar yuzasi, struktura ko’rsatgichlari, o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash; yuqori elektr qarshishga va radiatsiyaga chidamli organik kompozitsion materiallar aralashtirish jarayoniga va vulkanlash strukturasi hosil bo’lishiga, zarrachalar yuzasidagi organik appret katlami axamiyatini aniqlash; kompozitsion elastomer materiallar asosida nanokompozitsiyalar yangi avlodini yaratish. Ishlatish sohasiga ko‘ra rezinalar umumiy ishlarga mo'ljallangan va maxsus turlarga bo‘linadi. Birinchi guruhga kiruvchi rezinalar havoda, suvda, kislota va ishqorlaming kuchsiz eritmalarida ishlay oladi. Ularni tabiiy kauchukdan ham, sintetik kauchukdan ham olish mumkin. Ulardan shinalar, tasmalar, transportyor lenta- lari va hokazolar tayyorlanadi. Alohida xossalarga ega bo‘lgan (neft mahsulotlari ta’siriga chidamli juda yuqori va juda past haroratda ishlay oladigan va hokazo) rezinalar maxsus rezinalar deb ataladi. Tabiiy kauchukdan olinadigan texnik rezinalaming cho‘zilishga mustahkamligi va elastikligi yuqoridir. Tabiiy kauchukdan olinadi¬gan xom rezina yelim yordamida yaxshi yopishadi. Ular 60 °C dan 100 °C gacha haroratda ishlay oladi. Bundan ortiq qizdirilganida kauchuk yumshaydi va ekspluatatsion xossalarini yo‘qotadi, past haroratda esa mo‘rt bo‘lib qoladi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezinaning asosiy qismi traktor va avtomobil shinalarini tayyorlashga sarflanadi. Butadiyenstirol (CKC, CKMC) va izopren kauchuklar (СКИ) asosida olingan rezinalar yaxshi xossalarga ega. Ular cho‘zilishga mustahkamli¬gi, yemirilishga chidamliligi bilan farq qiladi. 80-100 °C haroratda ishlay oladi, sovuqqa chidamliligi yuqori (minus 75°C gacha). Kauchuklaming mexanik xossalari (ayniqsa, elastikligi) tabiiy kauchuklarnikiga yaqin bo‘lgani uchun kordga mustahkam birikadi. Mexanik mustahkamligi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi qo‘yiladigan talablarga javob beradigan maxsus shinalar divenil kauchuklar (СКД) asosida olinadigan rezinalardan tayyorlanadi. Bu kauchuklar yuqorida aytilgan xossalari bo‘yicha tabiiy kau- chuklardan ancha ustun turadi. Kameralar, shuningdek, kamerasiz shinalar jipslovchi qatlamini tayyorlash uchun gaz o‘tkazmaydigan va kislorod ta’siriga chidam¬li rezinalar kerak bo‘ladi. Butilkauchuklar (СКБ) bu talabga javob beradi. Ularning mexanik mustahkamligi yaxshi bo‘lishi bilan birga issiqqa chidamliligi yuqori (120°C gacha). Poliuretan kau¬chuklar ham yuqorida keltirilgan xossalarga ega, bundan tashqari, azon va neft mahsulotlariga chidamlidir. Ulardan almashtiriladigan protektorli shinalar tayyorlanadi. Moy, benzin ta’siriga chidamli rezinalardan erituvchilarga tegib ishlaydigan tasmalar, shlanglar, zichlash qistirmalari, manjetlar va boshqa detallar tayyorlanadi. Ular yonilg‘i va moyda ko‘pi bilan 1- 3 foiz shishadi. Nairitdan olingan moy, benzinga chidamli rezinalar (xloropren kauchuk) keng tarqalgan. Bu rezina oltingugurtsiz harorat ta’sirida vulkanizatsiyalanadi. Nairit asosida olingan rezinalar neft mahsulotlari muhitida 120-130°C gacha haroratda ishlay oladi. Ular elastik, tezda eskirmaydi. Butadiyennitril kau¬chuk (CKH)dan tayyorlangan rezinaning ekspluatatsion xossalari yana-da yaxshiroq. Bundan tashqari, ular suyultirilgan kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli hamdir. Ko‘pgina hollarda yuqori harorat ta’siriga yaxshi chidash beradi- gan rezinalar kerak bo‘ladi. Ular, asosan, minus 60°C dan +300°C gacha harorat doirasida uzoq muddat ishlay oladigan kremniyor- ganik kauchuklardan (CKT) olinadi. Yuqori dielektrik xossalarga ega. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, sernam sharoitda ham ekspluatatsion xossalari o‘zgarmaydi. Shuning uchun ulardan tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi. Ularning neft mahsulotlarida tez erishi katta kamchiligidir. Bu kamchilikni kauchuk molekulasiga ftor atomini qo‘shib yo‘qotish mumkin. Bunda СКФ kauchuk olinadi. Bu kauchuk yonmaydi, issiqqa chidamli (300°C gacha), gidrotizim shlanglar birikmalarini ishonchli, samarali zichlash uchun ishlatiladi. Pnevmatik shlang- larni ta’mirlashda vulkanizatsiyalanmagan materiallar chiqariladi. Ularga protektorli profillangan rezinalar kiradi. Ular yurish yo‘li yoki to‘la profilli protektor hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bu materiallarga qatlamli jipslovchi kamerabop rezina listlar ham kira¬di. Ular kamerasiz shinalar va kameralami ta’mirlashda ishlatiladi. Xom rezinadan elastik rezina olish uchun uni 140-150°C harorat¬gacha qizdirish (yaxshisi, bosim ostida) kifoya. Rezina buyumlarni armirlash. Rezina detallaming mustah-kamligini oshirish uchun ular boshqa puxtaroq (gazlama, simli karkas, metall tolalari) elementlar (armaturalar) bilan kuchaytirila- di. Buning natijasida olinadigan rezina buyumning mustahkamligi rezina tarkibidagi armaturaning mustahkamligiga asosan aniqla¬nadi. Armirlangan rezina detallarning cho‘zilishdagi elastikligi sof rezinaning elastikligidan sezilarli darajada kam bo‘ladi, ammo ularning egilish va siqilishdagi talab etilgan chegaradagi deformat- siyalanish xususiyatlarini saqlab qoladi. Avtomobillarda ishlatiladigan armirlangan rezina buyumlar jumlasiga rezina-gazlamali shlanglar, uzatish tasmalari va boshqalar kiradi. Avtomobil pokrishkalari avtomobillarda ishlatiladigan qimmatbaho va juda katta talablar qo‘yiladigan armirlangan buyum bo‘lib, ularni tayyorlashda maxsus gazlamalar - kord, chefer va boshqalar- dan foydalaniladi. Karkasning, pokrishkalar bortining shikastlangan joylarini ta’mirlash, karkasning shikastlangan joylarini kuchaytirish uchun rezina qo‘shilgan kord, rezina qo‘shilgan chefer va plastirlar kabi materiallardan (rezina qo‘shilgan korddan tayyorlangan xochsimon yamoqlardan) foydalaniladi. Ta’mirlanadigan pokrishka karkasi tayyorlangan korddan foydalanish tavsiya etiladi. Ayniqsa, kapron tolalardan tayyorlangan korddan foydalangan ma’qul, chunki u mustahkam bo‘lgani uchun yamoqning qalinligi va massasini ka-maytirish mumkin bo‘ladi, g‘ildiraklarning titrashi kamayadi. Download 30.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling