4-mavzu: Qishloq xo‘jaligi traktori Reja: Traktorning vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni


Download 329.17 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi329.17 Kb.
#1246387
  1   2   3
Bog'liq
4- mavzu


4-mavzu: Qishloq xo‘jaligi traktori
Reja:
1. Traktorning vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni;
2. Traktorlarning tasniflanishi va ularni qishloq xo‘jaligida qo‘llanishi.

Tayanch iboralar: traktor, dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, ishchi jihozlari, g‘ildirakli va zanjirli traktor, traktor turlari.


4.1.Traktorning vazifasi, tuzilishi va
ishlash jarayoni
Traktor-g‘ildirakli va zanjirli o‘ziyurar mashina bo‘lib, qishloq xo‘jalik mashinalarini ko‘chib yurishini ta’minlash va uning ishchi qismlarini xarakatga keltirish uchun xizmat qiladi.
Traktorlar halq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llaniladi. Ular qishloq xo‘jaligida, qurilish va yo‘l ishlarida, o‘rmon xo‘jaligida, erlarni o‘zlashtirish va sug‘orish, yuklarni tashish ishlarida foydalaniladi.
Traktorlar o‘zaro bog‘langan turli mexanizmlardan tuzilgan bo‘lib, quyidagilardan (1.4-rasm):dvigatel,transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmlari, ishchi jihozlardantashkil topgan.

a) b)
1.4-rasm. Traktorlarning tuzilishi: a-g‘ildirakli; b-zanjirli;
1- dvigatel; 2-transmissiya; 3-orqa g‘ildirak; 4- oldingi g‘ildirak; 5-o‘rnatish qurilmasi; 6-kabina; 7- boshqarish mexanizmlari; 8-quvvat olish vali; 9- zanjirli yurish qismi.


Traktorlar o‘zaro bog‘langan turli mexanizmlardan tuzilgan bo‘lib, quyidagi asosiy qismlardan: dvigatel 1, transmissiya 2, yurish qismi(orqa 3 va oldingi 4g‘ildiraklar), o‘rnatish qurilmasi 5, boshqarish mexanizmlari 6, ishchi jihozlar 3 va 7 dan iborat.
Dvigatel – bu issiqlik, elektr, gidravlik kabi energiyalarni mexanik ishga aylantirib beradigan mashinaga aytiladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chikarishida asosan zamonaviy traktorlardan foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.
Transmissiya- dvigatelning tirsakli valida hosil bo‘lgan burovchi momentini traktorning yurish qismiga o‘tkazib beradi. U quyidagi mexanizmlardan: ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, bosh uzatma, differensial, yarim o‘qlar va oxirgi uzatgichdan iborat.
YUrish qismi – oxirgi uzatmadagi aylanma xarakatni traktorning chiziqli xarakatiga aylantirib beradi. Buning tarkibi - g‘ildirakli traktorda asos, etakchi va etaklanuvchi g‘ildiraklar; zanjirli traktorlarda esa rama, etaklovchi yulduzcha, zanjir, osma, tayanch va yo‘naltiruvchi g‘ildirakchalardan iborat.

Download 329.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling