Eskalatorlarining texnik ko’rsatkichlari, avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari turlari. Reja


Download 136.5 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi136.5 Kb.
#1310682
Bog'liq
4-маьруза


Eskalatorlarining texnik ko’rsatkichlari, avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari turlari.


Reja:

  1. Eskalatorlar vazifasi va tuzilishi;

  2. Eskalator elektr yuritmasi motorining quvvatini tanlash.



Tayanch so’z va iboralar: eskalator, zinapoya to’ldirilish koeffisiyenti, yetakchi yulduzcha,tortish yulduzcha, avariya tormozi.

Uzluksiz ishlovchi transport mexanizmlarining yo’lovchilarni tashish uchun mo’ljallangan turi – bu eskalatorlar. Eskalatorlar metro bekatlarida, yirik mamuriy va savdo binolarda keng ko’lamda qo’llaniladi. Eskalatorlarni ikki turi mavjud: bir va ikki zinapoyali ishchi qismli. Asosan bir zinapoyali ishchi qismli eskalatorlar qo’llaniladi. Quyida 25.1-rasmda bir zinapoyali ishchi qismli metro eskalatorining kinematik sxemasi keltirilgan.



25.1-rasm. Bir zinapoyali ishchi qismli metro eskalatorining kinematik sxemasi (a) va zinapoyasining to’ldirilish koeffisiyentini zinapoyaning tezligiga bog’lanish grafigi

Zinapoyaning har bir zinasi (2) sharnirlar orqali ikkita tutashtirilgan zanjirlarga (9) bog’langan bo’ladi. Zanjirlar yetakchi yulduzcha (3) yordamida harakatlantiriladi. Zinalar maxsus moslama 7 ustida yo’naltiruvchilar 8 bo’yicha pastga tushadi. Yo’naltiruvchilar belgilangan nishab bilan o’rnatilganligi tufayli zinalar gorizontal qisimdan qiyalik qismiga ohista o’tishi va ularning doimo gorizontal holatda bo’lishi ta'minlanadi. Pastki yulduzchalar 10 zanjirlarni doimo tarang turishini ta'minlovchi tortuvchi stansiya bilan bog’langan bo’ladi. Yuqorida joylashgan yetakchi yulduzcha 3 vali zanjirli uzatish va reduktor R1 orqali yuritma D motori bilan bog’langan bo’ladi.


Eskalatorning yuritma stansiyasi ikkita ishchi tormoz 6 va bitta avariya tormozi 4 bilan jihozlangan. Har bir tormoz eskalatorning zinapoyasi to’liq yuklangan holatida normal tormozlanishini ta'minlashi kerak. Ishchi tormozlar motor oldida, avariya tormozi esa tortish yulduzchaning oldida o’rnatiladi. Yanada tormozlash jarayoni ohista bo’lishi uchun tormozlar maxsus moslama – yog’li dempferlar bilan jihozlanadi. Dempferlar birinchi tormoz ishga tushib, motor to’xtaganidan so’ng ikkinchi tormozning kolodkalari ishga tushishini ta'minlaydi. Tortish zanjirlari uzilgan holatda zinapoya qimirlamasdan turadi, chunki zanjirlar maxsus saqlagich shinalar yordamida mahkam qisib olinadi.
Asosiy yuritma motoridan tashqari eskalatorda qo’shimcha kam quvvatli D1 motor o’rnatiladi. Uning vazifasi eskalatorni yuklanmasiz bo’lganida, ya'ni ta'mirlash, xizmat ko’rsatish, qismlarini tozalash va yog’lash ishlarini amalga oshirish davrida sekin tezlikda harakatlantirish.
Eskalatordan foydalanishni qulay va xavf-xatarsiz qilish maqsadida zinapoyasining yon taraflarida harakatlanuvchi ushlagichlar o’rnatilgan. Ular zanjirli uzatma yoki tortish zanjirlarining asosiy motor reduktori orqali harakatlantiriladi. Ushlagichlarning tasmasini taranglashishini 11 va 12 qismlardan iborat bo’lgan taranglashish stansiyasi ta'minlaydi. Tasma 11 va 12 qismlar orasidan o’tganida taranglashadi. Bunda 11 qism metall moslama bilan qattiq bog’langan bo’ladi, harakatlanuvchi 12 qism esa yuk 13 ta'sirida tasma hosil qilgan sirtmoqni uzaytirishga intiladi va shu tufayli ushlagichlarning tasmasi doimo tarang bo’lishi ta'minlanadi.
Eskalator zinapoyasining tezligi 0,45...1 m/s oralig’ida tanlanadi. Odatda, ko’tarilish balandligi 4...65 metr va nishablik burchagi 30 gradus ko’rsatkichlarni ta'minlovchi eskalatorlarning samaradorligi yuqori bo’ladi.
Eskalatorlarning samaradorligi – bu bir soat mobaynida tashiladigan yo’lovchilar soni bilan o’lchanib, ko’tarilish balandligining qiymatiga bog’liq bo’lmasdan, quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
,
bunda - eskalator zinapoyasining to’ldirilish koeffisiyenti; E - bir zinadagi yo’lovchilar soni; – zinapoyaning harakatlanish tezligi, m/s; Z - zinaning eni, m.
Eskalator zinapoyasining to’ldirilish koeffisiyenti zinapoyaning harakatlanish tezligiga bog’liq bo’lib, 12.1, b-rasmda keltirilgan grafik bo’yicha aniqlanadi.
Eskalator yuritmasi motorining quvvati, kWt:
R = Qn sin 10-3/η,
bunda Qn - eskalatorning nominal yuklanishi, N; - eskalatorning nishab burchagi; η – eskalatorning FIK, hisoblanganda qiymatini 0,7...0,8 teng qilib olinadi.
Eskalatorning nominal yuklanishi Qn, N:
Qn = nc q,
bunda n – mo’ljallangan zinapoyadagi yo’lovchilar soni (odatda n = 2); s - eskalatorning nishabli tarafidagi zinalar soni;  - eskalator zinapoya-sining to’ldirilish koeffisiyenti; q–bir yo’lovchi massasi (700...800 N).
Download 136.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling