YUrish qismini tuzilishiga qarab: g‘ildirakli (3x2, 4x2, 4x4 ko‘rinishida); zanjirli va qisman zanjirli bo‘ladi.
Asosini tuzilishiga qarab: ramali, yarim ramali, ramasiz turlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan mashina-traktor agregatlarining asosiy energiya manbai sifatida turli quvvatlarga ega bo‘lgan hamda mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yoki xorijiy davlatlardan sotib olingan traktorlarkiradi.
Tavsiyaviy xulosa:Traktorlarni ishlab chiqarishda qo‘llashda birinchi navbatda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni tanlanishiga hamda ularni namunaviy texnologik kartalar va “Mashinalar tizimi”ga kiritilganligiga alohida ahamiyat berilishi kerak.
Nazorat savollari:
1. Traktorning vazifasi, tasnifi va tuzilishini ayting.
2. Qishloq xo‘jaligida bajariladigan qaysi ishlarni zanjirli traktorlar
bilan bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi?
3. Tanlangan traktorlarga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
4. O‘simliklar qator orasiga ishlov berishda qanday traktorlardan
foydalaniladi?
5. Fermer xo‘jaligi uchun traktorlarni tanlashda nimalarga e’tibor
berilishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |