Jumaqul Amonov 1905-1973


Download 304.5 Kb.
bet2/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Ibratli umr
Bu insonning Darband tarixida o’ziga yarasha nomi, maqomi bo’lgan edi. U qishloq taraqqiyotiga kam bo’lsa ham o’z hissasini qo’shgan hamqishloqlardan biridir. Negaki, uzoq yillar turli sohalarda sharaf bilan ishlab, o’sha davrning siyosatini ilgari surib, partiya qaerga boshlasa, o’sha yerda vazifalarni sidqidildan bajargan insonlardan biri edi u. Xalq uning hurmatini joyiga qo’yib, aytganlarini bekamu ko’st bajarishga harakat qilar edi. Chunki Darbandda Toshketnda o’qiganligi, undan so’ng oliy partiya maktabining tinglovchisi sifatida Tataristonning Qozon shahriga tahsil olganligini yaxshi bilishardi.
Ha, Amonqulboy farzandini ma’lumotli qilish uchun kurashishiga bir narsa sabab bo’lgan. Kunlardan bir kuni qishloqdoshlar bilan qandaydir ziyofatda o’tirishardi. Davrada ziyoli insonlar ko’p edi. Shunda Amonqulboyga ham so’z navbati kelib, o’z fikrlarini bildirdi. Shunda davrdoshlarning biri: “Siz bu haqda gapirmang, sizning bu sohada savodingiz kamroq”, deb ta’na qilib qoldi. Bu gapdan fig’oni falakka chiqqan Amonqulboy uyiga kelib o’zicha ont ichdi: “Demakki, u meni noto’g’ri tahqirladi. Mening shu noinsofcha savodim bor. Biroq men eski davrning odamiman. Meni “siz tushunmaysiz”, deb tahqir qilgani jon-jonimdan o’tib ketdi. Bilib qo’ysinki, men shuning ta’nasini yo’qqa chiqarishim uchun hamma farzandlarimni o’qitaman. Ularning buyuk kishilar bo’lib yetishishiga harakat qilaman”,- deb uch o’g’il, bir qizining savodini chiqarish, ularni o’qitishga bel bog’ladi. Va bu orzusiga yetdi ham.
Amonqulboydan uch o’g’il, bir qiz qolgan edi. Bu farzandlarning uchalasi ham Darband qishlog’ida o’zidan yaxshi nom qoldirgan, eski maktab savodini ham, yangi davr savodini ham o’zlashtirib, xalq, jamiyat uchun munosib xizmat qilgan insonlar bo’lib yetishdi. Ha, Jumaqulni partiya qaerga boshlasa, o’sha yerda sobitqadamlik bilan ishladi. Chunki uning barcha safdoshlari mas’ul vazifalarda ishlar edi. Ular Toshkentda birga o’qigan, keyinchalik Qozon oliy partiya maktabining tinglovchisi bo’lgan davrda ham do’stlar bir-birini qo’llab, jamiyatning ishini chala qoldirmasdan har bir ishni vijdonan bajarishga harakat qilardi. U paytlarda odamlar bir-birini g’irrom ishlardan qaytarib turardi. Jamoat nazorati kuchli edi. Hozirgidek “falonchini munchaga tushirdim, falonchidan buncha pora oldim”, deb do’stlariga maqtana olmasdi. Do’stlar ham, oila ham bunday insondan jirkanib voz kechib ketardi. Yakkalanishdan qo’rqqan kishilar bunday ishlar qilishga qo’rqardi. Shundanmi, 1940 yilda sodir bo’lgan bir voqea uning halolligini, pokligini yana bir karra namoyon etdi. O’sha yili qurg’oqchilik kelib, qishloqda ekin bo’lmadi. Havodan bir tomchi ham nam tushmasa, ekin qanday bo’ladi? Shunda uning g’animlari yuqoriga xat yozib: “Uning aybi bilan non taqchilligi sodir bo’ldi. U ichki ishlar xodimi sifatida bug’doy o’rimini tashkil etolmadi. Bug’doy talon-taroj bo’ldi”, - deb yozib berdilar. Uni so’roq qilib, olti yilga qamamoqchi bo’lishdi. Biroq u bug’doy rejasining to’lmagani qurg’oqchilikdan bo’lgani, ko’p joylarda yomg’ir yog’magani bois ekinlar talafot ko’rganini isbotlab, 9 oy deganda qamoqdan chiqib keldi.
Qamoqdan chiqib kelayotgan kuni ham qiziq voqea sodir bo’ldi. Darbandda o’sha kuni katta ko’pkari bo’layotgan payt jarchi xabar beradiki: “Jumaqul Amonov hozir hibsdan qaytib Boysun shahriga kelibdi. Darbandga qarab kelmoqda ekan”. Shunda ko’pkaridagi besh yuzdan oshiq ot va chavandozlarning teng yarmi ko’pkarini tashlab Chovdi guzari orqali Boysun tarafga enadi. “Oh, Darbandning Qirg’ayaki ( u kishini odamlar darband ahli yaxshi ko’rgani va so’zlarga loyiq ekanligi bois u kishini qirg’ayak, lochin, va boshqa ismlar bilan ta’rif etgan) sog’-omon kelyapti”, deb uni hurmat-izzat bilan kutib olishadi. Bu rivoyat emas, ayni haqiqat. Chunki Jumaqul qaysi sohada ishlamasin, xalq bilan birga xalq dardi, tashvishi bilan yashagan rahbarlardan biri bo’lgan.
Ha, do’stlar har bir davru zamonning o’ziga yarasha zalvorli yukini ko’targan, o’sha davr siyosatiga hamohang ish yuritgan odamlarni adolat va insofga hidoyat etgan insonlar har bir davru zamonda ulug’langan. Amonovni olqishlab hamqishloqlar hatto she’rlar yozgan, yaxshi xotiralar qoldirgan. Birgina Amonov emas, bunday insonlar shu mo’jazgina Darband qishlog’ida ko’pchilikni tashkil etadi.



Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling