Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
asosiy vositalar kirimining hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi.
- 1.O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga
- Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
- Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
- Ishning tarkibi.
- 1.1 Asosiy vositalarning hisob ob’ekti sifatidagi tavsifi va tasnifi. Asosiy vositalar
- Asosiy vositalarga quyidagilar kiradi: 1.Binolar
- 3.Uzatish qurilmalari
- 5.Hisoblash texnikasi
- 7.Uskunalar
- 9.Ofis mebeli va jihozlari
- 11.Ko‘p yillik o‘simliklar
- Asosiy vositalarning turlari
- Qo‘yidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi
- Asosiy vositalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyotlar tizimi.
- 1.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar tarkibi
- Asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab ularning boshlang’ich qiymatini tan olish.
- Asosiy vositalarning kelib tushish va ko‘payish manbalari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI “Buxgalteriya hisobi va audit ”kafedrasi “Moliyaviy hisob” fanidan
MAVZU: «ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING HISOBI» («O’ZBEKISTON MUDOFASIGA KUMAKLASHUVCHI “VATANPARVAR”»TASHKILOTI MISOLIDA)
Bajardi: ktb-112 guruh talabasi Temirov Baxriddin
Ilmiy rahbar: ass. Muxammadiyev Z. U. Samarqand – 2015
Kirish………………………………………………………………………….…..3 I.-Bob. ASOSIY VOSITALARNING MOHIYATI VA AHAMIYATI . 1.1.Asosiy vositalarning hisob ob’ekti sifatidagi tavsifi va tasnifi……………...5 1.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi harajatlar hisobi ……………………………………………………………………………………9 II-Bob ASOSIY VOSITALAR KIRIMINING HISOBI 2.1 «O’ZBEKISTON MUDOFASIGA KUMAKLASHUVCHI “VATANPARVAR”»TASHKILOTI foaliyatining umumiy asosiy vositalar kirimining kirimining hisobi……………………………………….…………....20 2.2. Asosiy vositalar kirimining xususiyatlari va hisobi ………………………..27 Xulosa va takliflar………………………………………………………………...36 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………..38 Ilovalar…………………………………………………………………………….40
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona yoki tashkilotlar oldidagi eng muhim va dolzarb masalalaridan biri bu qanchalik kam harajat qilib shunchalik ko‘p daromad olishdir. Asosiy vasitalar ob’ekti daromad olish maqsadida harid qilinganligini amaliyotda har doim ham osonlikcha isbotlab bo‘lmaydi. Masalan, umumiy foydalanish uchun olingan suv tozalagich. Asosiy vositalarining bunday ob’ekti qo‘shimcha daromad olishga qanday ko‘maklashadi? Buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitob qilish orqali isbotlab berish qiyin, lekin ikkinchi tomondan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, ikki hafta davomida tozalangan suvni iste’mol qilish inson organizmida almashish jarayonlarini me’yorga soladi, uning jismoniy holatini yaxshilaydi va o‘z –o‘zidan uning mehnat unumdorligi oshishiga yordam beradi. Aslini olganda, korxona faoliyatida foydalaniladigan asosiy vositalarning har qanday ob’ekti daromad olishga imkon yaratadi. Asosiy vositalar uchun yana bitta mezon bo‘lib bu uning “Inventar ob’ekt” (yoki asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi ) kiritamiz. 5-son BHMSning 5-bandiga muvofiq “asosiy vositalarning inventar ob’ekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega bo‘lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan konsturuktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga muljallangan iqtisodiy dasturning eng muhum
ustuvor yunalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Maxkamasing majlisidagi ma’ruzasida Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. 1
1.O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi 19.01.2015
vositalar kirimi hisobining nazariy, metodologik va tashkiliy muammolarini tadqiq etish hamda ushbu muammolarni hal etishga doir ilmiy amaliy tavsiyalar berishdan iborat.
ahamiyati, maqsadi va vazifalari hamda hisobi bir qator O‘zbekistonlik olimlar, muttaxassislar, jumladan, K.B.Urazov, H.N.Musayev, O.Bobojonov, K.Jumaniyozov, Sh.Shodmonov, U.V.G‘afforov va boshqalar o‘z ishlarida asosiy vositalar kirimining hisobiga keng to‘xtalganlar, bu haqda ularning chop etilgan darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari, maqolalaridan bilib olish mumkin.
«O’ZBEKISTON MUDOFASIGA KUMAKLASHUVCHI “VATANPARVAR”»TASHKILOTI hisoblanadi. Tadqiqot predmeti esa “Asosiy vositalar kirimining hisobi”. Ishning tarkibi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan iborat bo‘lib, jami hajmi 40 betdan iborat.
ob’ekti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilgan. Asosiy qism esa ikki bobdan iborat. Uning birinchi bobida tadqiqotning nazariy qismi ochib berilgan. Ikkinchi bobi esa amaliyotda ya’ni korxona misolida «Asosiy vositalar kirimi»ning yuritilishi, uning tahlili va takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa va takliflar qismida «Asosiy vositalar kirimi hisobi»ning yuritilishi bo‘yicha xulosalar, takliflar va tavsiyalar berilgan. Ilovalarda esa korxona va uning hisob ma’lumotlari to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar kiritilgan.
Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy –madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar (BXMS №5,3a-band). BXMS №5 ga muvofik (6- band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yukoridagi tarifda keltirilgan mezonlardan tashkari yana kuyedagi shartlarga ham javob berishi lozim: *Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafillini mavjudligi. * Kiymatni anik belgilashni mumkinligi. Modiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmad muddatini belgilash muxim rol uynaydi. Foydali xizmat muddati - deganda asosiy vositaning korxona tomonidan belgilangan foydalanish mudati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib uning foydaliligi ishlab chikilgan mahsulot bajarilgan ish xizmati xajmi bilan ulchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar uzlarining kiymatini tulik koplashlari va korxonaga kushimcha daromod keltirishlari lozim. Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnik bazasini tashkil etuvchi mexnat kurollari va vositalarini uz ichiga oladi. Ularga kuydagilar kiradi. Asosiy vositalarga quyidagilar kiradi:
kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi ob’ektlar.
shahobchalari, nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo‘llar
va yo‘lkalar. 3.Uzatish qurilmalari – elektr liniyalar, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar. 4.Mashina va uskunalar – issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlar, dvigatel va transformatorlar, stanoklar, issiqlik pechlari, tikuv, yig‘uv, dazmollash, saralash mashinalari, kranlar, kompressorlar, o‘lchov tarozilari. 5.Hisoblash texnikasi – kompyuterlar va ularga o‘rnatiladigan periferiya qurilmalari ( printer, skaner , modem va boshqalar ). 6.Transport vositalari – yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, parovozlar, teplovozlar, paroxodlar, tramvaylar, trolleybuslar, avtobuslar, pritseplar, samolet va vertoletlar, shuningdek magistral truboprovodlar.
bajaruvchi asbob- uskunalar. 8.Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari- ish stollari, dastgohlar, baklar, sandiqlar va boshqalar. 9.Ofis mebeli va jihozlari – shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalari va boshqalar
qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan hayvonlar.
adabiyotlar ( kitoblar). 13.Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan 14.Boshqalar - yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar Quyidagilar asosiy vositalarga kirmaydi:
1.Xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan mehnat qurollari va vositalari ularning qiymatidan qat’iy nazar; 2.Yosh mollar, mahsus kiyimlar, poyafzal, ko‘rpa– yostiqlar qiymatidan qat’iy nazar, (mehmonxonalar bundan mustasno ); 3.Kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar.
Asosiy vositalarning tasnifi . Korxona va tashkilotlarning asosiy vositalarning turli belgilari buyicha tasniflash munkin. Ishlab chikarishda katnashishiga kura korxonalarning asosiy vositalari ishlab chikarish va noishlab chikarish soxasidagi asosiy vositalarga bulinadi. Ishlab chikarish soxasidagi asosiy vositalarga bevosita ishlab chikarishga doir bulgan moddiy aktivlar masalan sexlarning binolari inshoatlar, stonoklar, jixozlar, transport vositalari, ishchi xayvonlar va boshkalar kiradi. Noishlab chikarish soxasidagi asosiy vositalarga boshkaruv apparatiga doir shuningdek korxonaning ijtimoiy-madaniy maishiy sog‘likni saqlash kommunal maksadlarda foydalinladigan moddiy aktivlari kiradi. Asosiy vositalarning turlari: 1.Egalik qilish huquqiga ko‘ra – xususiy va ijaraga olingan asosiy vositalarga bo‘linadi. 2.Ishlab chiqarishda ishtirokiga ko‘ra – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (savdo va ma’muriy maqsadlarda ishlatiladigan) asosiy vositalariga bo‘linadi. 3.Amortizatsiya qilinishiga ko‘ra
– amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi. Qo‘yidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi: • Kutubxona fondiga. • Ko‘p yillik o‘simliklarga. • Ishchi va nasldor hayvonlarga. Konservatsiya qilingan asosiy vositalarga.
• Asosiy vositalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyotlar tizimi. Schyotlar rejasida asosiy vositalar hisobini yuritish uchun aktiv bo‘lgan № 0100 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari» va kontraktiv bo‘lgan № 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari» tizimlari ko‘zda tutilgan. Asosiy vositalarning summoviy analitik hisobi korrespondensiyalanadigan schyotlar bo‘yicha 13-jurnal-orderda, soniy- summoviy analitik hisobi esa moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha har bir inventar ob’ektning kodi (tartib nomeri) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda (OS-7 shakl «Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi», OS-9 «Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati») yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar asosiy vosita kelib tushganda ochiladi va ularning butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.
xarajatlar tarkibi
5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo’yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarfharajatlar qiymati, deganda, jumladan, to’langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa har qanday sarfharajatlar tushuniladi. Yana shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo’shimcha qiymat soligi va aksiya solig’i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, yani umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi. Xo’jalik yurituvchi subektlar amaliyetida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar: obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olish; kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi; tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo’shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o’tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarsa kapital kiritmalar; Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash. 5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo’yicha qurilish- montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog’liq ro’yxatga olish yig’imi, davlat bojlari va shunga kabi boshqa to’lovlar; bojxona bojlari va yig’imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog’liq soliqlar va yig’imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq
axborot va maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summa; asosiy vositalarning obektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug’urta qilish bo’yicha harajatlar; asosiy vositalarning sotib olishdagi vositachilarga to’lanadigan haq; asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga to’lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa harajatlar; 5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi.Agar xo’jalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan bog’liq sarflarni to’lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kredit olish bo’lsa, mazkur maqsadli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar obyektning ishga tushirilishi xo’jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning ishga tushirilayotgan obyekti qiymatiga kiritilishi kerak. Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga topshirilgan bo’lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to’xtatiladi, asosiy vositalar obyekti foydalanishga berilgandan keyin o’tkazilgan foizli xarajatlaresa xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar (9610 - «Foiz ko’rinishidagi xarajatlar" hisobvarag’i)ga kiritiladi. Korxonaning o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalarning ushbu obyektlarini ishga tushirish bo’yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi. Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda ularning dastlabki qiymati barcha to’lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivni yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanaladi O’zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo’li bilan milliy
valuta (so’mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, moddiy- tovar zaxiralarini sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi. Yuqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati odatda ularning korxonaga kelib
tushish sabablaridan kelib chiqib
aniqlanadi.Quyida asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning boshlang’ich qiymati shakllanishi, yani uni tan olish uchun maqbul asoslar keltirilgan.
№ Asosiy vositalariing kelib tushish manbai Boshlang’nch kiymatni baxolash uchun asos 1 Tekin (sovg’a qilish shartnomasi buyicha) Joriy kiymat, to’langan va qoplanib berilmaydigan soliqlar (yigimlar) xamda aktivni yetkazib kelib, montaj kilish, o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha xarajatlar va uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan har qanday boshqa xarajatlarni hisobga olgan xolda 2 Tayyor maxsulotlar tarkibidan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Malkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 sonli qarori bilan tasdiqlangan **Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to’g’risida"gi Nizomga muvofik aniqlanadigan ishlab chnkarish tannarxi 3 Tovar-moddiy zaxiralari (tayyor
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirliga tomonidan 1998 yil 27 avgustdagi 44son bilan
maxsulotlardan tashqari) tarkibidan o’tkazish tasdiqlangan va O’zbeknston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 28 avgustda 486raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan 4son BHMS "Tovar- moddiy zaxiralar"ga muvofiq aniqlanadngan balans kiymati
4 Qonun
xujjatlarida belgnlangan tartibda ayirboshlash bo’yicha olish Ayirboshlashda berilgan asosiy
vositalar obyektinnng qoldik kiymati 5 Qonun
xujjatlarida belgilangan tartibda qo’shimcha pul to’lash yuli bilan ayirboshlash bo’yicha olish Ayirboshlashda berilgan asosiy vositalarning obyektini qoldik kiymatini ayirboshlash paytida berilgan (olingan) pul mablaglari yoki uning ekvivalentlariga ko’paygan (kamaygan) summasi 6 Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni pulsiz vositalar bilan bajarish (to’lash)ni nazarda tutadigan shartmomalar buyicha olish
Korxona tomonidan bsrilgan yoki berilishi lozim bo’lgan boyliklar qiymatn yoxud shunga o’xshash asosiy vositalar obyektini tesh holatlarda sotib olinadigan qiymati
• yangidan qurilishi, • ta’minotchilardan sotib olinishi, • ta’sischilardan ta’sis badali sifatida olinishi, • moliyaviy yordam sifatida olinishi, • qiymatini qayta baholash natijasida ko‘payishi mumkin: Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling