Jumaqul Amonov 1905-1973


Download 304.5 Kb.
bet3/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Hakimov Shomat
(1929-2009)
Shomat ham shu qishloqda unib-o’sdi. U boshlang’ich ta’limni qishloqda oldi. 45 yil bir sohada, elektr montyorlikdan oxirgi o’n besh yilda Boysun tuman Aloqa bo’limida boshliq lavozimida ishlaydi. U rafiqasi Abdunazarova Masturaxon (1935-2003) bilan baxtli umr kechirdi. Bu ayol ham uy bekasi sifatida Shomat akaning butun umrini yaxshilik bilan bezagan, u kishiga sidqidildan xizmat qilib, farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga salmoqli hissa qo’shgan onaxonlardan edi. Bir narsani ta’kilashni joiz deb bilaman. Shomat akadek mehmondo’st, vijdonli, minnat qilmaydigan inson kam bo’lgan. Shundanmi, u kishining uyidan mehmonlarning izi uzilmadi. U oddiy dasturxoni bilan ham odamlarning ko’nglini topishga harakat qilardi. Undan Shoymardon, (1955-2010), Ro’zigul, Hojar, Husayn kabi farzandlar qoldi.


Mashaqqatdan toblangan inson
Bu hamqishlog’imizning faoliyatidan ko’p kishi to’liq boxabar bo’lmasa kerak. Biroq qishloqda bu insonchalik mehnatkash, elparvar, kasbining fidoyisi bo’lganlar ozchilikni tashkil etgan. Negaki, o’rta ma’lumot bilan qirq besh yil bir sohada ishlashning o’zi bir qahramonlik edi. “Daraxt bir joyda ko’karadi”, deganlaricha bor ekan. Chunki bilasizlarki, qadimdan eng katta aloqa magistrali Darband qishlog’i orqali o’tkazilgan va bu aloqa ishini tashkil etish, teleuzatish, radio ishlarini jadallashtirish, xullas, bu ishlarni tashkil etishda bu insonchalik fidoyilik ko’rsatganlar ko’p bo’lmasa kerak. Bu odam shunchalik kamsuqum, kamtarin, mehribon, dilkash, o’zidan kichikni ham sizlab gapiradigan, chumoliga ham ozor yetkazmaydigan inson edi. Darband qishlog’i, umuman Boysun tumanining qaeriga kabel o’tkazilgan, qaerdan simlar o’tkazilgan, bularning barchasini Shomat akadan so’rab olgan tashrif buyurganlar. Bu kishi ko’p darbandiy hamqishloqlarni ish bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko’rsatdi.
O’sha o’tgan asrning 1970-1980 yillarida har hafta 4-5 mashina aloqa sohasi ishchilari Termizga kelib ishlab, shanba yakshanba kunlari yana qishloqqa o’z uylariga borib-kelib ishlab yurgan. Bu ishlarning tashkilotchisi ham mana shu inson bo’lgan edi. “Yuqori”dan aloqa sohasida tekshirish kelsa, Boysunda birinchi shu Shomatboyni izlagan, u kishidan maslahat so’ragan, u kishining uyida mehmon bo’lgan. Negaki, mehmondorchilikning hadisini olgan, beminnat inson edi. U biron kishi haqida yomon fikrga bormagan, biron kishini yomonlamagan. Hammani birdek ko’rib, yomonlarni ham “yaxshi insonsan” deb ta’rif qilib yurgan. Shu xislatlari bois barcha hamqishloqlar u kishining hurmatini joyiga qo’yardi. Ha, har bir yaxshi ish xushmuomalalik, mehribonlik, mehnatkashlik, yaxshilik izsiz ketmas ekan. Bir oddiy insonning hayoti ham kelajak avlodga namuna bo’lib qolsa ajab emas.



Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling