Jumaqul Amonov 1905-1973


Rajabov Sharif (Sharifi Xosiyat)


Download 304.5 Kb.
bet5/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Rajabov Sharif (Sharifi Xosiyat)
(1934-2012)
Sharif aka ham Darband qishlog’ida tug’ilib-o’sdi. Yoshlikdan suyagi mehnatda qotgan bu inson xalqimizning asl farzandlari sifatida dehqonchilik va bog’bonchilikda nom chiqargan dongdor dehqonlardan edi. Bu inson bir daqiqa ham mehnat qilishdan tolmadi. Boz ustiga Darbandda barcha ma’rakayu to’ylarda bosh bo’lib, tashkilotchilik qobiliyati yuqori bo’lganligini hamqishloqlar yaxshilik biladi yod etadi. Darband qishlog’ida ikki sharif inson bo’lgan, ularning ismi ham sharif bo’lgan, deb hozirgacha ta’rif-tavsif qiladilar. Biri Jo’raqulov Sharif bobo bo’lsa, ikkinchisi shu inson Sharifi Xosiyat bo’lgan. Umri dehqonchilik bilan o’tgan bu inson Darbandning Balandi mavzelarida suv quvuri tortilganda bu joylarda Boysunda va Qumsoydagi ko’plab katta maydonlarda dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Zirotchilikning hadisini olgan bu inson yerda barcha ziroatni yetishtirishda katta tajriba to’pladi. Shundanmi, hozirgacha xalqimiz bu mehnatkash inson xotirasini yaxshilik bilan yod etadi. U Mirzoeva O’g’ilga uylanib, Ra’no, Barno, Robiya, Rohat, Risolat, Asadillo, Safaralilarni kamolga yetkazdi. O’z davrining topqir ziroatchisi 2003 yil 52 yoshida hayot bilan vidolashdi. U oson va egri yo’ldan ketmay, halol mehnat bilan ham yaxshi yashash mumkinligini o’z hayot yo’li bilan isbotladi.
Madatov Sattor (Sattorboy)
(1938-2014)


Darband ahli bu insonni halol inson hamda dongdor cho’pon sifatida e’tirof etadi. Negaki, sag’irlikda o’sgan bu inson tog’alari qo’lida voyaga yetadi. Keyinchalik amakilaridan Abdusamadboy bu kishini o’z tarbiyasiga olib cho’ponlik ishiga safarbar etadi. Hamqishlog’imiz Madatova Sora (1945-2021)ga uylanib, solih farzandlarni dunyoga keltirgan bu inson haqida ko’plab ma’lumotlar, qiziqarli hikoyalar, shuningdek, alamli xotiralar bor. Chunki qishlog’imizda Sattorboydek aholining molini ko’p boqqan, boqqanda ham birontasi yo’qolsa yoki zarar ko’rsa, tovonini to’lagan cho’ponlar kamchilikni tashkil etgan. Darband qishlog’ida uzoq yillar mol do’xtiri bo’lib ishlagan Abuziyo Cho’ponov Sattorboyni xotirlab, bir voqeani hikoya qilgan edi. U shunday deydi:
Bir kuni choshgohda ish bilan Qarog’utga, Sattorboyning qo’nalg’asiga yaqinlashdim. U kishining ayolining yig’layotgani va Sattorboyning jahl otiga minib, ayoli bilan munozara qilolmay o’tirganining ustidan chiqib qoldim. Shunda hay-haylab, ularni tinchitib kapaga kirdik. Nima gapligini so’radim. U g’amga botib bo’lgan voqeani qisqacha so’zladi. Sattorboy birrov qishloqqa borib kelgunicha bolalar va oilasi chaganaga beparvoligi bois bir kambag’al inson qo’shgan to’rtta qo’yning biri botqoqqa botib harom o’lib qolibdi. Mayli, boshqa kishiniki bo’lsa ko’p alam qilmas edi. Egasidan muhlat so’rab ko’rardi. U o’zi to’rtta qo’yni avaylab olib boqayotgan kambag’al oila bo’lganligini aytib berganida Abuziyo bu insonning gapidan ta’sirlanib uni ko’zlaridan duv-duv yosh to’kib, bu cho’ponning halolligiga, kambag’alparvarligiga qoyil qoladi.
Ha, Sattorboy ana shunday insonlarga mehribon, kambag’alparvar insonlardan edi. Har bir ishni o’z vaqtida bajarishga odatlangan bu inson farzandlar tarbiyasiga ham qattiqqo’l ota sifatida yondashishiga to’g’ri keldi. Shundanmi, farzandlari ham o’zlaridek barkamol voyaga yetdi. Hozirda dinu diyonatli bo’lgan u kishining o’g’illari Mullo Rashid elimizning sevimli insonlari sifatida Darbandda dindor, halol va pok insonlardan biridir. Ha, yaxshilik o’lmaydi. Mehr-oqibat bor ekan, yaxshilik ham yashaydi. Undan Shodigul, Sevar, Rashid ismli farzandlar qoldi.



Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling