Jumaqul Amonov 1905-1973


Download 304.5 Kb.
bet6/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Toshboev Abdurashid
(1959-2011)


Darband qishlog’ida tug’ilgan Abdurashid Nuriddin boboning yakayu yolg’iz o’g’li edi. Uni otasi shunchalik yaxshi ko’rganki, yeru ko’kka ishonmagan. Bolakayni erkalatgan, biroq haddan oshirmagan. Me’yorni saqlagan. Uning o’qib bilim olishiga, xullas, tarbiyasiga alohida e’tibor bilan yondashib, uni jasur, muloyim, odamshavanda, insonlarga mehribon, eng asosiysi, adabiyot, san’at, she’riyatga havasmand inson qilib voyaga yetkazdi. U o’rta maktabni tamomlab, Dushanbe qishloq xo’jalik oliygohini tugatdi. Yo’llanma bilan Sayrob jamoa xo’jaligiga muhandis zootexnik bo’lib ishga joylashdi. O’sha davrlarda Sayrob xo’jaligi chorvasi Bandixonda boqilardi. U bu yerga ko’chib kelib, cho’ponlar bilan yelkadosh bo’lib ishladi. Ishlaganda ham odamlar bilan birga ularni ishonchini qozonib o’z xizmat burchini sharaf bilan ado etdi. Har bir bu yerdagi cho’pon cho’liq uni akasi ukasi birodariga aylagnan edi. Gapirganda kulib samimiyatinni izhor etib turadigan bu insonni hamma jumladan hamqishloqlar ham yaxshi ko’rardi. Uni bilan so’hbatlashini bir ikki og’iz yodlagan she’rlaridan bahramnd bo’lishni orzu qilardi.
Uni beg’araz xizmatlari Sayrob jamoa xo’jaligi hamda tuman viloyat qishloq xo’jaligi sohasidagi nuqsonsiz ishlari bo’yicha bir necha marotaba faxriy yorliq va estalik sovg’alar bilan taqdirlangan. Ajal haq ekan. U 2011 yilda to’satdan vafot etdi. Darband qabristoniga dafn etilgan. Rafiqasi: Boyqobilova Salomat. Farzandlari: Xusniddin, Amriddin, Nasim, Doston, Sadorat. Hamesha xalq xizmatiga kamarbasta bo’lgan Abdurashid Toshboev xotirasi farzandlari hamqishloqlar qalbida mangu saqlanadi.
O’zbekistonimni zarrasi bo’lmish Darbandimni madh etgan shoirasi


Kitob tayyorlash jarayonida ko’pgina Darbandiy hamqishloqlar xabar topib qaerda yashamasin o’zlarini ijod namunalarini bu yodnomaga taqdim etish istagi borligini bildirdilar. Chunki mana shu O’zbekistonimni bir zarrasi bo’lmish Darband qishlog’ida ko’pgina hamqishloqlar vatandan o’zoqlarga yashaganlar. Shuningdek, Surxondaryoni barcha tumanlariga ko’chib borib o’sha yerni vatan qilib yashab qolganlar. Jumladan Sherobod-Surxon cho’llarini o’zlashtirishga bel bog’lagan davrlarda bu qishloqni aholisini ko’pchiligi Muzrabotga ko’chirilgan. Jumlada, o’qituvchi ijodkor ayol Zaynab Baxshiqulovani otalari ham shu yerda yashab qolishgan. Bu ayol o’qituvchi sifatida she’riyat bilan shug’ullanib insonlarni diqqatini tortadigan, do’stlikni vatanni tarannum etadigan mazmunli she’rlar ijod qilayapti. Bir necha kitob muallifi. U tojik va o’zbek tillarida ravon ijod qiladigan shoiralardan biridir. Qo’yida uni ijodidan ayrim she’rlarni ushbu kitobga joylashtirishga qaror qildik.



Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling