Vatanni madh etgan shoir


Download 15.03 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi15.03 Kb.
#1468074
Bog'liq
Muxammad yusuf xotirasiga bag\'ishlandi


Qo’shko’pir tumani axborot kutubxona markazining №1 ko’chma kutubxonasida "Vatanni madh etgan shoir" mavzusida M.Yusuf tavalludiga bag'ishlab 23- maktab o’quvchilari ishtirokida o’tkazilgan tadbir senariys
Tadbirni tashkillashtirdi Kutubxona yetakchisi I.Sobirova va Maktab mamuriyati azolari
Tadbirda ishrtirok etdi: 23-maktab o’quvchilari
Tadbirni kutubxona yetakchisi I.Sobirova ochib berdi
“Zor – zor yig’lab turar Andijon” qo’shig’i ijrosi tugallanishida 2 olib boruvchi chiqib keladi.
1-boshlovchi:
Bashoratchi deyishadi shoirlarni,
Shuning uchun suyishadi shoirlarni.
Suyib turib suyishadi shoirlarni,
Qizg’aldoqlar qirlarda xor yig’lar bu kun.
2-boshlovchi:
Bashoratlar yolg’on chiqsa bo’lmasmidi,
Yolg’on chiqsa, tole` nima kulmasmidi.
Qaro yerning bag’ri sizsiz to’lmasmidi,
Boychechaklar bag’rimda qon yig’lar bu kun.
1-boshlovchi:
Talpingani ko’klammidi ko’ngilchamning,
Ko’k kiygani ko’klammidi ko’ngilchamning.
Kiyay desa ko’k kammidi ko’ngilchamning,
Kapalaklar kaftimda xor yig’lar bu kun.
2-boshlovchi:
Kuylamasman endi sira muhabbatni,
Kuylasam ham o’ylamasman muhabbatni.
Esga olib har zamonda Muhammadim,
Erka kiyik xumor -xumor yig’lar bu kun.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilar. Muhammad Yusufning yorqin hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Muhammad Yusuf – el ardoqlagan shoir” mavzusidagii kechamizga xush kelibsiz, azizlar.
2-boshlovchi:
Bevaqt o’lim adabiyotimiz gulshanida barq urib ochilib, yashnab turgan bir chechakni uzdi-yu, ketdi.
1-boshlovchi:
Muhammad Yusuf adabiyotimizga chaqnab kirib kelgan, qisqa vaqt ichida eng yosh “O’zbekiston xalq shoiri” sifatida tanilgan xalq shoiri edi.
2-boshlovchi:
Uning xalqona ohanglardagi misralari o’zbekning chin ma’nodagi ma’naviy mulkiga aylandi.
1-boshlovchi:
Agar Muhammad Yusuf she’rlarini jamlab, bir nom bilan umumlashtirsa, uni “O’zbek xalqiga qasida” deb atash mumkin bo’lar edi. Chunki har bir she’r misrasi ortida O’zbek , uning dardi, quvonchi, tashvishi, mehri, orzu-umidlari, qo’ying-chi, butun hayoti gavdalanadi.
1-boshlovchi:
Dillarni titratib sovuq shum xabar
She’r ahlini etdi dilgir va mayus
Safar tez qaribdi nechun bu qadar
Siz qayga ketdingiz, Muhammad Yusuf.
1-boshlovchi:
Atrofni kuzatib besabr, beshavq,
Qalbida qo’zg’alib bor amri ma’ruf.
Osmonday yurakni biz uchun to’shab,
Siz qayga ketdingiz, Muhammad Yusuf.
Muhammad Yusufga bag’ishlab yozilgan she’rlar
Muhammad Yusufning “Uzr she’ri”.
Biz bahorga oshiq bo’ldik, kuzdan uzr,
Xazonlarda qolib ketgan qizdan uzr,
Har ne o’tsa bizdan o’tdi, bizda gunoh,
Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.
Dili borga dardim dildan to’kkanim rost,
So’z boshida bosh egib tiz cho’kkanim rost.
Gohi jonni avaylagan-qo’riqchim rost,
Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.
O’ksimasin zardob to’la ko’ngilchangiz.
Daryo-daryo ko’z yoshim bor cho’milsangiz,
Men ham mashhur bo’larmidim , tug’ilsangiz,
Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.
Yuragimning tagidasiz yalpizdan past,
Goh o’ylayman –shundoq qo’lim uzatsam bas!
Yuzingiz bir ko’rmay sira o’lgim kelmas.
Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr.
 
Qo’shiq.
1-boshlovchi:
Shoir O’zbekiston atalmish yurt farzandi ekanligidan cheksiz g’ururlanardi. U millatning chinakkam fidoyi farzandi edi. Mehr va samimiyat bilan “Muhammad Yusufman O’zbekistondan” deya o’zbekligidan faxrlanar, boshqalarni ham shunga undar edi.
2-boshlovchi:
Aziz vatanimiz va xalqimizning armonli ohiga aylangan Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi zotlarning qismati, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi siymolar taqdiri shoir qalamidan she’r bo’lib emas, hasrat bo’lib to’kiladi.
1-boshlovchi:
Xalqni ozod ko’rish istagida shahid ketganlarning bezovta ruhlari shoirni qiynaydi. Shuning uchun bo’lsa kerak, qatag’onlik davrining jirkanch manzaralari va bevaqt xazon bo’lgan vatandosh ma’rifatparvar ajdodlarimiz ruhini shod etish maqsadida jo’shib yozardi.
2-boshlovchi:
O’zbekning ardoqli shoiri Muhammad Yusuf ko’plab jadid adabiyotining namoyondalariga bag’ishlab madhiyalar yozgan. Ular tilidan so’zlaydi, orzu- istaklarini namoyon qiladi.
1-boshlovchi:
Bir arsloni o’tdi O’zbekning,
Ohi ko’kka yetdi O’zbekning.
Quyosh yig’la, osmon, aza tut,
Muhammadi ketdi O’zbekning.
2-boshlovchi : Shoirimiz xotirasiga bag’ishlangan tadbir sizlargamaqul keldi degan umiddamiz. Shu bilan tadbir kechamizni yopib berish uchun so’zni maktabimiz mamuriyati azolariga beramiz
Tadbirni maktab manaviy ishklar bo’yicha director o’rin bosari A.Sattarov yopib berdi.
Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling