Jumaqul Amonov 1905-1973


Download 304.5 Kb.
bet4/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Nabiev Ibrohim
(1946-2021)


Bu odamni ko’rgan kishining ko’zlarida havas paydo bo’lardi. Chunki salobatli, militsiya formasi o’ziga yarashgan, sinchkov va samimiy nigohlari sizni ham shu holatga tushirardi. Ayniqsa, tanish bo’lsangiz dildan so’rashish, hatto bittagina latifa eshitishga ham muyassar bo’lar edingiz. Ha, insonlarni yaxshi ko’radigan ularning ishi tushganda masalani yotig’i bilan tushuntirish, iloji bo’lsa, murosaga keltirish, xullas, nima hunari bo’lsa qo’llab, masalaga yechim topadigan insonlardan bo’lgan u. Qolaversa, Ibrohim aka hamisha davlat topshiriqlarini sidqidildan bajarishga harakat qilardi.
Boysun tumanining biron qishlog’i qolmaganki, u yayov va mashinada kezib chiqmagan bo’lsa. Uni gapga solsangiz, u tirik xarita ekanligini bilardingiz. Bu uning barcha vazifani astoydil bajarganligidan, yalqovlanib kabinetda qolib ketmaganligidan darak beradi. O’z hududini sevgan, unga ko’p xizmat qilgan odamgina o’z go’shasini ana shunday mukammal biladi. Xullas, uning Boysunni mukammal bilishi Boysunga bo’lgan mukammal sevgisi bilan bog’liq edi. Xushmuomalalik unga otasi Nabiboydan o’tgan bo’lsa ajab emas. Gapni do’ndiradigan, hazilni ham boplab o’z joyida qoyilmaqom qilib ishlatadigan, hatto lofni ham bir toshning Cho’lbayir tog’idek qilib ko’rsatadigan, Nabiboyning hazillari, loflari haligacha xalqimiz qalbida qolgan. U kishining dadalarini xalqimiz hamisha yaxshilik bilan yod etadi. Nabiboy haqida u kishining qarindoshlari, jurnalist madaniyat xodimi Mirzoqul Eshniyozov shu kitobda batafsil ma’lumot bergan.
Endi Ibrohim akaning faoliyati haqida. U kishi darbandda tug’ilgan edi. Shu yerdagi o’rta maktabni a’lo baholar bilan tugatdi. Harbiy xizmatdan so’ng bir yil aloqa bo’limida ishlab, keyinchalik ichki ishlar tizimiga ishga o’tadi. Shu tariqa 32 yil Boysun tumanida uchastka noziri bo’lib ishladi. Ha, Darbandiylar Machay, Kentala, Qizilnavr va Boysunning tog’li qishloq aholisi bu insonni yaxshi bilgan va hurmat-izzatini joyiga qo’ygan. Negaki, xalq bilan dardlashib, maslahatlashib, ularni jinoyatchilikka qarshi kurashishga da’vat etgan, har qanday vaziyatda mahaladoshlarining himoyasiga otlangan, har bir ishni qonun doirasida hal etishga erishgan hamqishlog’imiz shu katta davr mobaynida biron marotaba ogohlantirish olmagan ekan. Mana, sizga kasbga sadoqat, mehnat va hayot. Eh-he, u kishi bu davr ichida qancha og’ir jinoyatlarni ochish, huquqbuzarlarni tanobini tortish, murosasiz oilalarni tartibga chaqirish ishlarini amalga oshirmadi, deysiz. Shuncha ishga ko’milib qolsa ham har bir ishga mas’uliyat bilan yondashganligi unga pand bermadi. Shundanmi, uzluksiz shu vazifada ishlab nafaqaga chiqdi.
Katta bir oilani barpo etib, farzanlarini ham vatanning munosib vorislari qilib tarbiyalashga erishdi. U rafiqasi Umbarova Ro’zigul bilan osuda umr kechirib, Safarali, Samad, Sanjar, Sobir, Solih, Gulandom, Gulshod ismli farzandlarni voyaga yetkazdi. Albatta, uni bu darajaga olib chiqqan insonlardan biri uning ayoli Ro’zigul opa edi. “Yaxshi xotin-sof oltin”, deydi xalqimiz. Ibrohim akaning shunday sof oltini bor edi. Bu ayol ham uy bekasi sifatida hunarmandligi, mehmondo’stligi, eng muhimi, oilaparvarligi bilan xalqimiz ehtiromiga sazovor bo’lgan onalardan.



Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling