Statistik jadvallar
Download 438.54 Kb.
|
STATISTIK JADVALLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafik maydon
STATISTIK JADVALLARStatistik jadval chuqur ma’noga ega bo’lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo’yicha uni o’ziga xos mantiqiy gapga o’xshatish mumkin. SHuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so’z bilan bayon etishga qaraganda o’rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko’rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o’zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi. Jadvallar yotiq va tik to’g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo’lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o’z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo’lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi. Statistik jadvallar o’z egasi va kesimiga ega bo’lishadi. Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Odatda ega jadvalning chap tomonida, ya’ni yotiqqatorlarda, kesim esa jadvalning o’ng tomonida, ya’ni ustunlarda joylashtiriladi. Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o’rganish qurollaridan biri hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma’ruzani yoki ommaviy chiqishlarni, taqdimotlarni, gazeta, jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi maxsus eshittirishlarni va xatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz tassavur ham qilib bo’lmaydi. Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas (Kommercheskiy i politicheskiy atlas)» asarida birinchi bo’lib statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir. Grafiklar o’quvchining diqqatini o’ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda saqlash va tasavvur qilishga zamin yaratadi. Ular ko’rish va tushunish qiyin bo’lgan ayrim qonuniyatlarni aniqlashda va tasvirlashda muhim o’rin egallaydi. Ommaviy o’quvchi uchun grafik tasvir orqali statistik ko’rsatkichlarni tushunish va o’rganish statistik jadvallardan ko’ra ancha qulaydir: miqdoriy ko’rinishga nisbatan grafikda tasvir taassuroti yuqori. Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi. Maydon o’lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm. Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar . Statistik jadvallar o’z egasi va kesimiga ega bo’lishadi. Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Odatda ega jadvalning chap tomonida, ya’ni yotiqqatorlarda, kesim esa jadvalning o’ng tomonida, ya’ni ustunlarda joylashtiriladi.. Parijda italiyalik oqsuyaklar oilasida tug’ilgan Vilfredo Pareto Turin universitetida muxandislik va iqtisodiyot sohasida taxsil olgan. Ota-onasi vafotidan so’ng, Pareto muxandislik ishini tashlab, Italiya hukumatining shafqatsiz iqtisodiy siyosati to’g’risida yozishni va ma’ruzalar o’qishni boshlaydi. 1986 yilda Shvetsariyadagi Luzanna unversitetidaligida u o’zining birinchi ishini chop qildi. 1986 yilda Shvetsariyadagi Luzanna unversitetidaligida u o’zining birinchi ishini chop qildi. Cours d’économie politique. Ushbu ishida, Pareto jamiyatda daromad va boylikning taqsimlanishi tasodifiy emasligini, balki butun tarix davomida barcha jamiyatlarda o’zgarmas bo’lganligini isbotlash uchun murakkab matematik formulalarni keltiradi.
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar. Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o’rganish qurollaridan biri hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma’ruzani yoki ommaviy chiqishlarni, taqdimotlarni, gazeta, jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi maxsus eshittirishlarni va xatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz tassavur ham qilib bo’lmaydi. Download 438.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling